Nuraliyeva xafiza otaevna



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

Jadval 11.2 
Ball 
Sezish belgilari 
Aniqlashni aks ettirish 

hech qanday 
hid sezilmaydi 

juda kuchsiz 
iste‘mol qilgan odam sezmaydi, lekin 
laboratoriyada aniqlanadi. 

Kuchsiz 
iste‘mol qilgan odam yaxshiroq 
ahamiyat bersa seziladi. 


222 

Sezilarli 
hid etarli darajada seziladi. 

yaqqol sezilarli 
hid o‗ziga jalb qila oladigan darajada. 

juda kuchli 
hid kuchli, iste‘mol qilish mumkin emas. 
 
2. Suvning tiniqligini aniqlash. Sinama suv aralashtiriladi va tubi tekis
rangsiz silindrga solinadi. Silindr tagida undagi suvni chiqarib yuboradigan 
jo‗mrak bor. Silindr tagiga 1 sonli bosmadan chiqqan 
Snellen
harflari qo‗yiladi. 
Yuqoridan qaralganda silindr tagiga qo‗yilgan harflar yaqqol ko‗ringuniga qadar 
suv jo‗mrak orqali oqizib turiladi. Silindrda to‗kilgandan qolgan suv ustuni sm 
larda o‗lchanadi. Ruxsat etilgan suvning tiniqligi 30 sm dan kam bo‗lmasligi 
kerak. 20—30 sm gacha bo‗lgan tiniqlik kuchsiz loyqa suv, 10—20 sm gacha 
juda loyqa suv hisoblanadi. 
3. Suvning rangini aniqlash. Suvning rangi teng hajmda olingan
distillangan 
suv bilan oq qog‗oz ustida taqqoslash yo‗li bilan aniqlanadi. Sinama suv 
suzgichdan o‗tkaziladi, 40 ml li rangsiz silindrga quyiladi va shu hajmdagi 
distillangan suv bilan solishtiriladi. Suvning rangi har xil sabablarga ko‗ra 
o‗zgarishi mumkin. Masalan o‗simliklarning kolloid moddalari parchalanishi 
tufayli, botqoqlik suv sarg‗ish bo‗ladi va h.k. 
Loyqa suv — loyning mayda bo‗lakchalar bilan ifloslanganidan dalolat 
beradi. Temirning kolloid birikmalari suvga yashil yoki sarg‗ish-yashil rang 
beradi. Suvda ko‗k-yashil o‗tlar bo‗lsa, uning rangi yashil tusda bo‗ladi. Suv 
rangining darajasini aniqlashda standart aralashmalar shkalasi bilan solishtiriladi 
(platina-kobalt va xrom-kobalt aralashmalari). Suvning rangi graduslarda 
ifodalanadi, bu ko‗rsatkich 20° dan oshmasligi kerak. 
Suvning rangi unda erigan va muallaq moddalarga
(kolloid temir 
birikmalari, gumus moddalar, suv o‗tlari, rangli moddalar) bog‗liq bo‗ladi. Gumus 
kislotasi va uning tuzlari miqdoriga qarab, suvning rangi sariqdan jigar ranggacha 
o‗zgarishi mumkin. Suvning rangi sifatiy va miqdoriy jixatdan aniqlanadi. Suv 
rangini sifatiy o‗rganish natijalari so‗z bilan tavsiflanadi (rangsiz, och sariq, jigar 
rang va boshqalar). Miqdoriy ravishda suvning rangi tekshirilayotgan suvni 


223 
standart eritmalar shkalasi yordamida taqqoslash yo‗li bilan aniqlanadi va ushbu 
shkalaning shartli darajalarida ifodalanadi (jadval 11.3). Suv rangi bo‗lmasa, u 
rangsiz hisoblanadi. 
Suv rangini o„rganish. Kerakli anjomlar va jixozlar: 30 ml diametrdagi va 
200 sm
3
xajmli rangsiz silindrlar, zich filtrlar, o‗lchamli pipetka, o‗lchov stakani, 
konsentratlangan sulfat kislota, №1 asosiy eritma, №2 yordamchi eritma yoki 
ularni tayyorlash uchun kerakli maxsulotlar (kaliy bixromat va kobalt sulfat) 
distillangan suv, suv namunalari.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin