Nuraliyeva xafiza otaevna



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

Jadval 10.1 
Mikroorganizmlarning tuproq muhitida yashash muddatlari 
Bakteriyalar 
Tuproqda yashash muddati, oy 
O‗rtacha 
maksimal 
Qorin tifi salmonellalari 
0,5 
12 
Ichburug‗ tayoqchalari 


Vabo vibrionlari 
0,5 

Sil mikobakteriyalari 


Brutsella qo‗zg‗atuvchisi 
0,5 

O‗lat qo‗zg‗atuvchisi 
0,1 

Tulyaremiya qo‗zg‗atuvchisi 
0,5 
2,5 
Ifloslangan tuproq muhiti infeksiyalar va invaziyalarning uzatilishida muhim 
omil bo‗lib qoladi. Tuproqning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi geokimyoviy 
epidemiyalarning kelib chiqishini belgilab berishi ham mumkin. Shuning uchun 


209 
aholi yashash joylarini turli xildagi chiqindilar va iflosliklardan muntazam tozalab 
turilishiga ehtiyoj tug‗iladi va tuproq muhitining ifloslanishining oldini olishga 
doir tadbirlarning ishlab chiqilishini talab etadi (SanQ va M №0272-09 
―O‗zbekiston sharoitida tuproqni ifloslanishdan muhofaza qilish sxemalarini 
gigienik asoslashni tuzish bo‗yicha Sanitariya qoida va me‘yorlari‖ ). 
Tuproq muhitini ifloslashi mumkin bo‗lgan manbalar juda ko‗p va xilma-
xildir. Masalan, qishloq aholi yashash joylarida qishloq xo‗jalik ishlab chiqarish 
ob‘ektlari (pestitsidlar, mineral o‗g‗itlar, chorvachilik), shahar sharoitida esa 
xo‗jalik chiqindilari, ko‗cha supirindilari, sanoat korxonalarining chiqindilari 
bo‗lishi mumkin. Sanoat korxonalari oxirgi o‗n yilliklarda atrof-muhitni 
ifloslovchi asosiy ob‘ektlar bo‗lib qolmoqda va hattoki qishloq aholi yashash 
joylarining ifloslanishida ularning tutgan o‗rni yuqori ekanligi aniqlanmoqda: 
birinchidan zararli moddalarning manbai bo‗lgan korxonalarni shahar hududidan 
chetga chiqarilishi bo‗lsa, ikkinchidan atmosfera havosiga chiqariladigan gaz
tutun, chang, bug‗, kul ko‗rinishidagi iflosliklar havo oqimlari tufayli qishloq 
hududlarini ham ifloslaydi. Ifloslangan havo muhitidagi zararli moddalar atmosfera 
yog‗inlari orqali tuproq muhitini ifloslovchi manbaga aylanadi. 
Tuproq muhitining kimyoviy ifloslanishi fan-texnika taraqqiyotining eng 
salbiy oqibatlaridan biri hisoblanadi. Tuproq muhitining kimyoviy iflosliklardan 
tozalanishi juda sekinlik bilan boradigan jarayon hisoblanadi va shuning uchun 
ham tuproq muhitini kimyoviy ifloslanishiga yo‗l qo‗ymaslik eng asosiy 
muhofazalash variantidir. Tuproqning organik ifloslanishiga kelganimizda, uning 
o‗z-o‗zidan tozalanishini inobatga olish talab etiladi. Organik birikmalarning o‗z-
o‗zidan tozalanishi natijasida kichik miqdorlardagi ifloslanishlar oxirgi 
mahsulotlargacha parchalanib ketadi va mineral tuzlar, suv, C0
2
va chirindiga 
aylanadi. Tuproqning o‗z-o‗zidan tozalanish jarayoni juda murakkabdir. Suyuq 
holdagi iflosliklar tuproq orqali filtrlanadi, kolloidli moddalar va qo‗lansa hidga 
ega bo‗lgan gazlar sorbsiyalanadi, suyuqlik tarkibidagi organik moddalar esa 
ularning fizikaviy va kimyoviy xossalariga muvofiq aerobli va anaerobli 
sharoitlarda parchalanishga uchraydi. Aerobli sharoitda karbonsuvlar va yog‗lar 


210 
tuproq tarkibida bo‗ladigan mikroorganizmlarning hayotiy faoliyatlari ta‘sirida suv 
va CO
2
va chirindi mahsulotigacha parchalanib ketadi. 
Oqsilli moddalar aerobli sharoitda ham, anaerobli sharoitda ham 2-
bosqichda tuproq mikroorganizmlari ta‘sirida ammonifikatsiya jarayoniga 
uchraydi, 2-bosqichda esa aerobli sharoitda nitritlargacha parchalanadi. 
Keyinchalik nitritlar nitrobakteriyalar ta‘sirida nitratlargacha parchalanadi.
Anaerobli sharoitda organik moddalarning parchalanishidan qo‗lansa hidga ega 
bo‗lgan gazlar hosil bo‗ladi. 
Tuproqda aeratsiya sharoiti yaxshi bo‗lsa, o‗z - o‗zidan tozalanish jarayoni 
juda yaxshi ketishi uchun sharoit yaratiladi. Bundan tashqari organik moddalarning 
parchalanishi uchun yuqori bo‗lmagan tuproq namligi hamda bakteriotsid ta‘sirga 
ega bo‗lgan quyosh nurlarining ultrabinafsha radiatsiyasining ahamiyati ham 
kattadir. Ammo, bu omillar ta‘sirida tuproqning yuza qatlami doimo toza bo‗lishi 
mumkin. Organik moddalarning parchalanishi natijasida chirindi hosil bo‗ladi.
Gummus - bu moddalar kompleksi bo‗lib, o‗z tarkibiga gemitsellulozalarni, 
yog‗larni, organik kislotalarni, mineral moddalarni, protein komplekslarini va 
sanitar saprofitlarni oladi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin