Nuraliyeva xafiza otaevna



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

Kimyoviy dezinfeksiyalash moddalar tasnifi: 
1. Galoidtutuvchi vositalar (xlortutuvchi, yodtutuvchi, bromtutuvchi, va hokazo.): 
bu guruhning faol moddalari xlor, yod, brom va ular asosida kompozitsion 
mahsulotlardir. Xlortutuvchi dezinfeksiyalovchi vositalar keng antimikrobiologik 
ta‘sirga ega, ammo yuqori nafas yo‗llari va ko‗zning shilliq pardalarini salbiy ta‘sir 
ko‗rsatishi mumkin, doimiy hidga ega va metallarni zanglanishiga olib keladi. 
An‘anaviy ravishda xlortutuvchi, xloramin, xlorli ohak, gipoxlorid kabi xlorli 
vositalar 
keng 
qo‗llaniladi. Yuqoridagilardan tashqari, ular quyidagi 


136 
kamchiliklarga ega: maxsus saqlash sharoitlariga ehtiyoj zarurligi, ishchi 
eritmalarni tayyorlashning murakkabligi, suvda uzoq va to‗liq erimasligi, 
beqarorligi, gigroskopikligi va samarasini pastligi. 
2. Izotsianuratlar ya‟ni, Izotsianurat kislota tuzlari ( tabletka shaklidagi Akvasept, 
Presept, Klorsept va Klorklin preparatlari); shuningdek kukun shaklidagi kompleks 
ta‘sir etuvchi DP-2 va Xlorsin (dorixonadagi idishlar va asbob uskunalarga ishlov 
berish uchun tavsiya etilgan). Tabletkalar suvda eritilganda undan faol xlor ajralib 
chiqadi va bakteritsid, fungitsid ta‘sir samarasiga ega bo‗ladi. Tabletka shaklidagi 
preparatlar bilan ishlash jarayoni qulayliklarni, aniqlikni va samaradorlikni 
ta‘minlaydi (1-20 litr suvga 10 tabletka). Bundan tashqari, maxsus saqlash 
sharoitlari, nafas olish yo‗llari uchun ximoya vositalari talab etilmaydi va yoqimsiz 
hid bo‗lmaydi. 
3. Kislorodtutuvchi vositalar: faol ta‘sir qiluvchi moddalarga faol kislorod, 
vodorod peroksidi, va ozon kiradi. Ko‗pgina vositalar keng ko‗lamli antibakterial 
ta‘sir ko‗rsatadi, xidi yo‗q, lekin metallarni emirish xususiyatiga ega. 
Kislorodtutuvchilarga 3% va 6%li vodorod pereoksidi, uksus, chumoli kislotalari, 
Pervomur, Peralin, Perform, Sekuseptlar kiradi. 
4. Aldegidtutuvchi vositalar: faol ta‘sir etuvchi moddalarga formaldegid, 
glutaraldegid, aldegit yantar kislotasi, glioksal va boshqa vositalar. Ular keng 
ko‗lamli antibakterial ta‘sir ko‗rsatish xususiyatiga ega, lekin manbalarni oqsilli 
ifloslanishiga va yuqori nafas yo‗llariga qo‗zg‗atishga sababchi bo‗ladi. 
5. Yuza-faol moddalar (Poverxnostno-aktivnыe veщestva): to‗rtlamchi-ammoniy 
birikmalari, aminlar va amfolitik yuza moddalar. Ular tor ko‗lamli antibakterial 
ta‘sir etish xususiyatiga ega, shu sababli ularning hammasi viruslarni, xona 
haroratida esa spora xosil qiluvchi mikroorganizmlarni o‗ldirmaydi. Ularning 
afzalliklari quyidagilardan iborat: yuvganda samarali, hidi yo‗q, metallarning 
zanglanishiga olib kelmaydi. Ular mikrob hujayrasining o‗tkazuvchanligini 
o‗zgartiradi, shuning uchun kompozit mahsulotlarda boshqa dezinfeksiyalovchi 
moddalar bilan birgalikda keng qo‗llaniladi. Qo‗l terisini tozalash uchun yuza faol 
moddalardan Katamin AB, degmini degmitsidlar ishlatiladi.


137 
6.Gaunidintutuvchilar 
vositalar: 
faol 
ta‘sir 
qiluvchi 
moddalarga 
poligeksametilenguanidin 
fosfat, 
poligeksametilenguanidin 
gidroxlorid, 
xlorgeksidin biglyukonat va ularning kompozitsion vositalar tarkibi kiradi. Ushbu 
guruxga kiruvchi moddalarni xususiyatlaridan biri, ular tozalangan manba 
yuzalarida uzoq vaqt bakteriotsid ta‘sir etuvchi plyonkalarni xosil qilishidir. Ular 
tor ko‗lamli antibakterial ta‘sir etish xususiyatiga ega. Gaunidinlar tarkibiga misol 
qilib Demos, Polisept, Alaminollarni olishimiz mumkin. 
7. Spirt tutuvchilar: faol ta‘sir qiluvchi moddalarga etanol spirti, propanol-1, 
propanol-2, 2-etilengeksanol, n-propanol, fenoksipropanol va boshqalar kiradi.
Aseptik bo‗limlarda ishlovchi ishchi-xodimlarning qo‗llarini tozalash maqsadida 
quyidagilarni qo‗llash tavsiya qilinadi: 75% li spirt, Okteniderm va Oktenisept, 
iodoforlar (iodopiron, iodonat, iodovidon). 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin