25
fiziologik me‘yori keng diapozonda tebranishi mumkin bo‗lib, ularning o‗rtacha
miqdori kuniga 90-100 grammni tashkil qiladi (jadval 2.2). O‗suvchi organizmning
oqsillarga bo‗lgan ehtiyoji, xamda homilador va emizuvchi ayollarning oqsillarga
bo‗lgan fiziologik ehtiyoji yuqoridir. Oqsillarning o‗rtacha fiziologik me‘yorlarini
jadval bo‗yicha
aniqlash mumkin, masalan, o‗suvchi organizmning har bir kg
vazni uchun o‗rtacha 2,0 gramm, o‗rta yoshli odamning 1 kg vazni uchun 1,5
gramm, homilador va emizuvchi ayollarning 1 kg vaznlari uchun 2,5 gramm
to‗g‗ri kelishi kerak.
Organizmda oqsil etishmagan hollarda bolalarda
kvashiorkor kasalligi,
organizmga oqsil umuman tushmasa marazm kasalligi kelib chiqadi. Agar oqsil
organizmda me‘yordan ko‗payib ketsa, oshqozon-ichak yo‗llarida achish – bijg‗ish
jarayoni kuchayib ketadi va mikroorganizmlarni yashashi va ko‗payishi uchun
yaxshi sharoit yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: