Nuraliyeva xafiza otaevna



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

Nazorat savollari 
1.Tuproqning tarkibi nimalardan iborat? 
2. Tuproqning turlari. 
2. Tuproqning fizik-mexanik xossalariga ta‘rif bering. 
3. Tuproq orqali yuzaga keladigan yuqumli kasalliklar haqida ma‘lumot bering. 
4. Tuproqning kimyoviy tarkibi bilan bog‗liq bo‗lgan organizmdagi o‗zgarishlar. 
5. Tuproqning o‗z-o‗zidan tozalanish hususiyati. 
6. Tuproqning mikroblar bilan ifloslanganligi qaysi ko‗rsatkichlar bilan 
baholanadi? 


215 
7. Endemik kasalliklar to‗g‗risida ma‘lumot bering. 
8. A
holi turar joylarini chiqindilardan tozalashni qanday yo‘llari bor?
9. 
Tuproqni gelmint tuxumlariga tekshirish usuli to‘g‘risida nimalarni bilasiz?


216 
X I BOB. 
SUV SALOMATLIK OMILI.
 
11.1 SUVNING GIGIYENIK, FIZIOLOGIK VA EPIDEMIOLOGIK 
AHAMIYATI 
Gigiyenik nuqtai nazardan qaraganda suv hayot manbai, salomatlik garovi 
va o‗simlik dunyosi uchun muhim axamiyatga ega bo‗lgan tashki muhit 
omillaridan biridir. Suv inson hayoti uchun katta ahamiyatga ega, chunki u 
fiziologik talabni, sanitariya-gigiyena va xo‗jalik ehtiyojlarini ta‘minlaydi. Katta 
yoshdagi odamlar organizmining 65—70%, yosh bolalar organizmining esa deyarli 
80% ini (chaqaloqlar organizmining 84,0%ini) suv tashkil etadi. Katta yoshdagi 
odam kuniga 3 l suvni teri, o‗pka, buyrak orqali chiqarib turadi. Shu sababli 
shuncha miqdordagi suvni fiziologik ehtiyojlar uchun kuniga ichish zarur. Suv 
ovqat mahsulotlarni to‗qimalarga tarqatishga teri va najas yo‗llarida bug‗ xolatida 
chiqishi bilan tana harorati muvozanatini saqlashda ishtirok etadi. Suv iste‘molini 
to‗g‗ri tashkil qilishda kunlik ovqat tarkibida qancha suyuqlik borligini nazoratda 
tutmok zarur. Masalan: yangi sabzavot va mevalarda 90%, kartoshka va go‗shtda 
75% , nonda 47,7% gacha suv bo‗ladi. Ammo suvni va boshqa chanqov bosdi 
ichimliklarni haddan ziyod ko‗p iste‘mol qilish zararlidir, chunki bunday xolatda 
yurak ishining, ajratish a‘zolarining (teri buyrak ) faoliyatining oshishiga olib 
keladi. Bunday hollarda organizmning teri satxidan ko‗p miqdorda suyuqlik 
ajralishi natijasida shu bilan bir qatorda teri bilan organizmdan suvda eriydigan 
vitaminlar, osh tuzi va mineral tuzlar xam chiqib ketadi. Odam bir kecha kunduz 
mobaynida yoshiga qarab 100mldan - 3000ml atrofida suv iste‘mol qiladi, 
jumladan 1200-1300ml (48%) suvni suyuqlik ko‗rinishida, 1000-1200 suvni ovqat 
tarkibida iste‘mol qiladi. Ozuqa moddalarning endogen oksidlanishi natijasida 
organizmda 300ml atrofida suv hosil bo‗ladi. Organizmdagi suv doimo yangilanib 
turadi: katta yoshli odamda 15 kun mobaynida, bolalarda esa 3-5 kun ichida barcha 
suv molekulalari yangilanib turadi. Inson organizmining buyrak, o‗pka, me‘da- 
ichak yo‗li, teri suv almashinuvida faol ishtirok etadi. Atrofdagi havo harorati 
yuqori bo‗lishi bilan 4-5 litr suv terlash bilan birga teri orqali chiqib ketadi, shu 
munosabat bilan organizmning suvga bo‗lgan ehtiyoji yanada ortadi. Yo‗qotilgan 


217 
suv miqdorining ko‗payishiga qarab odam o‗zini yomon his qila boradi. Organizm 
tarkibidagi 10% suvni yo‗qotishi modda almashinishi jarayonlariga jiddiy ta‘sir 
ko‗rsatadi, 20% suvning organizmdan chiqib ketishi esa uning o‗limga olib kelishi 
mumkin. Havo harorati sezilarli darajada tushib ketganda organizm o‗zidan 25% 
suvni chiqarib yuborgan bo‗lsa, bu holat ham o‗lim xavfini tug‗dirishi mumkin. 
Organizmda suv etishmasligi tuqimalararo suyuqliklardagi osmotik bosimning 
muvozanati bu esa organizmda azot chiqindilari to‗planishiga va moddalar 
almashinuvi buzilishiga olib kelishi mumkin. Bir sutkada chanqoqni bosish uchun 
iste‘mol qilinadigan suv miqdori ish qobilyatiga ega (harakatdagi) kishilarda 2,5-4 
litrni tashkil etadi. Suvga bo‗lgan ehtiyoj tashnalikni his qilish orqali namoyon 
bo‗ladi. Bu markaziy nerv sistemasidagi chanqov markazining qo‗zg‗alishi 
natijasida yuzaga keladi. 
Suvning asosiy qismi hujayralarda bo‗ladi, hujayralardan tashqaridagi suv 
18-20% ni tashkil qiladi. Sanitariya gigiena jihatdan suv foizining fiziologik 
talabini qondirishdan tashqari anchagina suv miqdori shaxsiy gigiena, maishiy 
xo‗jalik va ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarf bo‗ladi. 
Inson o‗zining gigienik ehtiyojlarini to‗liq qondirishi uchun katta 
miqdorlardagi suvni sarflashi tabiiydir, jumladan badanning tozaligini saqlash, 
kiyim-boshlar, turar- joylar, idish-tovoqlarni toza saqlash, organizmni chiniqtirish 
masalalarida ko‗plab suv sarflanadi. Keltirilgan maqsadlar uchun bir odam bir 
kecha-kunduz davomida bir necha o‗n litr suvni sarflaydi. Aholi tomonidan suv 
sarfining 
kundan-kunga 
ortib 
borishi 
aholi 
hayotidagi 
sanitar-gigienik 
sharoitlarning kundan-kunga yaxshilanib borayotganligi bilan bog‗liqdir. 
Suv badanni toza saqlab turish uchun, yuz qo‗lni yuvish uchun kuniga 5-10 
litr, gigienik dush qabul qilish uchun 180-150 litr, kir yuvish, ovqat tayyorlash, 
idish-tovoq yuvish uchun 5-8 litr ishlatiladi. Ammo yuqoridagilardan tashqari uy-
joy jamoat binolarini toza saqlash, kanalizatsiyadan foydalanilgan holatda 
chiqindilarni yuvib yuborish, ko‗chalarni yuvish, yashil o‗simliklarni sug‗orish 
uchun ham suv kerak bo‗ladi. 


218 
Yuqorida aytilganlardan ma‘lum bo‗ldiki madaniy va gigiyenik turmush 
shart-sharoitlarini 
yaxshilanishi 
aholini 
jon 
boshiga 
sarflanadigan 
suv 
miqdorlarining oshirilishiga chambarchas bog‗liqdir. Turar joy va jamoat 
binolarining sanitariya texnik jihatidan obodonlashtirish darajasi (vanna, issiq suv 
markazlashtirilgan suv taminoti, kanalizatsiya ) qanchalik yuqori bo‗lsa, suvga 
bo‗lgan ehtiyoji ham shunchalik ko‗p bo‗ladi. Ichimlik suvining is‘temol qilish 
me‘yorlari Sog‗liqni Saqlash Vazirligi bilan kelishilgan holda suv iste‘mol qilish 
me‘yorlari va qoidalari xujjatlarida kiritilgan.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin