38
ko‗rinishida xam kechib ichaklarning bir qismi yiringlay boshlaydi, natijada bemor
jarrohlik bo‗limiga tushib qoladi.
Profilaktikasi. Kl.perfringens qo‗zg‗atgan toksikoinfeksiyalarning oldini olish
quyidagilardan iborat:
1. Go‗shtni qayta ishlaydigan korxonalarda sanitariya qoidalariga rioya qilishi
ustidan nazorat o‗rnatish
2. Go‗sht va boshqa mahsulotlarni past haroratda saqlash.
3.
Yaxshilab pishirish, ya‘ni kolbasa va boshqa go‗sht mahsulotlarini
tayyorlash uchun ajratilgan mahsulot va ziravorlarni sterillash.
Stafilokokk intoksikatsiyalari.
Stafilokokk toksinidan zaharlanish ko‗pgina sut mahsulotlaridan: tvorog,
smetana, krem konditer mahsulotlari iste‘mol qilish natijasida ro‗y beradi.
Biroq
go‗sht va sabzavotli har xil taomlar ham stafilokokklarning rivojlanishi uchun
qulay muhit ekanligi hozir aniqlangan. Qoramol bilan
odam ham stafilokokklar
manbai hisoblanadi. Agar oziq-ovqat mahsulotlari stafilokokklar keltirib
chiqaradigan ovqatdan zaharlanishlar mastit bilan og‗rigan sigirlar sutini iste‘mol
qilganda yuzaga keladi, chunki sut mahsuloti kasal tarqatuvchi manba hisoblanadi.
Klinikasi. Kasallanish alomatlari 2-4 soat o‗tgandan so‗ng paydo bo‗ladi.
Stafilokokk intoksatsiyasining etakchi belgilari gastroenterit hisoblanadi.
To‗satdan bemor tez-tez qusadigan bo‗lib qoladi, qorinda
qattiq achishtiradigan
og‗riq (to‗sh sohasi ostida) paydo bo‗ladi, tez orada ich ketishi kuzatiladi,
ayrim
hollarda ich ketmasligi xam mumkin. Bemor darmonsizlanadi, boshi og‗riydi va
aylanadi, puls tezlashadi. Tana harorati odatda normal, sovuq ter chiqadi. Talvasa
tutadi. Kasallik qisqa vaqt kechadi. Odatda 1-2 kundan keyin bemor sog‗ayib
ketadi. O‗lim bilan tugagan hollar qayd qilinmagan.
Profilaktikasi quyidagilardan iborat:
1. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlashga aloqador shahslarning sog‗ligi
ustidan qat‘iy nazorat olib borish. Teri qatlamida qulog‗ida, ko‗zida, tamog‗ida
yiringli kasalliklar va yuqori nafas yo‗llarida yallig‗lanish belgilari bo‗lgan
shaxslar oziq-ovqat mahsulotlari bilan aloqador ishga qo‗yilmaydi.
39
2. Mastit kasalligiga uchragan hayvonlardan sog‗ib
olingan sutni ichishni
ta‘qiqlash.
3. Oziq-ovqat korxonalarining xodimlari orasida stafilokokk tashuvchanlikni
aniqlash, ustidan doimo nazorat olib borish, burun-xalqum va chirigan tishlarni o‗z
vaqtida davolatishlari kerak.
4. Sut,
sut mahsulotlari, kremli konditer taomlar shuningdek tez buziladigan
boshqa mahsulotlarni sovitiladigan xonalarda saqlash.
Dostları ilə paylaş: