177
chiqiladigan moddalar tayyor dori shakllarini olish uchun qayta ishlovdan
o‗tkazish kerak.
Kimyofarmatsevtika korxonalarining ko‗rsatilgan xususiyatlari gigiyena fani
va amaliyoti oldiga korxonada sog‗lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish va
o‗tkazish sohasida yangi-yangi va murakkab vazifalarni qo‗yadi.
Kimyofarmatsevtika korxonalarida asosiy texnologik jarayonlarga gigiyenik
ta‟rif.
Kimyofarmatsevtika sanoatida bir nechta guruh korxonalarni farqlash
mumkin. Ularning ichida eng asosiylari, sintetik dorivor preparatlarni
tayyorlovchi, antibiotiklarni ishlab chiqarish bo‗yicha zavodlar va tayyor dori
shakllari va preparatlarini ishlab chiqaradigan zavodlar hisoblanadi.
Sintetik dori vositalarini sanoat asosida ishlab chiqarish asosida organik
sintezlashni keng ko‗lamda qo‗llash yotadi va bu mazkur korxonalari asosiy kimyo
sanoati korxonalariga yaqinlashtiradi.
Antibiotiklarni ishlab chiqarish korxonalari alohida guruhni tashkil qiladi.
Bu shu preparatlarni olishdagi asosiy texnologik jarayon biologik sintez
bo‗lganligi bilan bog‗liqdir.
Dostları ilə paylaş: