Nuraliyeva xafiza otaevna



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

Dastlabki tayyorgarlik – bu sifatli tozalangan suvni olish uchun qilinadigan 
jarayonlar majmuidir. Normativ talablarga mos keladigan suvni olish bu so‗nggi 
bosqich sanaladi.
Filtrlash. Suvni qayta ishlash sistemasida filtratsiya texnologiyasi muhim rol 
o‗ynaydi. Turli usullarda qo‗llash uchun filtrlash qurilmalarining juda ko‗p turlari 
ishlab chiqarilmoqda. Qismlarni g‗alvirdan o‗tkazish darajasiga ko‗ra ular bir –
biridan tubdan farq qiladi. Yirik donalarni (antratsit donachalari, kvars, qum) 
filtrlovchi va mayda donachalarni filtrlovchi membran filtrlar. Qurilma va 


232 
sistemalarning o‗zaro joylashishi texnologik jarayonda filtrlash uskunalarining 
qo‗llanish joyi va turiga ko‗ra o‗zgaradi. 
Zamonaviy filtrlash sistemasi 3 va 5 siklli ish rejimiga ega, ya‘ni ular 
avtomatik ravishda (nazorat dasturi asosida) ishlashga va qo‗lda boshqarishga 
moslangan. Texnologik ish rejimida filtrlash qurilmasi quyidagilarni bajaradi:
suvni tozalangan holda olish, filtr oraliqni to‗g‗ri va qayta tozalash. Bu rejimdan
regeneratsiya talab qilmaydigan (ko‗p qavatli filtrlar, temirsizlantiruvchi filtrlar, 
aktivlashtirishgan ko‗mirli filtrlar) sepuvchi qurilmada foydalaniladi. Ishning besh 
siklli rejimida suvni toza holda olish, qayta tozalash, regeneratsiya, sekin tozalash, 
tez tozalash va tuz bakani to‗ldirish nazarda tutiladi. Ushbu rejim filtrlash muhiti ( 
margansovkali seolit asosida temirsizlantirilgan filtrlar, yumshatish filtrlari) da 
regeneratsiya o‗tkazilishi zarur bo‗lgan filtrlash qurilmalari uchun foydalaniladi. 
Ko‗p qavatli filtrlardan foydalanish suvni dastlabki tayyorlashning boshlang‗ich 
bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ulardan foydalanish suvning yuqori darajadagi 
loyqalanganligi va uning tarkibida mexanik kolloid qismlarining yuqori darajada 
mavjudligida maqsadga muvofiqdir. Ko‗p qavatli filtrlarni ishlatishda suvni 
filtrlashning minimal tezligi - 5-10m/s, qayta tozalashning yuqori tezligi soatiga 
35-40 m bo‗lishini ta‘minlash zarur. Bundan ko‗rinadiki, filtratsiya va qayta 
tozalashda zarur bo‗lgan tezlikni ta‘minlash uchun nasosni to‗g‗ri tanlay bilish 
muhim kriteriya hisoblanadi. Birm filtrlash muhiti va margansovkali seolit asosida 
temirsizlantiruvchi filtrlar suvning tarkibidagi temir va marganets aralashmalarini 
yo‗qotish uchun qo‗llaniladi. Bundan tashqari, margansovkali seolit yordamida 
suvda erigan vodorod sulfidi yo‗qotiladi. Filtrlash muhiti ustida kimyoviy katalitik 
oksidlanish protsesslari natijasida erigan temir va marganets erimaydigan holat 
(gidrooksid)ga o‗tadi va engil cho‗kma ko‗rinishida qayta tozalash yo‗li bilan 
filtrdan chiqariladi.
Suvni yumshatish. Suvni yumshatish ion almashishidagi tez-tez uchraydigan 
tasodifiy hol sanaladi. Suvni yumshatishda suvning qattiqligini pasaytirish uchun 
magniy va kalsiydek kationlar yo‗qotiladi. Yumshatish suvni ion almashuvchi va 
qayta so‗riluvchi membranaga tozalashga berishdan oldin ionlar tarkibini sezilarli 


233 
pasaytirishga imkon beradi. Ko‗pgina hollarda qattiq tuzlar kationlarining natriy 
kationlariga almashishi sodir bo‗ladigan kationitlar bilan to‗ldirilgan avtomatik 
kolonka – yumshatuvchilardan foydalaniladi. Farmatsevtik korxonalarda doimiy 
ravishda yumshatilgan suv olish uchun smolaning ion almashish regeneratsiyasi 
galma-gal bo‗ladigan dupleks qurilmalardan foydalaniladi. Smolaning almashinish 
sig‗imini pasaytirish uchun uning natriy xlorid bilan eritmasi yordamida davriy 
avtomatik tarzda yoki qo‗l yordamida regeneratsiya o‗tkaziladi. Suv tayyorlash 
sistemasida ko‗proq quyidagi 3 holatda yumshatishdan foydalaniladi: qayta 
so‗rilish va distillyasiya oldidan; ion almashish qurilmasining regeneratsiyasi 
uchun foydalanishda ishlatiladigan suvni olishda; Faqat yumshatilgan suv etarlicha 
olinadigan hollarda (avtoklavka, yuvish joylarida va b. suvdan foydalanishda). 
Yumshatuvchilar distilyatorning ichki yuzasi va qayta so‗rilish membranasida 
erimaydigan cho‗kmalarni hosil bo‗lish potensial imkoniyatlarini pasaytirgan 
holda asos suvdagi polivalent ionlarni yo‗qotadi. Shuningdek, yumshatishda qattiq 
tuzlar bilan birga bariy, alyuminiy, stronniy kabi foydali ionlarni ham yo‗qotishi 
mumkin. Yumshatish sistemasini ishlatishda filtratsiya tezligini noto‗g‗ri tanlash, 
smolaning organik mikrobiologik iflaslanishi, qurilmani ishlatish va saqlash 
qoidalariga rioya qilmaslik sababli smola elementlarining yorilishi, regeneratsiyada 
tuzli eritma bilan ifloslanish sababli kanallar paydo bo‗lish xavfi qiyinchiliklar 
keltirib chiqaradi. Chastotani (regeneratsiya oraliq davri 24 soatdan kam 
bo‗lmasligi) va yumshatuvchining ion almashish regeneratsiyasining davomiyligini 
to‗g‗ri tanlash zarur. Suvning qattiqligi monitoringgini olib borish, ya‘ni, 
smolaning ajratilgan zarrachalarini yo‗qotish uchun filtratsiyadan o‗tkazish, 
yumshatish filtrini, tuz baki va b. ni natriy gipoxlorit bilan sanitar qayta tozalash 
(yiliga 1 marta) zarur.
Elektrodionlash ion almashinishning turlaridan biri hisoblanadi. 
Elektrodionlash sistemasi to‗xtovsiz oqim (maxsulot va konsentrlangan 
chiqindilar)ni va to‗xtovsiz regeneratsiyani ta‘minlash uchun tanlab o‗tkazuvchi 
membrana va elektr zaryadli smola kombinatsiyasidan foydalanadi. Uzatilgan suv 
uch oqimga taqsimlanadi. Oqimning bir qismi elektrod kanali orqali o‗tadi, qolgan 


234 
ikki qismi anion va membranalar orasida aralashgan smola qatlamlarini o‗zida 
mujassamlashtirgan tozalash va konsentrlash kanaliga tushadi. Ion almashtirgich 
smolalarning aralashgan qatlamlari erigan ionlarni ushlab qoladi. Elektr toki 
qamrab olingan kationlarni o‗tkazuvchan membrana kationi orqali katodga, 
anionlar esa o‗tkazuvchan membrana anionlari orqali anodga yo‗naltiradi. Ion 
almashtirgich smolalar membrananing ikki tomonidan membrana orqali kation va 
anionlarni o‗tkazishni kuchaytiradi. O‗tkazuvchan membrana kationi anionlarning 
anodga kelishini, o‗tkazuvchan membrana anionlari esa kationlarning katodga 
kelishini to‗xtatadi. Bu bo‗lmada ionlar yuvilib, oqib ketib konsentratsiyalashadi 
va natijada yuqori sifatli tozalangan suv olinadi. Tozalash kanali (smola 
seksiyasi)da gidroksid va vodorod ionlari elektr potensiyali smolaning to‗xtovsiz 
regeneratsiyasini amalga oshirishga imkon beradi. Elektrodionlash jarayoni 
yordamida mineral moddalarni yo‗qotish mumkin. Bu usulning samarasi 
aralashmalarning boshlang‗ich tarkibiga, sistemaga uzatilgan suv oqimining 
tezligiga va suv tayyorlashning oldingi bosqichlariga bog‗liq bo‗ladi. 
Elektrodionlash usulini qayta so‗rilish usuli bilan birgalikda olib borish maqsadga 
muvofiqdir.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin