191
foydalaniladi. Bunday termometr orqali xonaning haroratini
maksimal darajaga
ko‗tarilganligini va tushganini ma‘lum ajratilgan vaqtda aniqlash mumkin.
Devor haroratini aniqlashda devor haroratini o‗lchaydigan termometrlardan
foydalaniladi. Termometrni yopishtirish uchun mum, kanifol yoki alibastr pol
sathidan 10-15 sm hamda 1,5m balandlikda o‗lchanadi.
Ushbu termometr
yordamida devorning burchaklari va eng sovuq joyining haroratini aniqlash muhim
ahamiyatga ega.
Tashqi muhit haroratini uzluksiz ravishda ob‘ektiv belgilab turish uchun o‗zi
yozuvchi asbob-termografdan foydalaniladi. Termograflar bir kunlik yoki haftalik
bo‗ladi. Asbob takomillashmagani tufayli vaqti-vaqti bilan tekshirib aniqlik kiritib
turish zarur. Havo haroratini aniqlashda termometrni mumkin qadar isituvchi yoki
sovutuvchi moslamalardan uzoqroq o‗rnatganma‘qul. Spirtli termometrlar simobli
termometrlariga nisbatan ancha aniq bo‗lmasa ham, ishlanish uchun bexavotirdir.
Oz miqdorda bo‗lsa ham tasodifan termometrdan to‗kilgan simob bolalarga zaxarli
ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.
Xona havosining o‗rtacha haroratini aniqlash uchun gorizontal holda poldan
1,5 m balandlikda, ularning o‗rtacha bo‗yiga qarab 5 nuqtadan, ya‘ni xonaning 4
burchagidan devorlardan va isitish moslamalaridan 10 sm nari va xona o‗rtasidan
o‗lchab arifmetik miqdori olinadi.
Vertikal bo‗yicha kuzatilishi mumkin bo‗lgan haroratning o‗zgarishi 3m
balandlikda, jumladan: poldan 10 sm va 1,5 m balandlikda hamda shiftdan 15-20
sm pastdan aniqlanadi.
Gorizontal yo‗nalishi bo‗yicha haroratning o‗zgarishi tashqi devordan ichki
devorgacha bo‗lgan oraliqda 2
0
dan, vertikal yo‗nalishi bo‗yicha xonaning polidan
1,5 m balandlikda 1,5-2
0
S dan oshmasligi kerak.
Xona haroratini bir yo‗la tekshirib to‗la ma‘lumot olindi, deb bo‗lmaydi,
chunki olinadigan ko‗rsatkich faslga,
isitish moslamalarining turiga, issiqlik
chiqarish davomiyligiga, xonadagi odamlar soniga, ularning xonada bo‗lish
paytiga va hakozoga bog‗liq. Shunga ko‗ra xona harorati
yuqoridagilarni hisobga
olgan holda kun davomida tekshirib turilgani ma‘qul.
192
Havo namligi
Suv havzalari, tuproq yuzasi va o‗simliklardan muntazam ravishda suv
bug‗lari chiqib turadi, bu havoning namligini ifodalaydi. Havo namligini quyidagi
turlari farqlanadi:
absolyut, maksimal, nisbiy.
Absolyut havo namligi deb - 1 m
3
havodagi suv bug‗larining miqdoriga (g da)
aytiladi.
Maksimal havo namligi deb havoning
ma‘lum haroratda namlik bilan to‗la-to‗kis
to‗yinib olishi uchun zarur bo‗lgan suv
bug‗larining miqdoriga (g da) aytiladi. Havo
harorati ko‗tarilib borgan sari havoning
maksimal namligi oshib boradi.
Nisbiy havo namligi deb, absolyut havo
namligining maksimal havo
namligiga foizlarda ifoda qilingan nisbatiga aytiladi. Nisbiy havo namligi havoning
suv bug‗lari bilan to‗yinish darajasini belgilab beradi.
Havo namligini aniqlashda aspiratsion va statik psixrometrlardan hamda
gigrograflardan foydalaniladi. Aspiratsion psixrometrni statik psixrometrdan farqi
shundaki, aspiratsion psixrometrga o‗rnatilgan moslama orqali termometr
ko‗rsatkichlarini
aniqlashdan oldin, joylarda aspiratsiya usulida havo yo‗nalishini
bir tekisda tashkil qilish bilan birga termometrlarni radiatsion nur ta‘siridan
himoya qilish choralari ko‗rilgan.
Avgust psixrometrlar yordamida absolyut namlik aniqlanadi.
Absolyut namlik Reno formulasi yordamida hisoblab chiqiladi:
K= F – 0,50 (T – T
1
)xV/755
K =
f –
a (
t – t
1
)
V,
bu erda: K - absolyut namlik, mm simob bo‗yicha;
f
- nam termometrning ko‗rsatishi bo‗yicha maksimal namlik ;
a – psixrometr koeffitsienti (xona havosi uchun 0,0011)
t
- quruq termometr ko‗rsatishi (gradusda)
193
t
1
- nam termometr ko‗rsatishi (gradusda);
V - tekshirish vaqtidagi barometrik bosim, mm simob ustunida.
Topilgan absolyut namlikni nisbiy namlikka o‗tkazish uchun quyidagi formuladan
foydalaniladi.
R = K x 100 / F
bu erda: R - nisbiy namlik, % hisobida
K-absolyut namlik, mm simob ustunida
F -quruq termometrning harorati bo‗yicha maksimal namlik olinadi
(jadvaldan olinadi).
Havo namligini aniq o‗lchovlari aniqlash uchun Assman aspiratsion
psixrometridan foydalaniladi, bunda termometrlar nurli energiya ta‘siri
oldini
oluvchi porloq naychalar bilan himoyalangan va havo ventilyator yordamida teng
ravishda so‗riladi.
Avgustning statsionar psixrometri ikkita bir xil simobli yoki spirtli
termometrlardan iborat, ular shartli ravishda "nam" va "quruq" deb nomlanadi.
"Nam" termometr rezervuari yupqa material (batist, doka) bilan o‗ralgan bo‗lib,
uning oxiri distillangan suv tutuvchi idishga solingan bo‗ladi. Idishning yuqori
chekkasi termometr rezervuaridan 3-4 sm uzoqlikda bo‗lishi lozim. Nam material
yuzasidan suv bug‗lanadi. Bug‗lanish jarayoni
uchun issiqlik sarflanadi, shu
sababli "nam" termometr soviydi va "quruq" termometrga nisbatan past haroratni
ko‗rsatadi. Havo namligini aniqlashda asbobni nurlanish manbalari va havoning
tasodifiy harakatlaridan saqlash lozim. Ikkala termometr ko‗rsatkichlari asbob
o‗rnatilgach, 10-15 minutdan so‗ng amalga oshiriladi.
Nisbiy namlikni formula
bilan aniqlashdan tashqari, aspiratsion psixrometr
ko‗rsatkichlari bo‗yicha maxsus jadval yordamida ham topish mumkin
(Jadval
Dostları ilə paylaş: