37
Kasallik birdan boshlanadi: ko‗ngil ayniydi, bosh aylanadi, harorat 37-39
gacha
ko‗tariladi, qorin tutib-tutib g‗ijimlab og‗riydi, kuchli ich ketadi, ba‘zan teriga nim
pushtirang toshmalar toshadi. Ko‗pincha oyoq mushaklari tortishib og‗riydi.
Sog‗ayish davri 2-4 kun davom etadi.
Mikrobning bu turi ko‗proq go‗shtli, qiymali taomlarga: kotletlar, go‗shtli
blinchiklar, flotcha makaronlar hamda salartlarga ko‗p miqdorda tushadi.
Profilaktikasi
1. Oziq-ovqat mahsulotlarini olib keladigan
xodimlar shahsiy gigiyena
qoidalariga amal qilishi kerak.
2. Oziq- ovqat mahsulotlari tayyorlanadigan uskunalar va anjomlarni yuvish
va tozalash lozim.
3. Umumiy ovqatlanish va oziq-ovqat mahsulotlarining yig‗ilib qolishiga yo‗l
qo‗ymaslik kerak.
4. Toksiinfeksiyaning oldini olish uchun hayvonlarni so‗yishda va fermalarda
sanitariya-veterenariya nazorati o‗rnatiladi.
5. Oziq-ovqat ob‘ektlarining xizmatchilarini tibbiy tekshiruvidan o‗tkazish va
ular batsilla emasligini tekshirib ko‗rish shart.
Toksikozlarga botulizm hamda stafilokkokli toksikozlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: