Tayanch iboralar: tabiat fanlari, sharq mutafakkirlari, Al-Xorazmiy, Jayhoniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Zahriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug’bek, Abu Ali ibn Sino va boshqalar
Ma’lumki, tabiatshunoslik fanining rivojlanishi uzoq o’tmishga ega. Botanika va zoologiyadan bilimga ega bo’lmay turib, o’simlikshunoslik va chorvachilik, tuproqshunosliksiz esa agrotexnikani rasional rivojlantirish mumkin emas. Tabiyotning olamshumul yutuqlarini ro’yobga chiqarishda hozirgi zamon biologiyasining roli beqiyos.
Tabiyot fanlari ham inson g’or va chaylalarda yashab, o’zlarining kundalik ehtiyojlari uchun yovvoyi hayvonlarni ovlab tirikchilik qilib yurgan davrlardayoq boshlangan. Davrlar o’tishi bilan bunday ifodali tasvirlar shakllanib ov manzaralari ovlanadigan hayvonlar va o’simliklar shakllarini har xil toshlarga o’yib avlodlar mulki sifatida kelgusi avlodlarga va yoshlarga meros qilib qoldirganlar.
Jamiyat taraqqiyoti rivojlangan sari uning murakkab jarayonlarini yengillashtirish omillari ham vujudga kela boshlagan.
Mana shunday omillardan biri yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish va iste’molbob o’simliklar urug’ini ko’paytirish usuli bo’lib ular inson yashaydigan manzilgohlarda doimo topilavermaganligi va ob-havo, iqlim sharoiti ham salbiy ta’sir etganligi tufayli vujudga kelgan. Bu esa o’z navbatida chorvachilik, hunarmandchilik va ibtidoiy san’at kurtaklarini vujudga keltirgan.
Inson hayot kechirishi zaruriyati omili bo’lib hunarmandchilik yuzaga kela boshlagan dastlabki davrlarda tosh, yog’ochdan foydalanib hayvonlarni ovlash va tirikchilik qilish, ular mahsulotlaridan esa zaruriy buyumlar yasash maqsadida foydalangan, bu esa o’z navbatida dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashga olib keladi.
Shunday qilib, miloddan ming yillar avval dastlabki yozuvlar tarzida oram xati, so’ng sug’d, baqtriya va urxun-yenisey yozuvlari vujudga keldi. Keyinchalik dastlabki yozuvlar mutassil o’zgarib, takomillashib bordi. Shu bilan birga tabiat, borliq, o’simlik va hayvonot dunyosi haqidagi kuzatishlar kengaya va chuqurlasha bordi va tabiyot fanlari, u o’rganayotgan jarayonlar va hodisalar haqidagi tushunchalar ham takomillasha bordi.
Tabiat hodisalarining takomillashib, evolyusion tarzda rivojlanib borishdagi tushuncha va ta’limotlar. Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalarning asarlaridan o’z ifodasini topgan. Bu allomalarning asarlari astronomiya, matematika, geologiya, mantiq, grammatika, muzika, metrologiya, tipografiya, harbiy fanlar, axloq, siyosat bilan birga dehqonchilik, hunarmandchilik ov san’ati, tibbiyot va tabiyot kabi fanlarning rivojlanishiga ilmiy asos bo’ldi.
O’rta Osiyo Mutafakkirlarining ilg’or g’oyalari.
Uyg’onish davridagi tabiyot ilmiyning, shuningdek G’arbiy Yevropadagi tabiyot ilmining yutuqlari, umumiy biologiya xususiy, anatomiya, fiziologiya va psixologiyaning rivojlanishi uchun asos bo’ldi. Tabiatning evolyusion rivojlanish nazariyasi, soddadan murakkabga o’sib borish o’zgaruvchanlik, birlamchi va ikkilamchi signal sistemalari tabiiy va sun’iy tanlash masalalari G’arbiy Yevropa olimlariga qadar 800-900 yil oldin O’rta Osiyo olimlari tomonidan asoslanib berilganligi fikrimiz dalilidir.
O’rta Osiyoda yashab o’z asarlari bilan jahon tabiiy fanlar rivojiga barakali hissa qo’shgan olimlarning Ibn Sinoning ustozi tabiatshunos Abu Abdullo Natiliy (X-XI asr), botanik (hashshob) Abu Hanifa Dinavariy (815-896), Xotam Roziy, A.B. Roziy, A.B. Naabulisiy, M.Ulug’bek, Z.M.Bobur shular jumlasidandir.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov shunday ta’kidlangan: «Yurtimizni azaldan daholar yurti deb, haqli ravishda hamisha faxrlanib kelamiz. Imom Buxoriy, Ibn Sino, Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur kabi buyuk allomalarimiz o’zlarining yorqin iste’dodlari bilan butun jahonga dong taratganlar, bularni biz kelajak avlod ongiga singdirib borishimiz kerak».
Shuning uchun, ham biz ana shu mutaffakirlarimizning insonni o’rab turgan tabiat bilan aloqalari haqidagi qarashlari bilan qisqacha tanishib o’tamiz.
Dostları ilə paylaş: |