19
1. Miqdoriy jihatdan fiziologik ehtiyojga muvofiq bo‗lishi kerak, ya‘ni
ovqat
ratsionining kaloriyaliligi organizmning yo‗qotgan energiya miqdorini qoplashi
lozim.
2. Tegishli sifat tarkibiga ega bo‗lishi kerak. Ovqat o‗z tarkibida etarli miqdorda
barcha ovqatlik moddalarni (oqsillar, yog‗lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral
moddalarni) tutishi lozim (oqsil, yog‗, uglevodlar quyidagi nisbatda bo‗lishi
kerak: kattalar uchun 1:1,2:4,6, bolalar uchun 1:1: 4)
3. Bir kunlik ovqatlanish to‗g‗ri taqsimlangan bo‗lishi kerak.
Yilning sovuq
paytlarda nonushta 30-35%, tushlik 40-45%, kechki ovqat 25-30%, yilning issiq
paytlarida tushlik 15% ga ertalabki nonushta va kechki ovqat hisobidan
kamaytiriladi.
4. Ovqat engil xazm bo‗lishi lozim, bu esa ovqatning tarkibiga, tayyorlanish
sifatiga hamda oshqozon-ichak sistemasining funksional holatiga bog‗liq.
5. Ovqatning organoleptik xususiyatlari - tashqi ko‗rinishi, rangi, mazasi, suyuq -
quyuqligi, harorati yaxshi bo‗lishi lozim.
6. Ovqat turli tuman bo‗lishi kerak.
7. Ovqat to‗yg‗izish sezgisini chaqirish xususiyatiga ega bo‗lishi kerak.
8.
Sanitariya-epidemiologiya
nuqtai-nazaridan
ovqatlar
zararsiz,
ya‘ni
mikroblardan holi bo‗lishi shart.
Respublikamizda oxirgi yillarda ovqatlanish bilan bog‗liq kasalliklarni
oldini olish hamda yuqumli bo‗lmagan kasalliklar
darajasini pasaytirish maqsadida
quyidagi bir qancha me‘yoriy xujjatlar ishlab chiqilgan:
1. SanQ va M № 0347-17 bo‗yicha «O‗zbekiston Respublikasi aholisining
sog‗lom ovqatlanishini qo‗llash uchun yosh-jins va kasbiy guruxlari bo‗yicha oziq-
ovqat mahsulotlariga bo‗lgan extiyojning fiziologik me‘yorlari»;
2. SanQvaM №0361-18 ―Gen injeneriya usuli
bilan olingan oziq ovqat
mahsulotlarining inson hayoti va salomatligi uchun havfsizligini baholash‖
3.
SanQ va M № 0366 – 19 ―Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligining
gigiyenik normativlari‖;
20
4. SanQ va M №0367 – 19 ―Funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik
ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqarish va muomalasiga qo‗yiladigan gigiyenik
talablar‖.
SanQ va M № 0366 – 19 ― Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligining
gigiyenik normativlari‖ da oziq-ovqat mahsulotlari organoleptik va fizikaviy-
kimyoviy ko‗rsatkichlar bo‗yicha oziq-ovqat mahsulotlariga qo‗yiladigan
talablarga javob berishi hamda hozirgi va kelgusi avlodlar salomatligi uchun xavf
soluvchi kimyoviy,
radioaktiv, biologik faol moddalar va ularning birikmalari,
mikroorganizmlar va boshqa biologik organizmlarning yo‗l qo‗yilgan miqdoriga
qo‗yiladigan me‘yoriy hujjatlar bilan belgilangan talablarga to‗liq javob berishi
lozimligi keltirilib o‗tilgan.
Ushbu SanQ va Mda yangi oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqish va ishlab
chiqarishda yoki uni takomillashtirishda,
shuningdek, ishlab chiqarish
texnologiyasini ishlab chiqishda yuridik va jismoniy shaxslar oziq-ovqat
mahsulotining xavfsizligi, yaroqlilik muddati, sifat ko‗rsatkichlari hamda nazorat
uslublarini asoslab berishlari shartli keltirilgan.
SanQ va M №0367 – 19 ―Funksional, shifobaxsh (parhez)
va profilaktik
ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqarish va muomalasiga qo‗yiladigan gigiyenik
talablar‖ ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlab
chiqarish xonalariga, maishiy xonalarga, suv ta‘minoti va kanalizatsiyaga, tabiiy va
sun‘iy yoritishga, havoni shamollatish, isitish hamda
harorat va namlikni bir
maromda saqlashga, texnologik asbob uskunalar, anjomlar va idishga, ishlab
chiqarish jarayonida ishlatiladigan xom ashyoni qabul qilish va saqlashga
qo‗yiladigan talabalar va mehnat sharoitlari va shaxsiy
gigiyena qoidalariga
qo‗yiladigan gigiyenik talabalarni o‗zida jamlagan.
SanQ va M № 0347-17 bo‗yicha «O‗zbekiston Respublikasi aholisining
sog‗lom ovqatlanishini qo‗llash uchun yosh-jins va kasbiy guruxlari bo‗yicha oziq-
ovqat mahsulotlariga bo‗lgan extiyojning fiziologik me‘yorlari»ga binoan
aholining turli tabaqalari va ularning energiyaga bo‗lgan ehtiyojlari oqsillarning,
yog‗larni, karbonsuvlarning, vitaminlar, mineral moddalarga bo‗lgan
ehtiyojlar
21
nazarda tutiladi. Shu bilan birga aholining jinsi, yoshi, kasbi, turmush sharoiti,
kommunal xizmat bilan ta‘minlashganligi, sport bilan shug‗ullanishi, iqlim
sharoitlari nazarga olinib fiziologik normalar tuzilgan.
Ishga yaroqli barcha odamlar kasbining og‗ir-engilligiga qarab 5 ta maxsus
kasb guruxlariga bo‗linganlar va har bir gurux uchun ularning yoshlarini e‘tiborga
olgan holda (18-29, 30-39, 40-60) alohida ovqatlik moddalar miqdori va ularning
beradigan energiya miqdorlari belgilangan.
Dostları ilə paylaş: