Nuraliyeva xafiza otaevna


  BOLALAR VA O‘SMIRLARGA TIBBIY YORDAM



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

12.3. 
BOLALAR VA O‘SMIRLARGA TIBBIY YORDAM 
KO‘RSATISHNI TASHKIL QILISH.
 
Bolalar sog‗ligini va jismoniy jihatdan qanday rivojlanayotganini pediatr 
vrach muntazam kuzatib boradi va bu ishga boshqa mutaxasis vrachlar: ftiziatrlar, 
revmatologlar, ko‗z, lor vrachlari, fizioterapevtlar, jarrohlar, sanitariya vrachlari 
va epidemiologlarni jalb qiladi. Pediatr vrachlar, ya‘ni maktab vrachlari 
maktabgacha bolalar muassasalari vrachlari bolalar poliklinikasi hisobida turadilar. 
Qishloq joylarida bolalar va o‗smirlar muassasalariga qishloq kasalxonasi vrachlari 
va hamshiralari, feldsher-akusherlik 
punktlari 
tibbiy 
xodimlari 
xizmat 
ko‗rsatadilar. 
Pediatr vrachlarning asosiy vazifalari: 


249 
- bolalar sog‗ligini va jismoniy rivojlanishini muntazam kuzatib borish; 
- bolalar o‗rtasida turli kasalliklar, jumladan yuqumli kasalliklarni oldini olish 
va erta aniqlash; 
- taomnoma tuzishda qatnashish, ovqatning sifati va ovqatlanishning qanday 
tashkil etilishida qo‗shimcha vitamin S berilishini nazorat qilish, vaqti – vaqti bilan 
bir haftalik taomnomadagi oqsil, yog‗, uglevodlarning miqdorini aniqlash uchun 
joylardagi sanitariya epidemiologiya nazorati laboratoriyasi bergan natijalar bilan 
solishtirish va olingan natijalar bo‗yicha fikr bildirish; 
- jismoniy tarbiya va mehnat tarbiyasi, kun tartibining tashkil etilishi va unga 
rioya qilish, jumladan o‗quv mashg‗ulotlari ustidan nazorat o‗tkazish; 
- bolalar muassasalarida tegishli sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaratilishini, 
bolalarda madaniy gigiyena malakalarini tarbiyalashni nazorat qilish va bu ishlarga 
rahbarlik qilish; 
- bolalar salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash, bolalar gigiyenasi 
bo‗yicha bilimini oshirish ishlariga tarbiyachilar, o‗quvchilar, ota-onalar, jamoat 
vakillarini jalb qilish. 
Maktab tibbiy xodimlari faoliyatining hajmi va xususiyatlari ― Umumta‘lim 
maktablaridagi tibbiyot xodimlarining ishi to‗g‗risida tavsiyanoma‖ da belgilanlan. 
Bunga ko‗ra 2500 o‗quvchiga bitta pediatr lavozimi, 700 ta o‗quvchiga bitta 
hamshira yoki feldsher lavozimi belgilanadi. 
O‗quvchining asosiy tibbiy xujjati 026/U raqamli «Bolalarning tibbiyot 
varaqasi» bo‗lib, bunga bolalarning salomatligi, jismoniy rivojlanishi, boshdan 
kechirilgan kasalliklari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar yozib boriladi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin