18
Aholini ovqatlanish muammosi faqat gigiyenik muammo bo‗lib qolmay,
balki ko‗proq darajada ijtimoiy muammodir, chunki aholini ovqatlanish sifati xar
bir davlatning rivojlanganlik darajasi, oziq-ovqatlar uchun ajratiladigan mablag‗
miqdori bilan belgilanadi. Bundan tashqari, ovqatlanish muammosi xar bir
davlatning iqtisodiy holati va boshqa davlatlar bilan qiladigan iqtisodiy
munosabatlari, har bir davlatning ijtimoiy siyosati, mehnat resurslari va mehnat
qiluvchi potensialiga ham bog‗liqdir.
Bizning Respublikamizda aholining ovqatlanish muammolari o‗ziga xos
xususiyatlarga egadir. Aholining ovqatlanishiga doir masalalar bo‗yicha
bilimdonlik darajasi uyqori darajada emas, oqilona va to‗g‗ri ovqatlanishga doir
elementlarni ko‗pchilik bilgan taqdirda ham unga e‘tibor qaratmaydi. Aholining
ko‗pchilik qismi sifatli ovqat mahsulotlari bilan to‗liq ta‘minlanish imkoniyatiga
ega emas, bunday imkoniyatga ega bo‗lgan aholi xam to‗g‗ri ovqatlanish
talablariga rioya qilmaydi. Bugungi kunga kelib ovqat mahsulotlarining sifat
ko‗rsatkichlarini gigiyenik nazorati sezilarli darajada pasaygan. Bozorlarda,
xususiy savdo nuqtalarida va ko‗chalarda tartibsiz ravishda sotiladigan
ovqatlarning sifatiga hech kim kafolat beraolmaydi va bu holatni baholashda
sanitar nazoratning olib borayotgan ishini ko‗ngildagidek deb bo‗lmaydi.
Respublikamizning qishloq aholisi yashash joylarida ovqatlanish muammosi
bundan ham keskin vaziyatda, chunki ovqat mahsulotlarining assortimenti
kamaydi va iste‘mol qilinadigan ovqat mahsulotlarining miqdori ham oldingidan
pasaygan. Buning oqibatida aholi o‗rtasida (ko‗pincha ayollar o‗rtasida)
kamqonlik, bolalar o‗rtasida gipotrofiya, kamqonlik va raxit kabi kasalliklar
darajasi keskin ortib ketdi.
Dostları ilə paylaş: