Nuraliyeva xafiza otaevna


Jadval 2.5  Katta yoshli aholini jinsga, yoshga mos va kasb guruxlari uchun mineral



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

Jadval 2.5 
Katta yoshli aholini jinsga, yoshga mos va kasb guruxlari uchun mineral 
moddalar iste’mol qilishning tavsiya etilgan o‘rtacha kunlik me’yorlari
(SanQ va M № 0347-17) 
Yosh 
guruxlari
Kalsiy, 
mg 
Fosfor, 
mg 
Magniy, 
mg 
Temir, 
mg 
Sink, 
mg 
Yod, 
mkg 
Selen 
mkg 
I kasb guruxi ikkala jins bo‗yicha (erkaklar, ayollar)
 
18-29 
1000 
600 
260 
10 

130 
40 
30-39 
1000 
600 
260 
10 

130 
40 
40-59 
1000 
600 
260 
10 

130 
40 
II kasb guruxi ikkala jins bo‗yicha (erkaklar, ayollar)
 
18-29 
1100 
650 
280 
10 

130 
40 
30-39 
1100 
650 
280 
10 

130 
40 
40-59 
1100 
650 
280 
10 

130 
40 
III kasb guruxi ikkala jins bo‗yicha (erkaklar, ayollar)
 
18-29 
1200 
700 
300 
10 

140 
45 


34 
30-39 
1200 
700 
300 
10 

140 
45 
40-59 
1200 
700 
300 
10 

140 
45 
IV kasb guruxi ikkala jins bo‗yicha (erkaklar, ayollar)
 
18-29 
1300 
800 
350 
10 

140 
50 
30-39 
1300 
800 
350 
10 

140 
50 
40-59 
1300 
800 
350 
10 

140 
50 
V kasb guruxi (erkaklar)
 
18-29 
1300 
900 
400 
10 
10 
150 
55 
30-39 
1300 
900 
400 
10 
10 
150 
55 
40-59 
1300 
900 
400 
10 
10 
150 
55 
 
2.3. ALIMENTAR KASALLIKLAR. 
Uzoq muddat mobaynida ovqatlanish qoidalarining buzilishi organizmda 
turli o‗zgarishlarni keltirib chiqaradi. To‗qimalar metobolizmning buzilishi asosida 
genetik apparatning o‗zgarishida, ortiqcha yoki kam ovqatlanish sabablari yotadi. 
Bundan tashqari ovqat mahsulotlarining zaharli moddalar (pestitsidlar, bakteriya 
zaharli, mikrotoksinlar va boshqalar) bilan ifloslanishi ham organizmda jiddiy 
o‗zgarishlarni keltirib chiqaradi. 
Alimentar yoki ovqat bilan bog‗liq bo‗lgan kasalliklar kelib chiqishiga qarab 
2 xil guruhga bo‗linadi: birlamchi va ikkilamchi. 
Birlamchi alimentar kasalliklar quyidagi omillar natijasida kelib chiqishi 
mumkin: 
1. Ovqat mahsulotlarining turlari noto‗g‗ri taqsimlanganda 
2. Ovqat ratsionida ovqatlik moddalar muvozanati buzilganda 
3. Ovqat mahsulotlariga noto‗g‗ri ishlov berilganda yoki noto‗g‗ri 
saqlanganda 
4. Ovqat mahsulotlarida faslga oid vitaminlarning siljishi natijasida 
5. Mehnat, yashash va iqlim sharoiti bilan bog‗liq bo‗lgandagi yoki homila 
davrida ovqatga talabning oshib ketishi natijasida 


35 
6. Ovqatli moddalar faoliyatining buzilishi natijasida (qishloq xo‗jaligida 
pestitsidlardan, mineral o‗g‗itlardan ko‗p miqdorda foydalanish). 
Birlamchi alimentar kasalliklarning kelib chiqishida xavfli (risk) omillarining 
uzoq vaqt ta‘sir etishi ahamiyatga egadir. 
Ikkilamchi alimentar kasalliklar organizmadagi har xil vazifalarning 
buzulishi natijasidir: 
1. Ovqat xazm qilishning buzilishi. 
2. Ovqat singdirishning buzilishi. 
3. So‗rilishining buzilishi. 
4. Ovqat moddalarining xazm qilinishi. 
Yyqorida aytib o‗tilgan jarayonlarning buzilishi quyidagilar natijasida bo‗lishi 
mumkin: 
1. Ovqat xazm qilish sistemasi kasalliklarida (oshqozon, ichak, o‗t chiqarish 
yo‗llari). 
2. Surunkali yuqumli kasalliklarda, moddalarning kuchli parchalanish kuyish 
va teriotoksikoz kasalliklarida. 
3. Kasb kasalliklari natijasida, moddalar almashinuvining buzilishi. 
4. Enzimopatiyalar. 
Ovqat xazm qilish tizimi kasalliklari, ovqatni xazm qilish, singdirish, 
so‗rilish va barcha ovqatli moddalarni to‗liq o‗zlashtirishga ta‘sir qiladi. Masalan: 
karbonsuvlarni 
to‗liq 
o‗zlashtirish 
uchun 
ular 
avvalo 
ichaklarda 
monosaharidlargacha parchalanadi. Oshqozon osti bezining ishlab chiqaradigan 
diastaza fermentining hosil bo‗lishi va chiqarilishining buzilishida va 
polisaxaridlarni monosaxaridlargacha parchalay olmaydi natijada karbonsuvlarning 
so‗rilishi sodir bo‗lmaydi. Bu ham oshqozon osti bezining atsinoz to‗qimalarining 
jarohatlanishi 
(pankreatit) 
va 
uning 
shirasini 
chiqaruvchi 
kanalning 
jarohatlanishidan tosh o‗sma yuzaga keladi. 
Ingichka ichak epiteliy qavatining jarohatlanishi yuqumli va zaharli agentlar 
va vitamin «A» tanqisligi natijasida vujudga keladi, natijada oqsil va yog‗larning 
so‗rilishini sekinlashtiradi. 


36 
Oshqozon va ichakning sekret va motor vazifasini buzilishi oqsillarning 
aminokislotalargacha parchalanishining, oqsillarni gidrolizlanish tezligini va ovqat 
massalarini ichakdagi harakatini izdan chiqaradi. 
Kasbga oid kasalliklarda zaharli moddalar ta‘sirida ayrim fermentlarning 
jadalligi sekinlashadi. Ikkilamchi alimentar kasalliklarning oldini olishda, 
organizmning fermentiv statusini qolibga soluvchi enzimlarga e‘tibor berish zarur. 
Enzimlar-organizmda biologik katalizator vazifasini o‗taydigan spetsifik 
oqsillar (turli kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiruvchi moddalar). 
Enzimopatiyalar yoki fermentopatiya bo‗lishi mumkin: 
1. Irsiyatga oid: a) ma‘lum bir ferment sintezining ishdan chiqishi; b) ferment 
ishlab chiqarish jarayonining ayrim bo‗limlarida tuzilishi bo‗yicha kamchilik 
bo‗lganda. 
2. Zaharlanishga oid fermentlar sinteziga spetsifik ta‘sir birikmalarining 
xolinesteraza fermentining jilovlanishi; 
3 Alimentar: a)vitaminlar tanqisligidan; b) mikroelementlar tanqisligidan; v) 
ovqatli moddalar balansi buzilishidan. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin