Steril xonalarda qyyidagi shaxslarga ishlashga ruxsat berilmaydi:
- teri kasalliklari (dermatit, qazg‗ok va boshqa teri kasaliklari);
- yuqori nafas yo‗llari kasalligi bor shaxslar (bronxit, bronxial astma va boshqalar);
- siydik yo‗lida kasalliklari bor shaxslar;
- ruxiyatning buzilishi (nevrozlar);
- tutqanoq (epilepsiya) kasalligi bor shaxslar;
- tez kasallikga chalinuvchilar va bakteriya tashuvchilar;
- allergik preparatlarga, qichishishni keltirib chiqaradigan, tumovni chaqiradigan
preparatlarga sezuvchanligi bor kishilar;
- ortiqcha vaznli xodimlar.
Smena davomida ishlash uchun xalaqit beruvchi kasalliklar: oshqozon ichak
traktidagi buzilishlar, surunkali gastrit va oshqozon yara kasalligi, diabet kasalligi,
gipertireoz, uyquning buzilishi (uyquchanlik).
Toza xonada ishlashga ruxsat berilganlar xodimlar esa quyidagilarni
bajarishga majburlar:
- xonaga kirishdan oldin qo‗llarini yuvish;
- xojatxonaga kirgandan keyin qo‗llarni yuvish;
- madaniyatsiz qiliqlarni qilmaslikka(qo‗l bilan burun artish va boshqalar);
- muntazam tishlarni tozalash, og‗iz bo‗shlig‗i gigiyenasiga rioya qilish;
- toza kiyinishga, ayniqsa ishga borishda.
Pardozlash vositalari (kipriklar uchun tush, upa, lab bo‗yog‗i, tirnoq
bo‗yog‗i, rumyana va boshqalar) mikroorganizmlarning ko‗payishi uchun qulay
muhitni yaratadi. Qimmatbaho zeb-ziynat bezaklarida iflosliklar yig‗ilib qoladigan
joylar ko‗p bo‗ladi, shuning uchun toza xonaga kirishdan oldin ularni echish talab
etiladi.
Steril xonalarda ishlovchilarga yuqoridagilarga qo„shimcha yana
quyidagilarni bajarishlari kerak:
1. Qo‗llar tirsakkacha yuviladi;
145
2. Dezinfeksiyalovchi moddalar bilan 1,5- 2 daqiqa davomida ishlov beriladi;
3. Pauzadan keyin suv tirsak bo‗ylab oqishi kerak.
4.Kiyinish uchun maxsus rezina qo‗lqoplardan foydalanish kerak. Kiyinib
bo‗lgandan keyin bu qo‗lqoplar steril qo‗lqoplarga almashtirilishi shart.
5.Steril xonalarda qo‗l yuvish instruksiyasi bo‗lishi zarur.
Steril xududlar uchun mo„ljallangan kiyim qator xususiyatlarga ega bo„lishi
kerak:
1. Kiyim ishlab chiqarilayotgan mahsulotni inson tanasi bilan bo‗ladigan
kontaktdan ximoyalashi zarur.
2. Ximoya kiyimining matosi filtr rolini o‗ynaydi, shuning uchun u ma‘lum
zichlikga ega bo‗lishi kerak.
3. Kiyimdan tolalar ajralmasligi kerak.
4. Kiyim inson tanasi yuzasini to‗liq yopishi kerak.
5. Kiyimning matosi yuvish va sterilizatsiyaga chidamli bo‗lishi kerak.
6. Kiyim antistatik xususiyatga ega bo‗lishi kerak.
Kiyim turlari:1. Bir martalik (xalatlar, yuz va soqol uchun niqoblar,
qalpoqchalar, baxillalar) 2. Ko‗p martalik. Ko‗p martalik kiyimlar sintetik
tolalardan tayyorlangan bo‗lishi kerak. Paxta tolalaridan tayyorlangan kiyimlarni
kiyish ruxsat etilmaydi. Kiyimlar oddiy tikilgan, cho‗ntaksiz, qistirgichlarsiz,
keraksiz burmalarsiz bo‗lishi kerak. Kiyim qanday materialdan tayyorlangan
bo‗lsa, uni tikish uchun ishlatiladigan ip xam shu materialdan bo‗lishi shart.
Aseptik xududlarda ishchi xodimlarga
qo‗yiladigan umumiy gigiyenik talablar:
1. Aseptik xududlarda xodimlar faqat
maxsus standart himoya kiyimlarda
yurishi shart. 2. Aseptik xududlarda turli
bezaklar, shuningdek qo‗l soatlaridan
xam foydalanish ta‘qiqlanadi.
3.
Aseptik
zonalarda
kosmetik
146
vositalardan foydalanilgan xolda yurish taqiqlanadi.
4. Kiyinish va yuvinish tartibi maxsus instruksiya asosda bajarilishi lozim.
Xodimni ishga qabul qilish paytida mehnat shartnomasiga maxsus bo‘lim
kiritib, unda xodimning shaxsiy gigiyena bo‘yicha majburiyatlari va javobgarligini
belgilab qo‘yish maqsadga muvofiq. Masalan, tozalik sinfi 5ga teng xonalarda
ishlovchilar ishga pardozsiz kelish, ish kunidan oldin spirtli ichimliklar ichmaslik,
korxona hududida hamda ishga kelishdan oldin ikki soat davomida chekmaslik
majburiyatini oladilar. Oxirgi talab shunga bog‘liqki, kashandalar nafas bilan
chiqaradigan havoda zarrachalar kontsentratsiyasi juda yuqori bo‘ladi, bu
kontsentratsiya chekish tugagandan keyin juda sekin kamayadi. Bu zarrachalar
ko‘pincha kichkina o‘lchamda bo‘lib, niqobda ushlanib qolmaydi. Ba‘zan savol
tug‘iladi: toza xonaga kirishdan oldin cho‘milish kerakmi? Amaliyot shuni
ko‘rsatmoqdaki, agar odam ishga yuvinib kelgan bo‘lsa, ishxonada dush qabul
qilishga hojat yo‘q. Bundan tashqari, dush ostida iliq yoki issiq suvda cho‘milish
teri poralarining ochilishiga, ter va mikroorganizmlar ajralishiga olib keladi. Busiz
esa mikroorganizmlar teri qoplamasi yuzasiga chiqmaydi. Bevosita ishdan oldin
dush qabul qilish zarurligi haqida qat‘iy ma‘lumotlar yo‘q. Shu bilan birga,
alohida hollarda ishdan keyin dush qabul qilish talab etilishi mumkin. Avariyali
vaziyatlar uchun dush to‘rlari nazarda tutilishi mumkin. Dushni (vanna emas) har
kuni uyda qabul qilish zarur, zero u vannadan samaraliroq hisoblanadi.
Toza xonalardan foydalanganda belgilangan tozalik sinfini muntazam saqlab
turishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi bajariladi. Toza xonalardan
foydalanish tartibi ISO 14644-5 ―Toza xonalar va ular bilan bog‘liq nazorat
qilinadigan muhitlar. 5-qism. Ekspluatatsiya‖ standarida belgilangan. Toza
xonalardan foydalanishni tashkil qilishda barcha ishlarni bajarish tartibini belgilab
olish lozim, buning uchun quyidagi savollarga javob berish kerak: qanday ish
bajariladi (ishning predmeti), qanday bajariladi (ishni bajarish texnologiyasi),
ijrochi kim, nimalar bilan ishlanadi (uskunalar, materiallar va h.k.lar ro‘yxati),
qanday hujjatlar bo‘yicha ishlanadi (yo‘riqnomalar va h.k.).
147
Toza xonalar tizimidagi kritik jihat – xodimlardir, agar bunday xonalarda
tegishli tayyorgarligi bo‘lmagan va bunday maqsadlarga mos kelmaydigan
xodimlar ishlasa, loyiha eng yuqori darajada ishlab chiqilgan bo‘lsa ham toza
xonadan foydalanish ko‘zlangan maqsadni bermaydi, uni tashkil etishga sarflangan
mablag‘lar zoe ketadi.
Toza xonalardan foydalanishda kritik omillarni yetarlicha hisobga olmaslik
toza xonaning ifloslanishiga va mahsulot sifatining pasayishiga olib keladi. Rejali
tartibda xavf omillari ustidan nazoratni yo‘lga qo‘yish va iflosliklarni aniqlash
bo‘yicha harakatlarni belgilab olish kerak.
Toza zonalar muammosi, texnologik jarayon davomida xodimlarning aniq
harakatlari hamda qat‘iy texnik yechimlardan tashqari, tozalash deb ataluvchi
ishlarga munosib, ya‘ni aniq yondashuvni taqozo etadi. Toza zonalarning doimiy
standartini saqlash uchun uzluksiz ishlar uchun zarur bo‘lgan va shu tariqa
firmaning sifatni kafolatlash tizimini ta‘minlaydigan bilimlar kerak. Bir qarashda
oddiy bo‘lib ko‘ringan operatsiyalardagi nazoratsiz harakatlar keyinchalik
mahsulot sifatida o‘z aksini topadi, bu esa muqarrar ravishda iqtisodiy
yo‘qotishlarni keltirib chiqaradi. Farmatsevtika ishlab chiqarishiga eng oddiy holda
uchta asosiy jarayonlardan tashkil topgan jarayon sifatida qarash lozim. Bular:
tayyorlov jarajonlari, ishlab chiqarish jarajonlari va tozalash jarajonlariridir. Shuni
anglab yetish muhimki, tozalash amallari ishlab chiqarish ishlaridan keyin keladi,
ammo ayni paytda, keyingi ishlab chiqarish jarajonlaridan oldin olib boriladi.
Tozalash va ishlab chiqarish jarajonlari o‘zaro yopiq aloqadorlikka ega, tozalash
jarajonlarining noto‘g‘ri bajarilishi mahsulot sifatiga ta‘sir qilishi mumkin.
Shuning uchun ishlab chiqarish jarajonlariga qanday e‘tibor berilsa, tozalash
ishlariga ham shunday e‘tibor berish kerak. Ifloslanishni muhitda, asbob-
uskunalarda, materiallardagi qoldiqlar miqdoriga qarab eng munosib tarzda
ifodalash mumkin. Qoldiq mahsulotlarning tarqalishi usullariga qarab ular
kontaminatsiyasi bir jinsli yoki turli jinsli bo‘lishi mumkin. Turli jinsli
kontaminatsiyada kontamitatsiya manbalarini hamda katta e‘tiborni talab etuvchi
eng kuchli ifloslanish joylarini bilish zarur. Ishlab chiqarishda qoldiq mahsulotlar
148
odatda turli o‘lchamdagi zarrachalar ko‘rinishida paydo bo‘ladi. Qoldiq
mahsulotlar xarakteriga bog‘liq holda ifloslanishlarni fizik, kimyoviy, biologik
ifloslanishlarga bo‘lish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |