Nuraliyeva xafiza otaevna



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

 
Nazorat savollari 
1. Ratsional, to‗g‗ri ovqatlanish nima? 


47 
2. Ovqat ratsioni nima? 
3. Ovqat ratsioniga qo‗yiladigan gigiyenik talablar. 
4. Oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibiy qismlarini me‘yorlari va manbalari. 
5. Bir kunlik energiya nimalarga sarflananadi? 
6. Energiya sarfi qaysi usullar yordamida aniqlanadi?
5. Ovqatlik moddalarni organizm uchun biologik ahamiyati. 
6. Birlamchi alimentar kasalliklarning sabablari. 
7. Ikkilamchi alimentar kasalliklarni kelib chiqish sabablari 
8. Ovqatdan zaharlanish turlari. 
9. Ovqatdan zaharlanishni oldini olish chora tadbirlari nimalardan iborat? 
10. Vitamin S miqdorini aniqlash usullari. 
11.Toksikoinfeksiyalarning kelib chiqish sabablari. 
12. Stafilokokk intoksikatsiyasida kuzatiladigan klinik belgilar. 
13. Stafilokokk toksinidan zaxarlanishning oldini olish yo‗llarini aytib bering. 
14. Botulizm kasalliginig sababchisi. 
15. Botulizm kasalligi bilan kasallagan bemor qanday klinik belgilardan shikoyat 
qiladi? 
16. Septik anginaning o‗ziga xos klinik belgilari. 
17. Ichak tayyoqchasi va protey qo‗zg‗atadigan toksikoinfeksiyalarning 
profilaktikasiga nimalar kiradi?
 
 
 


48 
III. BOB. MEHNAT GIGIYENASINING UMUMIY ASOSLARI VA 
MEHNATNI MUHOFAZA QILISH. ISHLAB CHIQARISH MUHITIDAGI 
FIZIKAVIY, KIMYOVIY VA BIOLOGIK OMILLAR.
 
3.1. MEHNAT GIGIYENASI ASOSLARI TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA. 
Mehnat gigiyenasi — umumiy gigiyena fanining bir qismi bo‗lib, mehnat 
jarayoni va ishlab chiqarish muhiti sharoitlarining organizmga ta‘sirini o‗rganish 
bilan bir qatorda ishchi xodimlarning sog‗lig‗ini saqlash, ish qobiliyatini va 
mehnat unumdorligini oshirishni ta‘minlaydigan gigiyenik va profilaktik 
tadbirlarni ishlab chiqadi. 
Mehnat gigiyenasining asosiy maqsadi mehnat sharoitlarini yaxshilash va 
ishchilar salomatligini muhofazasiga qaratilgan sanitar – gigiyenik, davolash 
profilaktik chora tadbirlar kompleksini yaratishdir. 
Mehnat gigiyenasining asosiy vazifalari : 
1) optimal ish sharoiti yaratish; 2) umumiy kasallanish va jarohatlanishni 
pasaytirish, kasb kasalliklarini oldini olish; 3) mehnat unumdorligini oshirish. 
Ish sharoiti - ishchini o‗rab turgan muhitni va ishlab chiqarish jarayonining 
omillari ta‘sir majmuidir. 
Ish sharoiti va mehnatni tashkil etilgani bu ishlab chiqarishdagi zararli va 
xavfli omillar, ish davomiyligi, dam olish davomiyligi va ularning almashinib 
turishi hisoblanadi. 
O‗zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida ish vaqti tushunchasiga 
quyidagicha ta‘rif berilgan ―Ish vaqti deb, ishchining ish tartibi yoki grafigiga 
yoki kelishuv asosida o‗zining ish majburiyatini o‗tashi tushuniladi.‖ Kasb 
kasalligi ayni shu kasb uchun spetsifik hamda ishlab chiqarish muhitining yoki ish 
jarayonining zararli va havfli ta‘siri natijasida orttirilgan kasallik. 
Respublikamizda ishlab chiqarish korxonalarida ish sharoitini va mahsulot 
sifatini yaxshilash, unumdorlikni oshirish, kasb kasalliklarini oldini olish 
maqsadida bir qancha me‘yoriy xujjatlar ishlab chiqilgan: 


49 
1. SanQvaM № 0325-16 ―Ish joylarida shovqin darajasiga bo‗lgan sanitar 
me‘yorlar‖ 
2. SanQ va M № 0326-16 ―Ish joylaridagi umumiy va mahalliy vibratsiyaning 
sanitar me‘yorlari‖. 
Kasb tufayli salbiy ta‘sir etuvchi omillarni 4 guruhga bo‗lish mumkin. 
1. Mehnatni noto‗g‗ri tashkil qilishga aloqador zararlar: a) tananing uzoq 
vaqtgacha bir vaziyatda bo‗lishi; b) harakat boshqaruvi va ayrim sezgi a‘zolari 
(ko‗rish, eshitish) ning ortiqcha zo‗riqishi; v) noto‗g‗ri mehnat tartibi. 
2. Ishlab chiqarish jarayoniga aloqador zararlar: a) fizikaviy omillar (noqulay 
mikroiqlim, atmosfera bosimining o‗zgarishlari va boshqalar); b) kimyoviy omillar 
(gazlar, zaharli birikmalar va boshqalar); v) biologik omillar (mikroorganizmlar, 
gijjalar ularning tuxumlari va boshqalar); g) radiologik omillar va boshqalar. 
3. Mehnat sharoitiga aloqador zararlar: havo almashinishi ya‘ni ventilyasiya, 
yoritilish, maydon sathi, uning hajmi va boshqalarning etarli bo‗lmasligi. 
4. Asab tizimining me‘yoridan ortiqcha zo‗riqishi. 
Ishchi organizmiga bu omillarning ta‘siri natijasida kasbga aloqador 
kasalliklar rivojlanishi mumkin (pnevmokoniozlar, tebranish va korxona shovqini 
natijasida karlik va boshqalar). Hozirgi vaqtda kasb kasalliklari sonining o‗sishiga 
asosan, surunkali kasalliklar va zaharlanishlar sabab bo‗lmoqda. Kasb 
kasalliklarining oldini olish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash 
vazirligining ―Xodimlarni tibbiy ko‗rikdan o‗tkazish tartibi to‗g‗risidagi nizomni 
tasdiqlash haqida‖ 2012yil 10 iyuldagi 200- sonli buyrug‗iga binoan Respublikada 
ishga qabul qilishdan oldin va ishlash paytida takroriy tibbiy ko‗riklardan 
o‗tkazish tizimi joriy etilgan. 
Buyruqda tibbiy ko‗rikni o‗tkazish tartibi to‗g‗risida ma‘lumotlar batafsil 
keltirilgan.Unda Ish beruvchi hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati va 
tashkilotning kasaba uyushmasi qo‗mitasi bilan birgalikda har kalendar yilning 1 
dekabrigacha tashkilotdagi tibbiy ko‗rikdan o‗tkazilishi shart bo‗lgan xodimlarning 
lavozim bo‗yicha kontingentini aniqlashi va bu haqda mazkur Nizomda keltirilgan 
shaklga muvofiq dalolatnoma tuzishi lozim. Ish beruvchi tibbiy ko‗rikdan 


50 
o‗tkazilishi shart bo‗lgan xodimlarning lavozim kontingentidan kelib chiqib 
hududiy sanitariya-epidemiologiya xizmati
va tashkilotning kasaba uyushmasi 
qo‗mitasi bilan kelishgan holda tibbiy ko‗rikdan o‗tishi shart bo‗lgan xodimlarning 
ro‗yxatini tuzadi va tibbiy ko‗rikni o‗tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasiga 
taqdim etadi. 
Tibbiy ko‗rikdan o‗tishi shart bo‗lgan xodimlarning ro‗yxatida tashkilot 
nomi, xodimning kasbi, u ishlayotgan sex yoki boshqa bo‗linma nomi, ishlab 
chiqarishning xavfli va zararli omillari hamda xodimning ushbu omillar ta‘siridagi 
ish staji ko‗rsatiladi. 
Xodimlarni tibbiy ko‗rikdan o‗tkazish maqsadida tibbiy ko‗rikni 
o‗tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasining rahbari tomonidan hududiy 
sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan kelishilgan holda mazkur Nizomda 
keltirilgan shaklga muvofiq xodimlarning tibbiy ko‗rikdan o‗tkazishning kalendar 
rejasi tuziladi. 
Agar xodim o‗z sog‗lig‗ining holati mehnat sharoiti bilan bog‗liq holda 
yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko‗rikdan o‗tkazishni 
talab qilish huquqiga ega. 
Dastlabki tarzda tibbiy ko‗rikdan o‗tishi shart bo‗lgan xodimlar tashkilot 
tomonidan tibbiy ko‗rikni o‗tkazuvchi davolash-profilaktika muassasasiga mazkur 
Nizomda keltirilgan shaklga muvofiq taqdim etilgan yo‗llanma asosida tibbiy 
ko‗rikdan o‗tkaziladi. 
Mehnat sharoiti va ish jarayoni quyidagicha: 
1. Ishlab chiqarish va texnologik jarayon turi (mashina qurilishi, kimyoviy 
sanoat qurilishi).
2. Mehnatni tashkil qilinishi (mexanizatsiya darajasi, stanokda ishlash, dam 
olish, mehnat). 
3. Kasbga ta‘luqlilik. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin