201
9.3. QUYOSH RADIATSIYASINING BIOLOGIK TA’SIRI.
Quyosh katta temperaturadagi erigan modda tarzidagi olovli shar bo‗lib,
temperaturasi 6000 gradusdan yuqori va unda termoyadro reaksiyalari doimiy
ravishda davom etadi, xamda atrofga katta miqdorda issiqlik tarqatadi. Quyosh
massasidan tarqalayotgan shunday katta energiyaning 2 milliarddan bir qismigina
er sathiga etib keladi. Biroq shu miqdor energiyaning o‗zi xam erda organik
hayotning paydo bo‗lishi uchun etarli ekan. Xuddi shuning uchun quyosh
radiatsiyasining asosiy ahamiyati shundadir. Quyosh radiatsiyasi atrofga vakt
biriligi ichida bir xilda tarqalmaydi.
O‗tkazilgan tadqiqotlarda aniqlanishicha, er yuzidagi barcha jonzotlar
quyosh aktivligiga ta‘sirchan degan mulohazalar ham bor. Quyosh aktivligining
oshishi insonlarda uchraydigan ayrim kasalliklarni ko‗payishiga va ayrim
kasalliklarni esa kamayishiga sababchi bo‗larkan. Masalan, quyosh aktivligini
oshishi davrida gripp epidemiyasining ko‗payishi va difteriya kasalining kamayishi
kuzatilgan.
Yana bir misol: Ko‗pgina mamalakat va o‗lkalarda (Afrika) chigirtkalarining
ko‗payib ketganligi va natijada qishloq xo‗jaligiga katta zarar etkazganligi qayd
etilgan. Quyosh aktivligi bilan bog‗liq bo‗lgan qonuniyatlarni professor Chijevskiy
chuqur tahlil qilib shunday degan edi: "quyosh faclligi yillarida kasal organizmni,
muayyan muvozanatdan chiqqan holda ko‗rishimiz mumkin, bunday organizm
uchun tashqaridan beriladigan bitta impuls ham etarli, bu holda izdan chiqqan
organizmning ahvoli keskin murakkablashishi va oqim kuzatilishi mumkin,
bunday impulslarga meteorologik va geodinamik omillarning o‗zgarishi kiradi.
Quyoshning spektral tarkibi ko‗rinuvchi (40%), ultrabinafsha (1%) va
infraqizil (59%) nurlardan tashkil topgan.
Ko„zga ko„rinuvchi nurlar-to‗lqin uzunligi bo‗yicha 760 dan 400
nanometrgacha bo‗lgan qismini egallaydi. Ko‗rinuvchi nurlar psixofiziologik ta‘sir
etish xususiyatiga xam ega. Ko‗k va binafsha ranglar ruxiy siqilish va ruxiy
dilxiralikka, engil va havo ranglar tinchlantiruvchi, to‗q sariq va qizil ranglar
qo‗zg‗atuvchi ta‘sir etishi mumkin. Nurlarning bunday ta‘sir etish samarasi ruxiy
202
kasalliklarni
davolashda;
jismoniy
kasallarni
davolovchi
muassasalarda
davolovchi-himoyalovchi tartib o‗rnatishda, sanoatda, qurilishda biror narsaga
go‗zallik, nafosat berishda qo‗llaniladi.
Ultrabinafsha nurlar.Ultrabinafsha nurlar retseptorlar bilan qoplangan tana
terisining keng yuzasiga tushib, to‗qima va xujayralardagi oqsillarning kalloid
holatini o‗zgartiribgina qolmay, balki beixtiyor tarzda butun organizmga ta‘sir
etadi. Oqsillarning parchalanishidan gistalin, xolin va boshqa moddalar hosil
bo‗ladi. Bu moddalar organizmga so‗riladi va asab tizimiga ta‘sir etadi, bu esa
organizm faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin. Organizmda kechadigan fiziologik
vazifalarning nospetsifik qo‗zg‗atuvchisi sifatida, ultrabinafsha nurlar oqsil, yog‗,
karbon suvlar va mineral tuzlar almashinuvini yaxshilaydi. Shu bilan birga teri
epiteliysi to‗qimalarining nafas olishini yaxshilaydi. Retikuloendotelial sistemasi
va qon ishlab chiqarish sistemasi faoliyatini tezlashtiradi.
Ultrabinafa nurlarining raxitga qarshi to‗lqin uzunligidagi qismi organizmga
etarlicha ta‘sir etmagan taqdirda, tanada fosfor-kalsiy almashinuvi, asab sistemasi,
parenximatoz organlarining ishi, qon ishlab chiqarish tartibi, oksidlanish
qaytarilish jarayoni, kapillyarlarning barqarorligi xamda tananing kasalliklarga
qarshi kurashish xususiyati pasayib ketadi.
Yosh bolalarda raxit kasalligining belgilari namoyon bo‗ladi. Yoshi katta
odamlarda esa fosfor-kalsiy almashinuvining buzilishi kuzatiladi va natijada singan
suyaklarning bitishi sekinlashadi, bo‗g‗imlarda bog‗lovchi apparatlarining
susayishi va tish emalining tez edirilib ketish hollar kuzatiladi. Ultrabinafsha
nurlarning bakteritsid, ya‘ni bakteriyalarga qiron keltiruvchi ta‘siri katta
umumbiologik ahamiyatga ega. Tabiiy ultrabinafsha nurlar yordamida havo, suv
va tuproqlarni sog‗lomlashtirish chora va tadbirlarini o‗tkazish mumkin
Ultrabinafsha nurlarning biologik ta‘siri 3 guruxga bo‗linadi a) tur 320-400
nm to‗lqin uzunligidagi eritema va qoraytiruvchi ta‘sirli nurlar; b) tur 275-320 nm
to‗lqin uzunligidagi raxitga qarshi; v) tur 200-275 nm to‗lqin uzunligidagi
bakteritsid ta‘sir etuvchi nurlar.
203
«Ultrabinafsha nur tanqisligi»- toza havoga olib chiqilmay xona sharoitida
tarbiyalanadigan bolalarda, konchilarda, er ostida ishlaydiganlarda, suv osti
kemalarida ishlaydigan va kutb sharoitida yashovchilar organizmida kuzatiladi.
«Ultrabinafsha nur tanqisligi» uchun xos bo‗lgan noxushliklarga toliqish, ish
qobiliyatining susayishi, va gipovitaminoz holatlari kiradi.
Dostları ilə paylaş: |