245
arifmetik ko‗rsatkich aniqlanadi. Chuqur nafas chiqarilgandagi ko‗rsatkichning
farqi ko‗krak qafasining ekskursiyasi hisoblanadi.
Ko‗krak qafasining tinch holdagi ko‗rsatkichi chuqur nafas chiqargandagiga
nisbatan 1-2 sm ko‗p, chuqur nafas olgandagi ko‗rsatkichga nisbatan esa deyarli
shuncha kamdir. Shunga ko‗ra to‗g‗ri ma‘lumot olish mumkin.
Yangi tug‗ilgan bolaning ko‗krak aylanasi esa 33-34 sm ga teng. 6 oylik
bolaning ko‗krak aylanasi 45 sm ga teng bo‗ladi. agar bola 6 oylikdan kichik
bo‗lsa, har etishmagan oyiga ko‗krak aylanasidan 2 sm chiqarib tashlanadi, agar
bola 6 oylikdan katta bo‗lsa ko‗krak aylanasiga 0.5 sm dan 1 yoshgacha qo‗shiladi.
1 yoshli bolaning ko‗krak aylanasi 48 sm ga teng, 10 yoshgacha har yiliga 1,5 sm
dan qo‗shiladi va 63 sm ga teng bo‗ladi, 10 yoshdan 15 yoshgacha yiliga 3 sm dan
qo‗shilib, 15 yoshda 78 sm ga teng.
Dostları ilə paylaş: