248
Oyoq shaklini aniqlash uchun tekshiriluvchi tovonni birlashtirgan holda
to‗g‗ri turishi kerak. Oyoqlar to‗g‗ri rivojlanganida tizza bo‗g‗imida birlashib
turadi. «0» shaklidagi holatda esa tizzalar birlashmaydi. «X» shaklidagi holatida
bir oyoqning tizzasi ikkinchisining ustiga chiqib turadi.
Teri ostidagi yog‗ qatlamining yig‗ilishiga qarab, bolaning to‗laligiga baho
berish mumkin. Yog‗ qatlamining rivojlanganligi suyak sathiga hamda yog‗
qatlami qalinligiga qarab aniqlanadi. Kam miqdorda yog‗ qatlami bo‗lsa (1
darajali), bunda bilak va qovurg‗a suyaklarning qirralar aniq ifodalanadi, qorin
tortilgan, teri ostidagi yog‗ qatlami juda yupqa, go‗yo teri ostida yog‗ qatlami
yo‗qdek.
Suyaklar sathi silliqlashgan bo‗lasa, teri ostida ozroq yog‗ qatlami borligi
sezilsa, oragnizmda yog‗ning yig‗ilishi o‗rtacha hisoblanadi. Yog‗ miqdori ko‗p
bo‗lganda suyak sathi sezilarli darajada silliqlashgan, tana ko‗rinishi dumaloq,
yog‗ qatlami rivojlangan bo‗ladi.
Teri ostidagi yog‗ qatlamini qo‗l bilan hamda suriluvchi pargar bilan ham
aniqlasa bo‗ladi. Yog‗ qatlamini qorin bo‗shlig‗ining chekkalaridan kindik
bo‗ylab, ko‗krak bezidan 2-3 sm pastdan hamda ko‗krak tagidan aniqlanadi. Yog‗
qatlamining rivojlanishiga baho berishda bolaning yoshini, jinsini hisobga olish
zarur.
Dostları ilə paylaş: