Bolalar va o‘smirlar salomatlik holatini baholash
Hozirgi kunda bolalar va o‗smirlar salomatlik holatini baholash
S.M.Grombax tomonidan tavsiya etilgan 4 ta mezon asosida olib borildi:
1. Tekshiruv davrida surunkali kasalliklarning borligi yoki yo‗qligi.
2. Organizm asosiy tizimlarining funksional holati erishgan darajasi.
3. Organizmning noxush ta‘sirlariga qarshilik ko‗rsatish darajasi.
4. Erishilgan jismoniy rivojlanish darajasi va uning uyg‗unligi.
250
Taklif etilgan sxemaga muvofiq, bolalar va o‗smirlar salomatlik holati
hisobga olinib, beshta salomatlik guruhiga bo‗linadi:
Birinchi guruh - sog‗lom bolalar, bular surunkali kasalliklarga chalinmagan,
o‗z yoshiga mos ravishda uyg‗un jismoniy rivojlanishga va me‘yoriy funksional
ko‗rsatkichlariga ega bo‗lgan bolalar.
Ikkinchi guruh - amaliy sog‗lom bolalar, lekin morfologik yoki funksional
siljishlariga ega, tez-tez kasal bo‗ladigan bolalar. Bu guruhga engil miopsiyasi
bo‗lgan, qomatning tuzilishida nuqsonlari, yassi tovonlik bilan og‗rigan va h.k
bolalar kiritiladi.
Uchinchi guruh - kompensatsiya davridagi surunkali kasalliklarga chalingan
bolalar (surunkali tonzillit, revmatizimning noaktiv davri va h.k), organizm ish
faoliyatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadigan tug‗ma yoki orttirilgan jismoniy nuqsonlari
bor bo‗lgan bolalar.
To„rtinchi guruh - subkompensatsiya davridagi surunkali kasalliklarga
chalingan bolalar. Bu guruhga kiritilgan bolalar tashkillashtirilgan bolalar
muassasalariga borishadi.
Beshinchi guruh - dekompensatsiya davridagi og‗ir surunkali kasalliklarga
chalingan kam harakat, nogiron bolalar. Bu guruhga kiritlgan bolalar o‗quv-tarbiya
muassasalariga qatnash imkoniyatiga ega emaslar.
U.A.Karimov (1994) O‗zbekiston miqyosida, kichik yoshdagi bolalarni
salomatlik guruhlariga taqsimlashda 2-guruhni alohida uchta guruhlarga bo‗lishni
amaliyotga tavsiya qiladi:
1. 2-A guruh ayrim a‘zo va tizimlarni hamda butun organizm ish faoliyatini
me‘yorda kechishiga halaqit bermaydigan ayrim morfologik nuqsonlarga ega
bo‗lgan bolalar.
2. 2-B guruh kasalliklarni rivojlanishiga imkon beradigan turli xil ijtimoiy
gigiyenik va boshqa tavsifdagi salbiy omillarga ega bo‗lgan bolalar.
3. 2-V guruh tez-tez kasal bo‗ladigan bolalar.
251
Atrof-muhitning turli xil omillari bolalar salomatligiga ta‘sir ko‗rsatadi,
shulardan ko‗pchiligiga xavf tug‗diruvchi omillar hisoblanib, ular bolalar
organizmiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Bolalar salomatlik holatiga ta‘sir etuvchi muhim omillar uch guruhga
bo‗linadi:
-turmush tarzi;
-atrof-muhit holati;
-biologik.
Ijtimoiy va atrof-muhit omillari biologik (shu jumladan, nasliy) omillar bilan
birgalikda ta‘sir ko‗rsatadi. Bu odam kasallanishining atrof-muhit omillariga,
shuningdek o‗sish va rivojlanishning biologik qonunlari va genotipiga uzviy
bog‗liqligini yana bir bor ko‗rsatadi.
Butun jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti (BJSST) ma‘lumotlariga ko‗ra inson
salomatligining shakllanishida ijtimoiy omillarning ta‘siri 50%ni, biologik omillar-
taxminan 20%, antropogen omillar-taxminan 20%, tibbiyot ta‘minlanganlik-10%
ni tashkil etadi. Biroq bu ko‗rsatkichlar shartli, o‗rtacha hisoblanib, o‗sish va
rivojlanishning
yosh
xususiyatlarini
alohida
davrda
patologiyalarning
tarqalganligini va xavf tug‗diruvchi omillar ta‘sirini hisobga olmaydi. Atrof-
muhitning xavf tug‗diruvchi omillarining ta‘sir kuchi turli yosh va jinsda turlicha
bo‗ladi.
Bu yoshgacha bo‗lgan bolalarning salomatlik holatiga ta‘sir etuvchi ijtimoiy
omillar orasida oila tarkibi va ota-onaning bilimdonligi katta ahamiyatga ega
bo‗lsa, 1-4 yoshda bu omillarning ta‘siri kamayadi, biroq hal qiluvchi ahamiyatga
ega bo‗ladi. Lekin bu yashash sharoiti va oila daromadi, uyda parranda va uy
hayvonlarining boqilishi, shuningdek, oila a‘zolarining chekishi katta o‗rin tutadi.
Bolaning maktabgacha bolalar muassasalariga (MBM) qatnashi 1-4 yoshda muhim
ahamiyat kasb etadi. 7-10 yoshda oila daromadi, yashash sharoiti, hayvonlarning
boqilishi va chekish bolalar salomatligi shakllanishida katta ta‘sir ko‗rsatadi.
252
Shunday qilib, o‗suvchi organizm salomatlik holatiga va rivojlanishiga ta‘sir
etuvchi ijtimoiy-gigienik omillarni shartli ravishda muqobil (ijobiy) va nomuqobil
(salbiy) guruhlariga ajratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |