Nuraliyeva xafiza otaevna



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

Antibiotiklar changi ta‟siri natijasida kelib chiqadigan kasb kasalliklari:
1. Oshqozon ichak traktidagi buzilishlar: ishtaha yo‗qolishi, ko‗ngil aynishi, 
meteorizm, qorin bo‗shlig‗idagi og‗riqlar. 
2. Qon sistemasidagi o‗zgarishlar: anemiya, agranulotsitoz, leykopeniya
avitaminoz. 
3. Terida uchrovchi allergik kasalliklar: dermatit, ekzema, krapivnitsa.
4. Nafas yo‗li kasallikalari: asmoid bronxit va bronxial astma. 
5. Antibiotiklar ta‘sirida organizm normal mikroflorasining o‗zgarishi: 
disbakteriozning yuzaga kelishi.
Bundan tashqari antibiotiklarni surunkali ta‘siri natijasida tez-tez bosh 
og‗rishi, terida qichish, ko‗zning achishi, qattiq toliqish, tomoq qurishi va og‗rishi, 
eshitishning pasayishi, yurak va uning atrofida og‗riq hosil bo‗lishi kuzatiladi. 
Antibiotiklar ishlab chiqarishda yuzaga keladigan kasb kasalliklarini oldini 
olish maqsadida quyidagi quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya 
etiladi: 
- ishlab chiqarishni zamonaviy texnikalar bilan avtomatlashtirish; 
- asbob-uskunalarning germetligini muntazam tekshirish; 
- Ish zonasi havosidagi zararli moddalarning miqdorini laboratoriya nazorati ostiga 
olish; 
- ishchi xodimlarni shahsiy himoya vositalari (kombizionlar, rezina qo‗lqoplar, 
baxillalar, niqoblar yoki respiratorlar) bilan to‗liq ta‘minlash;
- ishchi xodimlarni ishga kirishdan oldin va ish davomida davriy tibbiy ko‗rikdan 
o‗tkazish; 
- ishchilar orasida to‗g‗ri ovqatlanish va dam olishni tashkil etish 


184 
Barcha farmatsevtika korxonalarida antibiotiklarni ishlab chiqarishda atrof-
muxitning sanitariya ximoyasiga katta e‘tibor qaratish lozim. Buning uchun 
quyidagilarga rioya qilish talab etiladi: 
- dori preparatlari ishlab chiqarish korxonalarida tabiatni himoya qilish maqsadida 
korxona uchun ruxsat etilgan chiqarib tashlash (RECHT) normativiga rioya 
qilishni ta‘minlash; 
- organik erituvchi, reagentlar, yarim sintetik mahsulotlar va boshqalarni saqlovchi 
kimyoviy moddalarni zararsizlantirish yoki ushlab qolish; 
- mikroorganizmalar qo‗llaniladigan korxonalarda mikroblarni saqlovchi 
texnologik chiqindilarni atmosfera havosiga chiqarilishida zamburg‗lar, sporalar, 
drojjilar va boshqa mikroorganizmlarni inaktivatsiyalash yoki ushlab qolish ishlari 
ko‗rib chiqilishi kerak; 
- biologik moddalarni ushlab qolish bilan birgalikda , ularni zararsizlantirish va 
yo‗qotish; 
- hayvon va o‗simlik mahsulotlari (antibiotiklar, fermentli preparatlar, vitaminlar, 
sintetik 
dori 
preparatlari, 
organopreparatlar, 
garmonlar 
va 
boshqalar) 
qo‗llaniladigan biologik va boshqa korxonalardan chiqayotgan yoqimsiz xidlarni 
yo‗q qilish; 
- tayyor dori preparatlarini quritish va qadoqlash bo‗limlarida gaz xamda 
changlardan tozalash uskunalarini qurish. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin