Nuraliyeva xafiza otaevna


 IONLOVCHI NURLANISH MANBALARIDAN



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

6.4. IONLOVCHI NURLANISH MANBALARIDAN 
FOYDALANGANDA SANITARIYA-DOZIMETRIK NAZORATI 
Ionlovchi nurlarni yuqori biologik faollikka ega bo‗lishiga qaramay bir 
qancha vaziyatlarda tibbiyot tufayli ionlovchi nur manbalarini inson faoliyatining 
har qanday sohalarida qo‗llanilishi ko‗paymoqda va haqiqatda ham ionlovchi 
nurlanish bilan kontaktda bo‗lish muhim kasbiy omil bo‗lib qolgan shaxslar soni 
ko‗paymoqda. 
Ionlovchi nurlanish manbalari bilan aholini kontakti ehtimoli va darajasini 
hisobga olib barcha aholi 2 kategoriyaga bo‗linadi. 


158 
A-kategoriya - ionlovchi nurlanish manbalari bilan bevosita aloqada bo‗luvchi 
xodimlar. 
B-kategoriya - aholini chegaralangan qismi demak ionlovchi nurlanish 
manbalari bilan kasb tufayli bog‗liq emas, lekin uni ta‘sir qilish sohasida 
bo‗ladigan aholi. 
Ionlovchi nurlanish manbalarini qo‗llash yo‗nalishlarining ko‗payishi halq 
xo‗jaligining har xil sohalarida ionlovchi nurlanish manbalarini qo‗llashda nazorat 
olib borish shu bilan birga Davlat sanitariya nazorati tashkilotlari tomonidan ham 
nazorat olib borish kerakligini bildiradi. 
Sanitariya-dozimetrik nazoratga kiradi: 
- radiologik ob‘ektlarni qurishda va rekonstruksiya qilishda ogohlantiruvchi 
sanitariya nazorati olib borish; 
- qo‗llanilayotgan ionlovchi nurlarning manbalari va faoliyat yuritayotgan 
radiologik ob‘ektlarni qayd qilish; 
- har xil aholi guruhlarini nurlanish dozasini o‗lchash va baholash; 
- tashqi muhitda, ishlab chiqarish va yashash xonalarini tabiiy va texnogen 
radiaktiv birikmalarni tutganligini nazorat qilish; 
- radiatsion avariyalar sodir bo‗lgan holatlarida radionuklidlarni amaldagi 
darajalarini aniqlash va vaqtinchalik ruxsat qilinadigan darajalarini o‗rnatish; 
- radiaktiv birikmalarni tashish va saqlashga bo‗lgan nazorat; 
- kasbiy nurlanishga duch keladigan shaxslarni sonini va tibbiy ko‗rik vaqtini 
nazorat qilish. 
Ionlovchi nurlanish manbalarini qo‗llash bilan bog‗liq bo‗lgan radiatsion 
havflarni kamaytirish dunyo amaliyotida qabul qilingan 3 ta asosiy prinsipga 
asoslanadi: 
-ionlovchi nurlanish manbalaridan nurlanish bilan bog‗liq bo‗lgan barcha 
faoliyat agar u ishdan foydadan ko‗ra zarari ko‗p bo‗ladigan bo‗lsa bajarilmasligi 
kerak; 
-iloji boricha shaxsiy doza miqdori va nurlangan shaxslar soni kam bo‗lishi 
kerak; 


159 
-ionlovchi nurlanish manbalari bilan faoliyat yuritayotgan shaxslarning 
nurlanishi ruxsat qilingan doza atrofidan oshmasligi kerak.Ionlovchi nurlanish 
manbalarini qo‗llashda gigiyenik sharoitlarni belgilab beruvchi asosiy hujjat 
―Radiatsion havfsizlik me‘yorlari va radiatsion havfsizlik sanitar taminotining 
asoslari‖ O‗zR SSV tomonidan 05.01.2006 da buyrug‘i hisoblanadi.
  
Inson faoliyatining turli sohalarida qo‗llaniladigan ionlovchi nur manbalari 2 
ta guruhga bo‗linadi: ochiq va yopiq nurlantirish manbalari 
Yopiq manbalar-bu ionlovchi nur manbalarini shunday turiki-bunda ishchi 
ishlash jarayonida nurlanish olishi mumkin, lekin radiaktiv birikmalar me‘yordagi 
ekspluatatsiya sharoitlarida organizmga tushishi mumkin emas. 
Bunday ionlovchi nur manbalari 2 ta guruhga bo‗linadi: 
a) doimiy ta‘sirli nur manbalari hisoblangan izotop manbalar 
b) nurlanish generatorlari-izotop bo‗lmagan manbalar 
Doimiy ta‘sirli yopiq ionlovchi nur manbalari-bu radiaktiv birikmalarni 
oldindan ko‗rilgan ekspluatatsiya sharoitida tashqi muhitga tushishiga yo‗l 
qo‗yilmaydi. Bunday manbalarga beta, neytron nurlari, har xil vazifadagi gamma-
uskunalar kiradi. 
Nur generatorlari-bu nurlarni davriy ravishda generatsiya qiladigan 
manbalar. Bularga rentgen apparatlari va zaryadlangan zarrachalarni tezlatuvchilari 
kiradi. 
Yopiq manbalar bilan ishlaydigan ishchilar me‘yordagi ekspluatatsiya 
sharoitida 
faqat 
tashqi 
nurlanishga 
uchraydilar. 
Aniqlanishicha 
izotop 
manbalaridan foydalanganda personal oladigan tashqi nurlanish dozasi manba 
aktivligi, ular bilan ishlash vaqti, gamma doimiy izotopga proporsional bo‗ladi va 
masofa kvadratiga va nurni ekran bilan susaytirish karraligiga teskari proporsional 
bo‗ladi. 
D=(Q x k
λ 
x t):(KxR
2

Bu erda: 
D-nurlanish dozasi R 
Q-manba faolligi, m Ki 


160 
K-manbaning gamma-doimiyligi 
T-manba bilan ishlash vaqti, saot 
R-manbadan ishchigacha bo‗lgan masofa, sm 
Haqiqatdan ham tashqi nurlanish dozasini kamaytirish uchun quyidagi 4 ta 
prinsipga asoslangan holda himoya ta‘minlangan bo‗lishi kerak: 
- miqdor bilan himoyalanish-ishni ish joyida eng kichik faollik bilan olib 
borish. Bu prinsip chegaralangan qo‗llanishga ega, demak uni qo‗llanilish 
ko‗pincha texnologiyani o‗zgartirish zarrurati yoki ish vaqtini uzaytirish bilan 
bog‗liq bo‗ladi; 
- vaqt bilan himoyalanish, demak ionlovchi nur manbalari bilan ishlash 
vaqtini qisqartirish (ish kunini qisqartirish, cho‗zilgan ta‘til); 
- masofa bilan himoyalanish (distansion boshqaruv, manipulyatorlarni 
qo‗llash). Bu usul juda samarali chunki manbadan ishchigacha bo‗lgan masofani 2 
martaga ko‗payishi nur dozasini 4 marta kamaytiradi. 
- ekran bilan himoyalanish-har xil qalinlikdagi va har xil materiallardan 
qilingan ekranlarni qo‗llash. Ekranlashtirish uchun qo‗llaniladigan materialning 
turi nurning energiyasi va xarakteriga, uning quvvatiga va qo‗llaniladigan 
materialning turiga bog‗liq bo‗ladi. 
Rentgen va gamma nurlaridan himoyalanish uchun qo‗rg‗oshin, 
qo‗rg‗oshinli shisha yoki rezinka, temir, g‗isht, beton, suv ishlatiladi. Bunda 
ekranlar sifatida konteynerlar, qurilish konstruksiyalari, eshik, deraza, pol, shift, 
parda, fartuk, qo‗lqop va ko‗zoynaklar bo‗lishi mumkin. 
Neytronlardan himoyalanish uchun bir necha qavatli himoya qo‗llaniladi: 
1 qavat- tezkor neytronlarni susaytirish uchun (parafin, suv); 
2 qavat-sekin neytronlarni shimishi uchun (bor, kadmiy); 
3 qavat-sekin neytronlarni yutilishida kelib chiqadigan gamma nurlarni yutish 
uchun. 
Beta nurlaridan himoyalanish uchun engil materiallar qo‗llaniladi (alyuminiy, 
plastmassa, organik shisha). 


161 
Ochiq 
ionlovchi 
nur 
manbalari-bu 
shunday 
manbalarki 
ulardan 
foydalanganda tashqi muhit radiaktiv birikmalar bilan ifloslanishi mumkin. 
Shunday 
manba 
bilan 
ishlovchi 
ishchilar 
radiaktiv 
birikmalarni 
inkorporatsiyalanishi hisobiga ichki ham tashqi nurlanishga uchraydilar. 
Ionlovchi nurlarni ochiq manbalaridan foydalanganda nafaqat tashqi 
nurlanishdan himoyalanishni balki tashqi muhitni radiaktiv ifloslanishi va radiaktiv 
birikmalarni organizmga tushishini oldini olish choralari ham ko‗zda tutilishi 
kerak. 
Ochiq manbalar bilan ishlash uchun sanitariya epidemiologiya xizmatidan 
ruxsatnoma olish kerak, lekin ―Radiatsion havfsizlik me‘yorlari va radiatsion 
havfsizlik sanitar taminotining asoslari‖ O‗zR SSV tomonidan 05.01.2006 
buyruqida eng kam ahamiyatga ega faollik o‗rnatilgan - bu degani ish joyida kam 
ahamiyatga ega bo‗lgan faollik uchun Sanitariya epidemiologiya xizmatini qarori 
talab qilinmaydi. Eng kam ahamiyatli faollik miqdori radionuklidlarni havflilik 
darajasiga bog‗liq bo‗ladi. Radiatsion xavflilik darajasi bo‗yicha barcha 
radionuklidlar 4 guruhga bo‗linadi: A,B,V,G. Radionuklidlarni qaysi guruhga 
mansubligi va uni eng kam ahamiyatga ega bo‗lgan faolligi ―Radiatsion havfsizlik 
me‘yorlari va radiatsion havfsizlik sanitar taminotining asoslari‖ O‗zR SSV 
tomonidan 05.01.2006 da buyruqi bo‗yicha aniqlanilishi mumkin. Agar ionlovchi 
nur manbalarining faolligi eng kam ahamiyatli faollikdan yuqori bo‗lsa radiaktiv 
birikmalar bilan ishlash sinfi aniqlanishi kerak. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin