Jadval 12.1
Bolalar va o‘smirlar salomatlik holatiga ta’sir etuvchi ijtimoiy gigiyenik
omillar
Ijobiy
(sog‘lomlashtiruvchi)
Salbiy
(xavf tug‘diruvchi)
1. Atrof-muhitning gigienik
me‘yorlariga mosligi.
2. Optimal harakat tartibi.
3. Chiniqtirish.
4. Mutanosib ovqatlanish.
5. Oqilona tuzilgan kun tartibi.
6. Sog‗lom turmush tarzi.
1. Atrof muhit omillarining va yashash
sharoitining gigiyenik me‘yorlariga
javob bermasligi.
2. Harakat faolligining oshib yoki
kamayib ketishi.
3. Kun tartibi va o‗quv-tarbiya
jarayonining buzulishi.
4. Ovqatlanishni tashkillashtirishdagi
kamchiliklar.
5. Sog‗lom turmush tarzini olib
borishda gigiyenik ko‗nikmalarning
etishmasligi.
6. Oila va jamoadagi noqulay
psixologik muhit.
Barcha yosh guruhlarida bolalarning salomatligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatuvchi
biologik omillar orasida onaning homiladorlik davrida kasallanishi, homiladorlik
va tug‗ruqlarning asoratli kechishi katta ta‘sir ko‗rsatadi.
12.4.TURLI YOSHDAGI BOLALAR KUN TARTIBINING
GIGIYENIK ASOSLARI
To‗g‗ri tuzilgan kun tartibi asosida shartli refleks faoliyati yotadi. Asab
tizimining takomillashib borishi, uyg‗oqlik paytining uzayishi va tashqi olam bilan
253
bo‗lgan aloqa kengayib borishi mobaynida bolalarning faoliyati o‗zgarib,
shakllanib boradi.
O‗z zamonida Abu Ali ibn Sino kun tartibining bolalar rivojlanishi va
salomatligiga ta‘sirini, bunda asab sistemasi katta ahamyat kasb etishini aytib
o‗tgan edi. Keyinchalik I.P.Pavlov stereopit shartli va shartsiz reflekslar o‗z
vaqtida va muayyan tartibda bajariladigan ko‗nikmalardir degan. Kun tartibining
tarkibiy qismlarini boshlash va tugatish vaqtini doimo bir mahalda bajarish
bolalarda vaqtga nisbatan barqaror shartli reflekslar hosil bo‗lishi to‗g‗risida N.I.
Krasnagorskiy: «Bolalar orasida vaqtni to‗g‗ri taqsimlash kun tartibini
rejalashtirish va tashkil etishda katta amaliy ahamiyatga ega» deb uqtirgan edi.
To‗g‗ri tashkil etilgan kun tartibi bolada tetik va yaxshi kayfiyat, o‗qish va
ijodga, turli o‗yinlar va mashg‗ulotlarga qiziqish uyg‗otadi, uning rivojlanishiga
yaxshi ta‘sir ko‗rsatadi.
Kun tartibi tuzishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
1) turli xil faoliyatlar, ularning eng ma‘qul davomiyligini, bir-biri bilan
navbatlashuvi va vaqtini aniqlash;
2) dam olish vaqtini iloji boricha ochiq havoda tashkil etish;
3) o‗z vaqtida sifatli ovqatlanish;
4) gigiyenik to‗laqonli uyqu.
Bolalarning yoshiga qarab kun tartibining asosiy qismlari quyidagicha:
1. Kichkintoylar uchun-ovqatlanish, uyqu va tetiklik holati.
2. Bog‗cha bolalari uchun-kerakli mashg‗ulotlar, o‗yinlar, sayrlar, ratsional
ovqatlanish, uyqu, o‗qishga tayyorlanish tarbiya.
3. Maktab yoshidagi bolalar uchun-kichik maktab yoshi uchun: o‗quv
mashg‗ulotlari, ochiq havoda dam olish, vaqtida ovqatlanish, yaxshi uyqu va
tanaffuslar.
4. O‗rta yoshdagi o‗quvchilar uchun-yuqorida ko‗rsatilgan tartiblarga yana
qo‗shimcha: to‗garak mashg‗ulotlari, imtixonga tayyorgarlik, kasbni egallash
uchun o‗qish.
254
5. Katta yoshdagi o‗quvchilar uchun-o‗quv mashg‗ulotlarining ko‗payishi,
harakat faoliyatining oshishi, jismoniy tarbiya va sport va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |