Nuraliyeva xafiza otaevna


 ICHIMLIK SUVI SIFATIGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

11.2 ICHIMLIK SUVI SIFATIGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK 
TALABLAR 
Ichimlik suvi epidemiologik nuqtai - nazardan salomatlik uchun xavfsiz 
bo‗lishi kerak, kimyoviy tarkibi bo‗yicha zararsiz, organoleptik xususiyatlari 
bo‗yicha yoqimli va radiatsion xavfsizlik holatida bo‗lishi kerak. Bu talablarning 
bajarilishi O‗zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 951-2011 
Davlat Standart «Ichimlik suvi sifatiga bo‗lgan gigieynik talablar va uning 
nazorati» qoidalariga javob bergandagina erishiladi. Davlat standarti ikkita asosiy 


221 
bo‗limdan tashkil topgan: « Suvning sifat ko‗rsatkichlarini normativlari va uni 
nazorat qilish usullari va «Xo‗jalik-ichimlik suv ta‘minoti markazlashgan tizimida 
suv sifatining nazorati» . 
Ichimlik suvining sifat ko‗rsatkichlari o‗z tarkibiga quyidagilarni oladi: 
1. Mikrobiologik ko‗rsatkichlar: umumiy mikroblar soni, koli-indeks, koli-titr. 
2. Parazitologik ko‗rsatkichlar: oddiy patogenlar va gelmint tuxumlari 
3. Toksikologik ko‗rsatkichlar: REK bo‗yicha: 
a) anorganik 
komponentlar, organik moddalarning komponentlari 
4. Organoleptik ko‗rsatkichlar va komponentlar uchun REK, chunki bu 
komponentlar suvning organoleptik xususiyatlariga ta‘sir ko‗rsatadi. 
5. Radioaktiv ifloslanish ko‗rsatkichlari — alfa va beta aktivlik bo‗yicha 
tekshiriladi. 
Ichimlik suvning fizikaviy xossalarini aniqlash 
Suvning organoleptik xususiyatlarini aniqlash. 
Odamning sezgi a‘zolari yordamida aniqlash mumkin bo‗lgan tekshirish 
usullariga organoleptik usullar deyiladi. Suvning organoleptik xossalariga uning 
hidi, tiniqligi, rangi, ta‘mi, harorati va boshqalar kiradi. 
1. Suv hidini aniqlash: 150—200 ml kolbaga 2/3 qism hajmida sinama suv 
olinadi. Kolbaning og‗zi soat oynasi bilan berkitiladi va 40—50° gacha qizdiriladi. 
Kolba silkitilgandan keyin, hidi aniqlanadi va 5 ball darajasida ifodalanadi. 
Agar suv hidining jadalligi ruxsat etilgan 2 balldan oshmasa, iste‘mol 
qiluvchiga yomon ta‘sir qilmaydi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin