Ekran vositalari – bunga diafilm, diapozitiv va kinofilmlar kiradi.
Estetik tarbiyaning vazifasi – bu tabiatda go’zallikni bunyodga keltirish va uni muhofaza qilish, tabiatni idrok etish, tabiatda hamda jamiyatda xulq-atvor hamda muomala madaniyati qoidalariga rioya qilishdir.
Ekskursiya darsi – bu o’qitishning eng yuqori ko’rgazmalilik va o’quvchilarning ijodiy mustaqilligiga asoslangan maxsus shaklidir.
Ekskursiya jarayonida foydalaniladigan metodlar – og’zaki (hikoya, suhbat, tushuntirish), ko’rgazmali (suhbat jarayonida kuzatish) va amaliy (o’quvchilarning amaliy ishlariga rahbarlik qilish).
Ekskursiya darsining bosh didaktik maqsadi – mehnatsevarlikni tarbiyalash, mehnat uquvlarini singdirish, tabiatshunoslik bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirishdir.
Ekskursiya darsining asosiy struktura elementlari – tashkiliy qism, o’qituvchining yo’l-yo’riq berishi, o’quvchilarning mustaqil ishlashidir.
Ekskursiyadan keyingi tabiatshunoslik maqolalarini o’qishni ahamiyati – bu darslarni o’tishda ekskursiyada olingan bilimlar rasm yoki yozuvlar tarzida mustahkamlanadi.
Eksperiment – ko’pincha fiziologik prosesslarni o’rganishda o’tkaziladigan tajribalar.
Eksperiment turlari – bu qisqa va uzoq muddatli turlarga bo’linadi.
Yakka tushunchalar – bu yoki boshqa narsalarga, hodisalarga xos bo’lgan yakka belgilardir.
Qabul qilish – odam tomonidan atrof-olam jismlari va hodisalarini sezgilarga bevosita ta’sir qilishida aks ettirilishidir.
Qisqa muddatli kuzatishlar – bular biror narsani qabul qilib olish uchun o’tkaziladi. Hayvonlarning harakatlanishini kuzatish bunga misol bo’lishi mumkin.
Qurilma va inshootlar – bunga shaxta, domna pechi, suv va shamol harakatlantiruvchilari kabilarning modellari kiradi.
Hikoya turlari – aytib berish, ta’riflash, xarakterlash, tushuntirish, muhokama qilish.
Jonsiz tabiat jismlari – bularga Quyosh, oy, yulduzlar, yer, havo,toshlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |