189
24,3 l, suzganda 41,3 l havoni nafas orqali qabul qilamiz. Bundan tashqari, tog‗li
klimat sharoitlarida havo orqali organizmga kiradigan kislorod davolovchi vosita
sifatida katta ahamiyatga ega, atmosfera havosi orqali o‗zimiz uchun kerakli
gazlarni qabul qilib, nafas chiqarganda hayot jarayonida hosil bo‗ladigan gaz
holdagi moddalarni tashqariga chiqaramiz.
Atmosfera havosining kimyoviy tarkibi inson salomatligida muhim o‗rin
tutadi.
Kislorodning inson organizimi uchun ahamiyati quyidagilardan iborat:
- organizmning hayot faoliyatidagi barcha oksidlanish
jarayonlari bevosita
kislorod ishtirokida sodir bo‗ladi;
- kislorod organizmda tana haroratining bir me‘yorda saqlanishini ta‘minlaydi;
- a‘zolarda ovqat moddalarning qayta ishlanishi,oksidlanishi va ulardan energiya
ajralishini amalga oshiradi va boshqalar.
Havo muhitida doimo kislorod aylanishi sodir bo‗lib turadi, shu sababli
uning miqdori atmosferada deyarli o‗zgarmaydi. Suv bug‗larining atmosfera
yuqori qatlamlarida ultrabinafsha nurlar ta‘siri ostida
fotokimyoviy parchalanishi
ham kislorod hosil bo‗lish manbaidir.
Kislorod miqdorining o‗zgarishiga qarab inson organizmida xam turli xil
o‗zgarishlar yuzaga keladi. Masalan, turli balandlikda kislorod miqdori 16-17%
bo‗lganda organizmda fiziologik siljishlar, kislorod miqdori 11-13% da gipoksiya
kuzatiladi, ish qobiliyati keskin pasayadi, kislorod miqdorining 7-8%gacha
kamayishi organizmning kislorod bilan etarlicha ta‘minlanmasligi sababchi bo‗ladi
va hayot faoliyatining buzilishini keltirib chiqaradi.
Atmosfera havosi tarkibidagi karbanat angidrid gaziga to‗xtaladigan bo‗lsak,
karbonat angidrid gazi – rangsiz,hidsiz gaz, havoda ko‗p miqdorda bo‗lganda ham
odam uni sezmaydi.
Bu gazning atmosfera havosidagi konsentratsiyasi turg‗un (0.03-0.04%),
chunki tabiatda doimo uning aylanish jarayonlari bo‗lib turadi. Karbonat angidrid
gazi nafas markazining fiziologik qo‗zg‗atuvchisidir. Xona havosidagi karbonat
angidrid gazi miqdori 0.07-0.1%dan ortiq bo‗lsa, havo yoqimsiz hidga ega bo‗ladi,
190
bu esa o‗z navbatida organizmning funksional holatini yomonlashuviga olib kelishi
mumkin. Karbonat angidrid gazining havodagi miqdori 1%
etsa organizmda
modda almashinuvi buzilishi (atsidoz) , 1,5-3% bo‘lsa nafas qisishi, bosh og‗rishi
ya‘ni zaxarlanish belgilari kuzatiladi, 10-12% bo‗lganda narkotik ta‘sir ko‗rsatishi
va o‗limga olib kelishi mumkin.
Havo almashinuv tizimi yaxshi bo‗lmagan xonalarda, ko‗pchilik odamlar
yig‗ilganda karbonat angidrid gazi to‗planishi (nafas bilan chiqariladigan havoda
u 4,4% mikdorda bo‗ladi) bilan parallel holda hayot faoliyatining boshqa
mahsulotlari
miqdorining oshishi, havo temperaturasi va namligining ko‗tarilishi,
mikroorganizmlar miqdorining oshishi kuzatiladi. Karbonat angidrid gazi
mikdoridan turar joy va jamoat binolari havosining
tozalik ko„rsatkichi sifatida
foydalaniladi.
Azot atmosfera havosining eng salmoqli qismi bo‗lib, havo xajmining 4/5
qismini tashkil qiladi. Azot inert gazlar bilan birga kislorodni odamning nafas
olishi uchun zarur darajada suyultirib beradi. Organizmda qon va to‗qima
suyuqliklarida erigan holatda mavjud bo‗ladi,
ammo kimyoviy reaksiyalarda
ishtirok qilmaydi. Biroq azotning fiziologik roli atmosfera bosimi oshishi bilan
o‗zgaradi.
Bunday
sharoitlarda
azotning
hayvonlarda
asab-mushak
koordinatsiyasining buzilishini keltirib chiqarishi va narkotik ta‘sir ko‗rsatishi
aniqlangan.
Havoning fizik xususiyatlari havo harorati, namlik, havo harakatining tezligi,
tevarak-atrofdagi, shu jumladan, ishlab chiqarish jixozlarining xam harorati va
atmosfera bosimi tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: