81
xlormetilmetalli efir, xrom va uning birikmalari, 2- nafitilamin, qurum qatronlar,
mineral yog‗, vinilxlorid va b.q.
2 guruh - odam organizmi uchun kanserogenli xususiyati bo‗lishi mumkin
bo‗lgan moddalar. Bu guruhga kiruvchi moddalar yana 2 guruhga bo‗linadi:
a) odam organizmi uchun kanserogenli xususiyati yuqori bo‗lgan moddalar
(akrilonitril, benz(a)piren, berilliy, dietilsulfat, 0-toluidin, nitrozoaminlar va b.q.);
b) odam organizmi uchun kanserogenlik xususiyati past bo‗lgan kimyoviy
moddalar (to‗rtxlorli uglerod, xloroform, xlorfenollar, dibro- metan, formaldegid,
ayrim turdagi gerbitsidlar va b.q.)
Kasb kasalliklari ro‗yxatiga yana badan terisida uchraydigan saraton
kasalliklari kiritilgan, bundan tashqari nafas organlari, jigar, oshqozon, siydik
pufagi, suyaklarda uchraydigan xavfli o‗smalar, 1 guruhga kiruvchi kanserogenli
moddalar va 2 guruhdagi ayrim kanserogenli ta‘sirga ega bo‗lgan moddalar
ta‘sirida yuzaga keladigan leykozlarni aytish mumkin. Xavfli o‗smalarni kelib
chiqishida organizmning saratondan oldingi holati katta axamiyatga ega, masalan,
mexanik va termik jarohatlar, zararli odatlar (spirtli ichimlik ichuvchilar,
chekuvchilar). Xavfli o‗sma kasalliklarining oldini olishda umumiy tadbirlardan
tashqari shu narsani inobatga olish zarurki, kanserogenli effekt kanserogenlarning
juda kichik dozalar ta‘sirida ham yuzaga kelishi mumkin, buni
kanserogenlarning
Dostları ilə paylaş: