Nuraliyeva xafiza otaevna


 ICHIMLIK SUVINI ZARARSIZLANTIRISH USULLARI



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

11.3. ICHIMLIK SUVINI ZARARSIZLANTIRISH USULLARI. 
Suvni ozonlash. Suvni ozon bilan zararsizlantirish gigienik nuqtai nazardan 
eng samarali, ishonchli usul hisoblanadi. Jumladan rangi tozalanadi,o‗zga hid va 
ta‘mdan xoli bo‗ladi. Shu sababli ozonlangan suvning xususiyatlari buloq suvini 
eslatadi. Ortiqcha miqdordagi ozon tez orada kislorodga parchalanib chiqib ketishi 
natijasida, suvda hech qanday yot birikmalar qolmaydi. 
Ozon bilan zararsizlantirish muddati 3—5 daqiqa bo‗lib, 0,5—0,6 mg/l 
miqdorda qo‗shilgan ozon etarli hisoblanadi. Organoleptik xususiyatlarini 
jumladan, rangini yaxshilash uchun ko‗rsatilgan miqdordan ko‗proq qo‗llash ham 
mumkin. Suvni zararsizlantirishda ozonlash usulining kam qo‗llanish sababi, 
ozonni olish uchun ko‗p elektroenergiya sarflanishidir. Lekin elektroenergiya etarli 
bo‗lgan joylarda suvni ozonlash usuli bilan zararsizlantirish tavsiya etiladi. 
Suvni kumush ioni bilan zararsizlantirish. Kumush ionining bakteriotsid 
ta‘siri shundaki, u mikroorganizmlarning protoplazmasi bilan o‗zaro aloqada 
bo‗ladi. Uning suvdagi hatto kam miqdori ham mikrobdagi fermentlarni 
parchalaydi. Suvni kumush ioni bilan boyitish bir qancha usullarda olib boriladi: 
a) kumush tuzini to‗g‗ridan-to‗g‗ri suvga kiritish usuli, 
b) kumushlangan qum suzgichdan suvni o‗tkazish usuli, 
v) elektrolitik usul. Bu usulda etarli tok kuchi belgilanib, kumush ionini 
kumushlangan anod orqali qadoqlangan miqdorda suvga tushiriladi. Tarkibida 


227 
xloridlar tutmagan toza suvning 1 litrga 0,1 dan 1,0 mg gacha kumush etarli 
hisoblanadi. Zararsizlantirish muddati 2 soat. 
Kumush ioni bilan zararsizlantirilganda suvda bakteriotsidlik xususiyati 
uzoq muddat saqlanadi. Shu sababli, bu usul suv tanqis cho‗l zonalarida, suv osti 
kemalarida uzoq vaqt yurganda va kosmonavtlarni suv bilan ta‘minlashda qo‗l 
keladi. Bunday suvni uzoq muddat iste‘mol qilganda kumushning suvdagi miqdori 
0,05 mg/l dan oshmasligi kerak. 
Suvni fizikaviy usullar bilan zararsizlantirish 
Fizikaviy usullar bilan suvni zararsizlantirishga uni qaynatish, sterilizatsiya 
qilish, ultrabinafsha nurlarini, yuqori shovqin, yuqori tok tezligi hamda gamma 
nurlarini qo‗llash kiradi. 
 Suvni qaynatish. Suvni qaynatish oddiy usul bo‗lishi bilan bir qatorda, suvni 
zararsizlantirishda juda ishonchli usul ham hisoblanadi. Patogen mikroblarning 
vegetativ formasi 80°S haroratda 20—40 daqiqa ichida o‗ladi. Shu sababli 3—5 
daqiqa qaynatilgan suv butunlay zararsizlantirilgan hisoblanadi. Suv 30 daqiqa 
muddatida qaynatilganida ko‗pchilik sporali mikroblar ham yo‗qoladi, bunda suv 
deyarli sterillangan bo‗ladi, bundan tashqari, botulizm toksini parchalanib ketadi. 
Lekin, ommaviy iste‘mol uchun suvni qaynatib etkazishga iqtisodiy imkoniyat va 
vaqt etishmasligi bois, bu usulni keng qo‗llashning iloji yo‗q. 
Markazlashgan usulda zararsizlantirilmagan suvlar qaynatish yo‗li bilan 
tozalanib, kam sonli aholi, kasalxonalar, maktablar, bolalar muassasalari, 
dorixonalar, temir yo‗l stansiyalarining ehtiyojlarini ta‘minlaydi. Ichish uchun 
mo‗ljallanib, suvni saqlaydigan idishlarning tozaligiga alohida ahamiyat berish va 
mikroblarning qaynatilgan suvda tez rivojlanishini hisobga olgan holda, uni har 
kuni yangilab turish darkor. 
Suvni sterilizatsiya qilish. Suvni sterilizatsiya qilganda uning tarkibidagi 
bakteriyalarning hamma turlari va sporalilari ham qirilib ketadi. Bu usulning katta 
kamchiliklaridan biri, bunda ko‗p miqdordagi suvni zararsizlantirib bo‗lmaydi, 
qolaversa, sterillash jarayonida suv tarkibidagi butun tuzlardan xoli bo‗ladi. Bu o‗z 


228 
yo‗lida suvning organoleptik xususiyatlariga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi, shu sababli 
sterillangan suv tibbiyot amaliyotida hamda ba‘zi bir korxonalarda ishlatiladi. 
Suvni ultrabinafsha nurlar (UBN) bilan zararsizlantirish. Ultrabinafsha 
nurlarning bakteritsidlik xususiyati tez ifodalanadi, 1—2 daqiqa nurlash natijasida 
patogen mikroblarning vegetativ shakli qirilib ketadi. Tarkibida temir tutgan, 
rangli, loyqa suvlarda ultrabinafsha nurlar ta‘sirida zararsizlantirish sust o‗tadi. 
Shuning uchun ham ultrabinafsha nurlar ta‘sirida suvni zararsizlantirishdan oldin 
uni rangsizlantirish, temir va uning tuzlaridan hamda loyqalardan bartaraf etish 
muhim ahamiyatga ega. 
Ultrabinafsha nurlar ta‘sirida suvni zararsizlantirishning xlorlashga nisbatan 
bir qancha afzalliklari bor. Bakteritsid xususiyatga ega nurlar suvning tarkibida 
bo‗lgan oqsil birikmalarini denaturatsiyaga uchratadi. Suvning organoleptik 
xususiyati o‗zgarmaydi, bundan tashqari, keng spektrli antibiotik ta‘sirga ega. 
Ultrabinafsha nurlar xlorga chidamli mikroblarga, viruslarga, gijja tuxumlariga 
halokatli ta‘sir ko‗rsatadi. 
Hozirgi kunda ko‗p miqdorli bakteritsid ta‘sirga ega bo‗lgan nur chiqaruvchi 
simob-argonli lampa sanoat usulida chiqarilmoqda. 
Suvni kuchli shovqin bilan zararsizlantirish. Kuchli shovqin chiqaradigan 
moslama lampali generatordan iborat bo‗lib, o‗zidan yuqori tezlik bilan tebranish 
natijasida, elektrik tebranishni mexanik tebranishga o‗tkazib boradi. Bunda 
suvning rangi, tarkibidagi quyqalarning miqdoriga qaramasdan, bakteriyalarning 
ko‗pchilik qismi 5 sekund ichida qirilib ketadi. Bu usul epidemiologik jihatdan 
yaxshi natija bersa ham, suvdagi birikmalarning organoleptik ko‗rsatkichlari 
bo‗yicha ichib bo‗lmaydigan darajada bo‗lishi mumkin, bundan tashqari, bu 
usuldan foydalanish uchun lampali generator kerak. Shu sababli bu usul texnologik 
jarayon uchun mikrobsiz suv ishlatish zarur bo‗lgan korxonalarda qo‗llanadi. 
Suvni yuqori kuchlanishli tok bilan zararsizlantirish. Yuqori kuchlanishli tok 
kuchini qo‗llash bilan suv tarkibidagi mikroblar har xil qoldiqlar miqdoriga 
qaramasdan, qisqa muddatda zararsizlantiriladi. Bunda suvning organoleptik 


229 
xususiyatlari o‗zgarmaydi, lekin bu usulni qo‗llash uchun maxsus yuqori 
kuchlanishli tok beruvchi generator hamda elektroenergiya bo‗lishi kerak. 
Suvni gamma nurlar ta‟sirida zararsizlantirish. Bunda suvning organoleptik 
xususiyatlari o‗zgarmaydi. Lekin bu usulda suvni zararsizlantirish hozirgi kunda 
keng qo‗llanilmaydi. 
Degazatsiya, temirdan, tuzlardan hamda ortiqcha ftordan xoli qilish, suvni 
yumshatish va ftorlash. 
Degazatsiya— suvning ta‘mini yaxshilash, qo‗lansa hidni yo‗qotish 
demakdir. Suvni aeratsiya qilish, oksidlovchi birikmalarni (ozonlash, katta 
miqdorlardagi xlor, marganets, kaliy tuzini qo‗llash) hamda faollashtirilgan qavatli 
ko‗mir va adsorbsiyalaydigan suzgichlardan o‗tkazish orqali qo‗lansa hidni 
yo‗qotish bilan birga ta‘mini ham yaxshilash mumkin. Bundan tashqari suvga 
cho‗kadigan darajada maydalangan faollashtirilgan ko‗mir qo‗shib ham tozalash 
mumkin. Keltirilgan usullarni qo‗llashda adsorbentlarning turini, miqdorini, 
muddatini aniqlash suvga ta‘m va hid beruvchi birikmalarning tarkibiga bog‗liq. 
Agar suv tarkibida temir miqdori 0,5; 1 mg/l dan oshsa, uning ta‘mi 
yoqimsiz bo‗ladi. Markaziy vodoprovod suvi tarkibidagi temirning miqdori davlat 
tomonidan ruxsat etilgan me‘yor —0,3 mg/l dan oshmasligi kerak. 
Suvni temir birikmalaridan xoli qilish. Bunda suvni aeratsiya qilish 
maqsadida bosim bilan yuqoriga suv sochiladi va maxsus moslamalarda — sho‗r 
suvni qaynatib, tuz oladigan joyda temir ajratiladi. Bu usulda moslamalardan o‗tish 
jarayonida ikki valentli oksidlantirilgan temir, temir oksidiga aylanib cho‗kma 
beradi yoki suzgichda ushlanib qoladi. 
Suvni ortiqcha tuzlardan xoli qilishda oldin kationit, keyin anionit 
suzgichlaridan o‗tkazilib, erigan holdagi tuzlar yo‗qotiladi. 
Olingan suvlarda qoldiq mineral tuzlarning miqdori 100—200 mg/l dan 
oshmasligi kerak. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin