4
bo‗ladi. Organizmning eng muhim hayotiy jarayonlari tashqi muhitning
ta‘sirlariga, bularning sifati va miqdoriga bog‗liqdir.
P. Pavlov odam salomatligi tashqi muhit omillari ta‘siriga uchrab qolganida
kasallik kelib chiqadi, chunki bunda muhit bilan organizm o‗rtasidagi muvozanat
buziladi, deb ko‗rsatib o‗tgan edi.
Gigiyena moduli farmatsevtik ishlab chiqarish muhitida fizikaviy, kimyoviy
va biologik, radiologik omillar ta‘siri, farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalari va
dorixonalarni loyihalashga, qurilishiga, jihozlanishiga va ekspluatatsiyasiga, toza
va steril xonalarga, ishchi xodimlarga va ularning kiyimlariga qo‗yiladigan
gigiyenik talablarni o‗rganadi va farmatsevtik ishlab chiqarishida mehnat sharoitini
sog‗lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi.
Darslik gigiyenaning asosini ochib berib, uning vazifalari sog‗liqni
saqlashdagi profilaktika masalalarini yoritib beradi. Farmatsevtika sohasida
farmatsevtlarning kasalliklarni dorilar bilangina davolamasdan, kasallik sabablari
va oldini olish ishlarini olib borishlarida yordam beradi.
Darslikni
yanada
yaxshilash
maqsadida
o‗quvchilar
tomonidan
bildiriladigan fikr va mulohazalar, ko‗rsatilgan kamchiliklar mualliflar tomonidan
mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: