Nuraliyeva xafiza otaevna



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

Akseleratsiya 
Akseleratsiya (lot. accelaratio – tezlashish) rivojlanishining ma‘lum 
bosqichlarida uning ayrim a‘zolari shakllanishining tezlashuvi. Bolalar va 
o‗smirlar o‗sishi hamda jismoniy rivojlanishining tezlashishi. Hozirgi bolalar va 
o‗smirlar har bir yoshda ancha oldingi yillardagi tengqurlariga nisbatan bo‗ychan 
bo‗lib, vazni og‗irroqdir. Bolalar katta bo‗lgan sari, bu farq shunchalik seziladi. 
Ularning sut tishlari oldin bo‗rtadi, doimiy tishlar bilan tezroq almashinadi, 
skeletining suyaklanishi ham oldinroq yuz beradi. Og‗ir mehnatning kamayishi, 
umumiy hayot tarzi, maishiygigiyenik shart-sharoitlarning yaxshilanishi, 
shuningdek yaqin qarindoshlar o‗rtasidagi nikohga yo‗l qo‗ymaslik va boshqa.
XIX- XX asr boshlarida ko‘p masmlakatlarda bolalarning bo‘yiga o‘sishning 
tezlashganligi aniqlangan. Bu haqda 1875 yilda matbuotda elon qilingan. 1935 
yilda nemis olimi Koh o‘sish va rivojlanishdandagi tezlashuvni akselerasiya deb 
aytgan. Akseleratsiya-yosh avlodning jismonan va ruxan o‘sishidir. So‘ngi 100 yil 
ichida yangi tug‘ilgan chaqal;oqning bo‘yi 5-6sm ga, kichik va o‘rta maktab 
yoshdagi bolalar bo‘yi 10-15 sm ga vazni esa 8-10 kg ga ortdi. Umruzayishi, hayz 
kechroq tugashi va odam rivojlanishidagi boshqa o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. 
Akseleratsiya ko‘pgina olimlarni qiziqtirib kelgan. Bunga sabab: ultrabinafsha 
nurlar desa, ikkinchisi magnit to‘lqinlari, bazilari esa komik nurlar deb aytadilar. 
Oksidlar, tuzlar, vitaminlar ortishi, fan va tex ta‘lim-tarbiya, sport va jismoniy 
mexnat bilan shug‘illanish, genetik omillarni ham misol qilib keladilar. 
Mamlakatimizda mustaqillikga erishganimizdan so‘ng bolalarning individalosish 
va rivojlanishga katta etibor berilmoqda. Chunki bolalar salomatligini saqlash 
davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan birinchi darajali ishlardan hisoblanadi. 
Akseleratsiya oqibatida jismoniy rivojlanishning erta boshlanishi, sportdagi 
muvaffaqiyatlarning ancha «yasharganini va shu bilan bir qatorda kattalarga xos 
kasalliklar deyarli yoshlarda, ayniqsa o‗smirlik davrida uchrashi qayd qilinadi. 


255 
Kuzatilayotgan akseleratsiyaning kelib chiqishi to‗g‗risida har xil farazlar 
mavjud, ularni shartli ravishda uch qismga bo‗lish mumkin. 
1. Fizik-kimyoviy omillar ta‘sirida o‗sishning jadallashishi. E.Koxning 
fikricha, hozirgi zamon bolalariga quyosh nuri, jumladan, ultrabinafsha nurlar 
ijobiy ta‘sir ko‗rsatmoqda. 
R.Trayber radio-televizion stansiyalarning ko‗payishi ortiqcha eletromagnit 
to‗lqinlari hosil qilib, bu o‗z navbatida bolalarning o‗sishiga ijobiy ta‘sir 
ko‗rsatayapti, deb uqtiradi. De Rudder esa akseleratsiyani rentgen qurilmalarining, 
atom ustidan tekshirishlar olib borish hamda kosmik radiatsiyaning oshishi natijasi 
deb ta‘kidlaydi. 
2. Ikkinchi faraz tarafdorlari fikricha, akseleratsiyaning asosiy sababi 
yashash sharoitlarining o‗zgarishidir, jumladan, V.Lens, Tanner va boshqalar 
akseleratsiya oziq-ovqat mahsulotlarining sifatli va to‗kin sochinlik natijasi deb 
hisoblaydilar. Ba‘zi olimlar o‗sishning jadallashishiga vitaminlarning (asosan 
vitamin V
6
) sanoat usulida olinishi hamda emizikli onalar va bolalarning ularni 
etarli iste‘mol qilishi sabab bo‗lmoqda, deb biladilar. Tibbiyot xizmatining 
yaxshilanishi, ayniqsa, yuqumli kasalliklarning keskin kamayishi ham 
akseleratsiya sabablaridan biridir. 
Lekin yuqorida keltirilgan dalillarning birortasi ham akseleratsiya 
sabablarini to‗la ochib bera olmadi. Akseleratsiyaga bolalarning, o‗smirlarning 
turar joylari, yil fasli hamda ijtimoiy o‗zgarishlar asosiy va qo‗shimcha sabab 
bo‗lishi mumkin. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin