7
Hozirgi kunda O‗zbekistonda mavjud bo‗lgan sanitariya nazoratining tarkibi
qayta
o‗rganilib
chiqilmoqda.
Respublikamizdagi
hamma
sanitariya-
epidemiologiya xizmatini qayta ko‗rish konsepsiyasi yuzaga keldi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 4790 - sonli qaroriga muvofiq
Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tugatilib, uning o‗riniga 2020 yil
27 iyuldan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati
(keyingi o‗rinlarda Sanitariya-epidemiologiya xizmati) tashkil qilindi.
Har qanday holatda ham sanitariya-epidemiologiya xizmatining asosida
sog‗liqni saqlash tizimidagi davolash va profilaktik yo‗nalishlarning birligi turishi
muqarrar. Bu degani, farmatsevt va farmatsevt texnologlar uchun gigiyenik
bilimlar kasallikni oldini olishning asosi ekanligi va uning kasbga doir
tayyorgarligidagi faoliyatining muhim bir asosiy qismi bo‗lib qolmog‗i kerak.
Dostları ilə paylaş: