230
11.4. FARMATSEVTIK MAQSADDA QO‘LLANILADIGAN SUVGA
QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
Suvning tayyorlanishi. Sanoatning elektron, kimyo, farmatsevtika va boshqa
sohalarida ko‗pgina texnologik jarayonlarda yuqori
darajada toza hisoblangan
suvdan foydalaniladi. Suvning o‗ta toza bo‗lishi va uni olishning maxsus
texnologiyasi dori vositalarini ishlab chiqarishda (in‘eksiya uchun suv va
tozalangan suv) zarurdir. Tozalangan suvdan turli maqsadlarda foydalanilsada,
ammo uni olishning usullari bir xil tartibga asoslanadi. Bunda farmatsevtik
maqsadlarda ishlatiladigan toza suvni olish tartibi namuna qilib belgilangan.
Farmatsevtik maqsadlarda ishlatiladigan suv. Farmatsevtik maqsadlarda
ishlatiladigan suv dori vositalarining xavfsizligini ta‘minlaydigan muhim
elementlarga kiradi. Uning sifati Davlat Farmakopiyasiga kiritilgan Farmakopiy
modda (FS) bilan qat‘iy belgilangan. FS 42-2619-97 ― Tozalangan suv‖ va FS 42-
2619-97 ― In‘eksiya uchun suv‖.
Tozalangan
suvdan
quyidagilarda
foydalaniladi:
in‘eksiya uchun
ishlatilmaydigan dorivor vositalarni tayyorlashda; bug‗
hosil qilishda; sanitar
ishlovda; idishlarni yuvishda; laboratoriya amaliyotida va hokazolarda. In‘eksiya
uchun suv tayyorlashda tozalangan suv asos suv hisoblanadi. FS 42-2619-97 ga
binoan tozalangan suvni distillyasiya yo‗li bilan, ion almashinishi yo‗li bilan, qayta
so‗rilish yoki shu usullarning kombinatsiyasi yo‗li bilan va boshqa usullar bilan
olinadi. Tozalangan suv ion, organik, kimyoviy va
mikrobiologik jihatdan toza
bo‗lishi zarur.
In‘eksiya uchun suvdan steril dorivor vositalarni tayyorlashda va ular
joylanadigan idishlar (upakovka) larni yuvishda (yuqori darajada chayishni istisno
qilgan holda) foydalaniladi. Farmatsevtik maqsadlarda foydalaniladigan suv tabiiy
ichimlik suvidan olinar ekan, uni albatta har xil aralashma va cho‗kindilardan
tozalash kerak. Tabiiy suv tarkibida har xil aralashmalar bo‗lishi mumkin: mexanik
zarralar
(erimaydigan
organik
va
noorganik
aralashmalar),
eriydigan
moddalar(noorganik tuzlar, kalsiy, magniy, natriy, xlor ionlari, oltingugurt, ko‗mir
kislotalari va boshqalar); kimyoviy faol bo‗lmagan eriydigan gazlar (kislorod,
231
azot); kimyoviy faol bo‗lgan eriydigan gazlar (uglerod dioksidi, ammiak);
mikroorganizmlar (jumladan, ko‗z ilg‗aydiganlar, mog‗or zamburug‗lari, suv
o‗tlari
va
sistalar
va
h);
bakteriyali
endotoksinlar
(grammanfiy
mikroorganizmlarning hujayra devorlaridagi lipopolisaxaridlar); organik moddalar
(tabiiy organik moddalar – gumin kislota va b. hamda ifloslantiruvchi organik
moddalar –
sanoat chiqindilari, o‗g‗itlar, pestitsitlar va b. ); kolloidlar; qolgan
dezinfiksiyalovchi moddalar (xlor, xlor kislotasi, gipoxlorit – ion, xloraminlar va
boshqalar). Asos suv ―Ichimlik suvi‖
O‗zbekiston Rtspublikasi Sog‘liqni
saqlash
vazirligining 951-2011 Davlat Standart «Ichimlik suvi sifatiga bo‗lgan gigiyenik
talablar va uning nazorati» qoidalariga
muvofiq ichimlik suvi talablariga javob
berishi shart. Asos suvning sifati,
uning kimyoviy tarkibi, undagi mavjud
aralashmalardan qat‘iy nazar texnologik sxema bo‗yicha suvni tozalangan holda
olishda filtratsiya, yumshatish,
ion almashish, qayta so‗riltirish va h. kabi bir
necha bosqichlardan iborat suvni dastlabki tayyorlash jarayoni katta ahamiyatga
ega.
Suvni tozalangan holda olish. Dastlabki tayyorgarlik va olish. Suvni
tozalangan holda olishning texnologik sxemasini tanlashda quyidagilarga
asoslaniladi: asos suv (berilgan suv)ning sifatiga; suv olishning yakuniy bosqichini
tanlashga; Farmakopey qoidalarining suvga qo‗yilgan
talablariga; asos suvning
sifatiga bo‗lgan talablarga; tarkibi normativ hujjatlarda belgilanganidek yoki
farmakologik mahsulotni ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan tartibda
aralashmalarni yo‗qotishga yo‗naltirilgan dastlabki tozalash bosqichlariga.
Dostları ilə paylaş: