206
X BOB.
TUPROQ TASHQI MUHIT OMILI.
10.1.
TUPROQ TARKIBI VA UNING XUSUSIYATLARIGA
GIGIYENIK TAVSIF
Tuproq tashqi muhitning eng muhim elementlaridan biri bo‗lib, inson
organizmida, insonning hayoti va mehnat faoliyatida u muhim o‗rinni egallaydi.
Tuproq murakkab ko‗rinishdagi mineral va organik moddalar majmuasidan tashkil
topgan bo‗lib, o‗z tarkibida juda ko‗p miqdorda mikroorganizmlarni tutishi
mumkin. U er qobig‗ining yuqori qatlami hisoblanib, tabiatda sodir bo‗lib
turadigan bir qator jarayonlar ta‘sirida hosil bo‗lib turadi.
Tuproqning mineral
komponentlari tabiatdagi fizikaviy omillar ta‘sirida er qobig‗ining qattiq
qatlamlarining emirilishi va maydalanishidan hosil bo‗ladi. Organik tarkibi esa,
o‗simlik va hayvonot dunyosining o‗lishi va chirishi tufayli yuzaga keladi. Tuproq
tarkibida juda katta miqdorlarda turli xildagi mikroorganizmlar bo‗ladi va ular
tuproqning hosil bo‗lishida faol ishtirok etadi, tuproq tarkibiga kiruvchi mineral va
organik moddalarning chirishi parchalanishida ishtirok etadi. Tarkibida mineral va
organik moddalarning miqdori zarrachalarning
katta-kichikligiga qarab, quyidagi
tuproq turlarini ajratish mumkin:
loy, loyli, qumli, qumloq, qora tuproq turlari.
Inson tuproq muhiti bilan bevosita aloqada bo‗lmaydi, ammo bilvosita
aloqasi muntazam ravishda kuzatilib turadi. Inson faoliyatidagi aloqa havo muhiti,
suv muhiti va oziq-ovqat mahsulotlari bilan bo‗ladigan aloqasi orqali kuzatiladi.
Inson faoliyatidagi tuproq bilan bo‗ladigan bilvosita aloqasini turar-joy binolari va
boshqa inshootlarni qurish, aholi yashash-joylarini obodonlashtirish, ularni sanitar
nuqtayi-nazardan chiqindilardan tozalash, qishloq xo‗jaligidagi mehnat jarayonlari
orqali ko‗rinishi mumkin. Shuning uchun odam organizmi,
qanday tuproq,
uning
xususiyatlari va xossalariga qarab turli ta‘sirlarga uchrashi mumkin. Tuproqning
ayrim muhim xususiyatlarini ko‗rib chiqamiz, chunki bu xususiyatlar muhim
gigienik ahamiyatga egadir.
Tuproqning fizik-mexanik xossalari
Tuproqning fizik-mexanik xossalari qatoriga uning donadorligi, g‗ovakliligi,
o‗zida nam va suvni tutish xususiyati, kapillyarliligi, namligi, suv o‗tkazuvchanligi
207
kabilar kiradi va ular tuproqning boshqa xossalarini belgilab beradi. Bu
xususiyatlar esa turli xildagi ob‘ektlar, chunonchi turar-joy binolari, davolash-
profilaktika muassasalari, maktabgacha
va maktab muassasalari, korxonalarni
qurish uchun er-joy tanlash, aholi yashash joylarini chiqindilardan tozalash va
obodonlashtirish ishlarida ahamiyatga egadir.
Yirik donador tuproq yuqori g‗ovakli bo‗ladi,
shuning uchun bunday
tuproqda aeratsiya jarayoni juda yaxshi ketadi, natijada bunday tuproq muhiti tez
quriydi, tuproqqa tushgan organik va anorganik iflosliklarning o‗z-o‗zidan
tozalanish jarayoni jadallikda boradi. Kichik zarrachali tuproqda esa
yuqoridagilarning aksi bo‗lib, bunday tuproq muhiti o‗zida namni ko‗p
va uzoq
muddatlarda ushlaydi, o‗zidan suvni kam va juda sekin o‗tkazadi, yuqori
kapillyarlilikka ega, shuning uchun gigienik nuqtai-nazardan bunday tuproq
nomuvofiq hisoblanadi. Bunday tuproqli joylarga
turar-joy va jamoat hamda
ma‘muriy binolar qurilgan bo‗lsa, binolarning erto‗lalari va birinchi qavatdagi
xonalar doim zax va namligi yuqori bo‗ladi, natijada xonalarning mikroiqlim
sharoitlari gigienik talablarga javob bermaydi,
yashash sharoitlari keskin
yomonlashadi. Bunday tuproqli sharoitda o‗z-o‗zidan tozalanish jarayoni juda
yomon va sekinlik bilan boradi.
Dostları ilə paylaş: