208
saqlab qolishi mumkin. Tuproq tarkibida bo‗ladigan patogen mikroblar suv bilan
yuvilib, suv havzalarini ifloslaydi, ifloslangan tuproqli sharoitda etishtirilgan
sabzovot va mevalararni ifloslaydi va natijada odam organizmiga tushib, turli
kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Tuproq muhiti turli kasalliklarning tarqalishida insonlarning u bilan bevosita
aloqasi yoki bilvosita aloqalarning tutgan o‗rni ham kattadir. Bundan tashqari,
tuproq muhiti turli gelmentlar va ularning tuxumlari bilan ifloslanishi mumkin,
shu bilan bir qatorda ayrim turdagi gelmentlar o‗zlarining yashash va rivojlanish
bosqichlarini tuproq muhitida o‗tkazadi. Gelment tuxumlari tuproq tarkibida juda
uzoq muddatlargacha saqlanishi va o‗rtacha 14 oygacha o‗zlarining invazion
xususiyatlarini saqlashlari mumkin. Bunday sharoitda shu tuproqda etishtirilgan
sabzavot va mevalar yuvilmasdan iste‘mol qilinganda, yoki shunday ifloslangan
tuproqli joylarda bolalarning o‗ynashi orqali ular odam organizmiga o‗tadi,
natijada gelmentoz kasalliklarini ko‗payishiga sababchi bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: