Nuraliyeva xafiza otaevna


 RADIOAKTIV BIRIKMALARNI FAOLLIGINI O‘LCHOV



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

6.2. RADIOAKTIV BIRIKMALARNI FAOLLIGINI O‘LCHOV 
BIRLIKLARI VA NURLANISH DOZALARI.
Har bir radioaktiv modda o‗ziga xos doimiy tezliqda emiriladi. Emirilish 
tezligi amaliyotda yarim emirilish davri bilan ifodalanadi. Yarim emirilish 
davrining kattaligiga qarab radioaktiv moddalar uch xil - uzoq umrli (100 kundan 


154 
ortiq), qisqa umrli (1 soat – 100 kun) va o‗ta qisqa umrli (1 soatdan kichik) 
guruhlarga bo‗linadi. Radiaktiv moddaning nur chiqarish qobiliyati, vaqt birligi 
ichida ro‗y beruvchi atom emirilishlar soniga bog‗liq. Radiaktiv modda miqdori 
aktivlik degan tushuncha bilan ifodalanadi.
Aktivlik– bir sekundda ro‗y beradigan atom emirilishlari bilan belgilanuvchi 
kattalikdir. Aktivlikning asosiy birligi qilib SI sistemasida Bk– Bekkerel deb qabul 
qilingan. 1 Bk– 1 sekunda bir atom emiriluvchi radioaktiv modda miqdoridir. 1000 
Bk– 1 KBk, 1000000 Bk = 1 MBk, 1000000000 Bk = 1 GBk. 
Amaliyotda SI sistemasiga kirmagan, avval qabul qilingan aktivlik birligi Ki 
- Kyuri ham qo‗llaniladi. 1 Ki – 1 gramm toza radiyning aktivligi bo‗lib u gramm – 
radiy deb ham ataladi, unda 1 sekundda 3,7 x 10
10
atom emiriladi. 
Doza, doza birliklari. Doza deb nurlanayotgan modda massa birligida 
yutilgan nur energiyasining miqdori tushuniladi. Rentgen va gamma nurlar 
manbasini tavsiflash (xarakteristikasi) uchun «ekspozitsion doza» degan tushuncha 
kiritilgan. 
Ekspozitsion doza deb nur dastasi o‗tayotgan havo hajmi yoki massa 
birligida yutilgan energiya miqdoriga aytiladi. Bu «havo dozasi» deb ham aytiladi. 
Uning birligi qilib Rentgen (R) olingan. Uning ulushlari: mR –millirentgen va 
mkR – mikrorentgen. Rentgen – 1 sm

havoda, normal atmosfera sharoitlarida 
(0
o
S, 760 mm.sim.ust.) zaryadlarining yig‗indisi 1 elektrostatik birlikga teng ion 
hosil qila oladigan nur miqdoriga aytiladi. SI sistemasi bo‗yicha ekspozitsion doza 
birligi qilib Kl/kg olingan uning rentgenga nisbati quyidagicha 1 R=2,58

10
–4
Kl/kg. 1 R nurlanish 1 g havoda 85 erg nurlanish energiyasining yutilishiga teng. 
To‗qimalarda yutilgan doza rad va Gr (Grey) (SI sistemasida) larda 
o‗lchanadi. 1 Gr = 100 rad.1 rad – 1 g to‗qimada 100 erg nurlanish yutilishiga teng. 
To‗qimalarda yutilgan doza muhitning kimyoviy tarkibi, zichligi va nurining turiga 
bog‗liq holda havo dozasidan farq qiladi. 
Nurlanishning ekvivalent dozasi– standart tarkibdagi biologik to‗qima uchun 
nurlanishning yutilgan dozasining nurlanishning o‗rtacha sifat koeffitsientiga 
ko‗paytmasi. Ekvivalent doza radiatsion havfsizlikda odamni 250 MeV/yil dan 


155 
oshmaydigan kichik dozalar bilan surunkali nurlashda turli xil IN larning biologik 
ta‘sirining zararli effektlarini hisobga olish uchun ishlatiladi. 1 rentgen nur 
chaqiradigan o‗zgarishlarga ekvivalent doza – BER (biologicheskiy ekvivalent 
rentgena – rentgenning biologic ekvialentligi ) deyiladi. CI birliklarida BER - 
Zivert (Zv) deb nomlangan. 1 Zv = 100 BER. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin