Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə5/107
tarix18.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#116153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
AL-XORAZMIY. Abu Abdullo ibn Muhammad Muso Al Xorazmiy jahon matematika fanining asoschilaridan va bilimga ega bo’lgan O’rta Osiyo olimlaridan hisoblanadi.
Al-Xorazmiy IX asr boshlarida Bog’dodda O’rta Osiyolik olimlar Al-Ahmad Ibn Kasir Al-Farg’oniy, Abbos ibn Javhariy bilan «Ma’mun akademiyasini» (Bayli ul Hikmat) boshqara boshlaydi.
1982 yili Bog’dod xalifasi Ma’mun al-Xorazmiyga «Yer va Osmon xaritasini» tuzish ishini boshqarishni topshirdi. Xarita ustida ko’p olimlar 84 yilgacha tadqiqot ishlarini olib borishadi. Xorazmiy 847 yili bu tadqiqotlarni umumlashtirib «Yer tasviri kitobi» yoki geografiya Xorazmiy to’plangan butun dunyo, qit’alar, okeanlar, qutublar, ekvatorlar, sahrolar, ko’llar, o’rmonu barcha mamlakatlar, o’lkalar u yerdagi hayvonot va o’simliklar dunyosi boshqa tabiiy resurslar, aholi ularni tarqalish xususiyatlari urf odati, hunari, zichligi haqidagi tabiiy ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Al Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan matematika va geografiyaga oid asarlari anchagina.
Xorazmiy ijodida jug’rofiya fani muhim o’rin tutgan. U o’zining «Suratil Arz» («Yerning tasviri», ya’ni «Jug’rofiya») asarida Osiyo, Ovrupa va Afrika qit’alarini aniq tasvirlagan, juda ko’p joylarga jug’rofiy tafsilot bergan. Dunyodagi birinchi jug’rofiy atlas (xaritalar majmuasi)ni tuzishga katta hissa qo’shgan.
Xorazmiyning astronomiyaga oid asari, Yerning o’lchami haqidagi fikrlari, O’rta Sharq, Ovrupada astranomiya fanining rivojiga ulkan hissa bo’lib qo’shilgan.
Mashhur o’zbek riyoziyuni (matematigi) Muhammad Xorazmiy hozirgi zamon algebra fani va «Algoritm» sohasining otasi hisoblanadi. «Algebra» uning «Al jabr» asaridan, «Algoritm» esa «Al Xorazmiy» dan olingan.
JAYHONIY. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Nasr Jayhoniy 870 yili Buxoroda tug’ilgan. Jahoniy o’z davrining yirik davlat arbobi bo’libgina qolmay,balki o’ta o’qimishli va bilimdon olim ham edi.
U vazirlik lavozimidan foydalanib, dunyoning turli mamlakatlariga sayohatchilarni yubordi. Ular to’plagan ilmiy materiallarni chuqur tahlil qildi va mazkur tadqiqotlari asosida asarlar yozdi.
Olimni dunyoviy fanlar to’g’risida yozgan kitoblari juda ko’p bo’lib, ularni Maqsudiy, Beruniy, «Hudud ul-olam» asarlarining noma’lum muallifi, ibn Rustam Al-Bakriy kabi olimlar o’z asarlarida foydalanib kelganlar.
Jayhoniyning «kitob ul-masolik va mamolik» (masofalar va mamlakatlar haqida kitob) 911-922 yilda yozilgan. A.R.Beruniy o’zining «Mineralogiya» asarida Jayhoniy asarlarida ko’rsatilgan minerallardan ular haqidagi ma’lumotlardan keng foydalangan.
Jayhoniy o’z asarlarida O’rta Osiyo, Hindiston, Xitoy, Sanardey (Seylon) Eron qazilma boyliklari, tabiiy resurslari haqida mukammal ma’lumotlar keltirilgan. Hindiston qirg’oqlarida shunday o’ziga xos o’simliklar o’sadiki ular boshqa yerlarda uchramaydi. Sarandey (Seylon) Hindistonda ajoyib qushlar va hayvonlar tarqalganligini ko’rsatadi.
Jayhoniyning asarlarida O’rta Osiyo Xuroson o’lkasida yashovchi xalqlar geografik chegaralar, ularni ijtimoiy va ma’muriy faoliyati hunarmandchiligi, tabiiy resurslari ifodalangan. Mahalliy dorivor o’simliklar va hayvonlardan olinadigan dorivorlar uchun tabiatdagi roli haqida ma’lumot berilgan.
Jayhoniy nafaqat davlat arbobi, u mashhur tabib ham bo’lgan. Yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchilarga qo’l berib ko’rishganda yuvilmagan qo’l orqali o’tishini yaxshi bilgan. Xonaki hayvonlar it, mushuk, odamlarda yashaydigan gijja, tekinxo’r chuvalchanglar yuqumli kasallikni tashib yuruvchi deb bilgan va choralarini ko’rgan olim hisoblanadi.
Jayhoniy o’simliklarni o’zgarishini, baland tog’li joylarda kislorod kamligi paytlarda daraxtlar o’zgaradi deb keng sharhlaydi. Jayhoniy qoldirgan boy ilmiy meros O’rta Osiyo va qo’shni mamlakatlar tabiati o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy resurslari hishloq xo’jaligi va tibbiyot fanlari tarixini o’rganishda alohida ahamiyatga egadir.
ABU NASR FAROBIY. Abu Nasr ibn Uzlug ibn Jarhon Farobiy 873 yili Toshkentning shimoliy g’arbida joylashgan, keyinchalik tarixda O’tror nomi bilan nom qozongan Farobda xizmatchi oilasida tug’ildi. Farobiy o’z zamonasining yirik tibbiyot nazariyotchisi va bu sohada o’nlab ilmiy asarlar muallifidir. Ularning umumiy miqdori 160 dan ortiq bo’lib astronomiya, falsafa, tarix, mantiq, psixologiya, musiqa, tabiatshunoslik, tibbiyot,ximiya sohalarini qamrab oladi.
Uning tabiatshunoslikka doir «Inson a’zolari» haqida risola «Hayvon a’zolari», Aristotel bilan Galen o’rtasidagi munosabat kabi asarlari alohida ahamiyatga ega bo’lib ular inson va hayvonlar organlari, ularning funksiyasi bir-biriga o’xshash tomonlari, yoritilgan tirik organizmlar anatomiyasi fiziologiyasi, psixologiyasi fanlarga asos solgan olim.
Inson organizmi, uning funksiyasi haqida gapirar ekan Farobiy organizm bir butun va yaxlit sistemadan iboratligini, turli o’zgarishlar vaqtida kasalliklar esa ovqatlanishning buzulishi bilan bog’liqligini ko’rsatib o’tdi.
Odam kelib chiqishi haqida yanada ilg’or fikrini olg’a suradi. Inson dastavval tabiatdan, aynan hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan u garchi fikrlovchi inson qiyofasini olgan bo’lsa ham baribir, u ajdodi-hayvonlar bilan ba’zi o’xshashliklari saqlanib qolgan, odam organizmi miya nerv sistemasi orqali boshqariladi, bosh miya organizmda o’zaro munosabatni yuzaga keltirib turadi. Shunday qilib Farobiy hayvonlarda nutq o’smagan - birlamchi signal sistemaga buysunuvchilar deb, ko’rsatgan bo’lsa, odamlarni nutqiy fazilati o’sgan ikkinchi signal sistemaga xos fazilatli deb topgan.
Farobiy hali Yevropa olimlariga qadar xususan rus fiziologi I.M.Sechenovgacha 1000 yil avval fiziologiya fanining fundamental asosi bo’lgan birlamchi va ikkilamchi signal sistemasini rivojiga ilmiy asos solgan.
Tabatshunoslik 2 xil tanlashni tan oladi. Inson qo’li bilan va faoliyati bilan yuzaga kelgan tanlash va tabiatni o’zi yartgan va yaratadigan tanlash.
Farobiy o’z asarlarida sun’iy (inson yordamida) turlarining vujudga kelishini va tabiiy (inson aralashuvisiz) o’simlik va hayvonlari turlarini vujudga kelishini dunyoda 1 chi bo’lib tariflaydi va Ch.Darvingacha 1000 yil avval Farobiy 1 chi bo’lib hal qilgan.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin