241
bo‗yi 25 sm ga, 2-yili esa 10-15 sm ga, 3-yil 4-5 sm ga ortib boradi. Vazni shunga
yarasha 1 yili 6-7 kg, 2-yili 2-3 kg, 3-yili 1,5-2 kg ga ortadi. Ko‗krak qafasining
aylanasining o‗zarishi 1 yoshgacha har oyda 1 sm qo‗shilib boradi, keyinchalik esa
nisbatan kamayib boradi. Suyaklarning o‗sishi hujayralar, suyak ko‗migi va
suyakdagi qon tomirlarini o‗rab turgan to‗qima hujayralariga bog‗liq. Suyaklarning
shakllanishi 12-13 yoshda tugallanadi. Chaqoloqning bosh miya vazni 1 yoshgacha
350-400 g gacha o‗zgaradi. 1 yoshga to‗lganda bosh miya vazni 2-2,5 marta, 3
yoshga to‗lganda esa 3 marta ortadi, ya‘ni o‗rtacha miya og‗irligi 1000 g ni tashkil
qiladi. 7 yoshligida 1250 g ga teng. 7 yoshdan keyin miya vazni kamayib boradi.
Katta yoshdagilarning miya og‗irligi 1400 g ga teng. YUrak urushi 1- oylikda 120-
140 ta, 1 yoshda 110-120 ta , 3-4 yoshda 100-110 ta. Nafas olishi: yangi
chaqoloqlarda 40-60 marta, 1 yoshda 30-35 marta, 2-3 yoshda 25-30 marta.
2 – qonun. O‗sish va rivojlanish bir xil darajada kechmaydi va har bir
yoshga o‗ziga xos antomo-fiziologik xususiyatlari bilan kechadi. Misol tariqasida
yurak tomir sistemasi rivojlanishini ko‗radigan bo‗lsak, uning o‗zi bir necha davrni
ajratish mumkin. Birinchidan, tug‗ilgan vaqtda 2 yoshgacha yurak tez o‗sadi,
yurakning morfologik tuzilishi kam o‗zgaradi. Ikkinchidan, 2 yoshdan 6 yoshgacha
bo‗lgan davrda o‗sish va rivojlanish jarayoni kamayadi. Uchinchidan, 7 yoshdan
10 yoshgacha yurak sig‗imi va hajmi asta-sekin kattalashadi, 11-13 yoshda yurak
kuchli o‗sa boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: