242
Bolalarning taraqqiyot davri N.P.Gundobin
tomonidan tavsiya qilingan
bo‗lib, unga N.I.Krasnogorskiy ba‘zi bir o‗zgarishlarni kiritgan. Bolalar va
o‗smirlar yosh guruhlari quyidagicha tavsiya qilingan:
1. Yangi go‗daklik davr (1 – 10 kungacha)
2. Emizikli yoki chaqaloqlik davri ( 11 kundan 1 yoshgacha)
3. Dastlabki bolalik davri ( 1 – 3 yoshgacha)
4. Birlamchi bolalik davri (4 yoshdan -7 yoshgacha)
5. Ikkilamchi bolalik davri: (7 – 11
yoshgacha qiz bolalar,7 – 12 yoshgacha
o‗g‗il bolalar)
6. O‗smirlik davri (12 - 15 yoshgacha qiz bolalar, 13 – 16 yoshgacha o‗g‗il
bolalar).
7. O‗spirinlik davri (16 – 20 yoshgacha)
12.2. JISMONIY RIVOJLANISH SALOMATLIK KO‘RSATKICHI
SIFATIDA.
Aholi salomatligiga baho beruvchi ko‗rsatkichlardan
biri bu bolalar va
o‗smirlarning jismoniy rivojlanish ko‗rsatkichidir. Bundan tashqari jismoniy
rivojlanish ko‗rsatkichi bolalarning salomatlik darajasini, tashqi muhit sharoitining
bolalar salomatligiga ijobiy yoki salbiy ta‘sirini aniqlab beradi.
Jismoniy
rivojlanishni baholashni tibbiy ko‗rik o‗tkazish bilan olib borish kerak.
Bolalar va o‗smirlarning bolalik davrining turli bosqichlariga qarab quyidagi
muddatlarda tibbiy ko‗riklardan o‗tkaziladi.
1. Chaqaloqlar har oyda bir marta
2. Ilk bolalik davrida har 3 oyda bir marta
3. Maktabgacha yoshda har 3 – 6 oyda bir marta
4. Maktab yoshi davrida bir yilda bir marta
Tibbiy ko‗rikdan o‗tkazib, har bir shahsning jismoniy rivojlanishiga baho
berishda shu mintaqa uchun aniqlangan standartdan foydalaniladi.
Bunda shahsiy
antropometrik ko‗rsatkichlarni standart bilan taqqoslab, bolalar va o‗smirlarning
jismoniy rivojlanishiga baho beriladi. Ijtimoiy turmushning o‗zgarib turishi tufayli,
243
bolalar va o‗smirlarning jismoniy rivojlanishini ifodalovchi
standart vaqti-vaqti
bilan dinamikada qayta aniqlab turiladi.
Jismoniy rivojlanishni o„rganishda ko„pincha quyidagi antropometrik usullar
ishlatiladi.
1. Somatometrik belgilari: bo‗yi ( o‗tirganda, turganda), og‗irligi, ko‗krak va
bosh aylanasi.
2. Fiziometrik belgilari: o‗pkalarni hayotiy sig‗imi, qo‗l
va bel
mushaklarining kuchi.
3. Samotoskopik belgilari: umurtqa pog‗onasining holati, ko‗krak qafasi,
oyoq mushaklarining rivojlanishi, teri ostidagi yog‗
qatlamlarining miqdori, yassi
tovonlik, jinsiy etilish holati va boshqalar.
Antropometrik ko‗rsatkichlarni aniqlash kunning birinchi yarmida, asboblar
yordamida yorug‗ xonalarda, qulay mikroiqlim sharoitida bolani yalang‗och qilgan
holda o‗tkazish kerak.
Dostları ilə paylaş: