13 – mavzu Tajriba – tabiatshunoslikni o’qitishning yetakchi uslubi sifatida, amaliy uslublar va uning turlari.
1. Tajriba – tabiatshunoslikni o’qitishning yetakchi uslubi ekanligi
2. Tabiatshunoslikni o’qitish metodlari sistemasida amaliy ishlar
3. Sinfda amaliy mashg’ulotlar va uni olib borishga qo’yiladigan talablar
4. Ekskursiyalarda amaliy ishlar va uni olib borishga qo’yiladigan talablar
5. Eksperimentlar va uni bajarishdagi metodik uslublar
Adabiyotlar ro’yxati
Asosiy adabiyotlar: 5, 10, 18, 28, 29.
Qo’shimcha adabiyotlar: 4, 7, 9, 16, 33.
Tayanch iboralar: Tajriba oddiy tajribalar, murakkab tajribalar, amaliy metodlar, tarqatma didaktik material, rasm solish, sinfda amaliy mashg’ulotlar, ekskursiyalarda amaliy ishlar, eksperiment
Tajribalar atrof tabiatni bilishning samarali metodi hisoblanadi, chunki ularda bolalarni qiziqtiradigan elementlar bo’ladi. Bolalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, kuzatuvchanlik, mantiqiy fikr yuritishni, nutqni tarbiyalashda tajribalar katta ahamiyatga ega. Bolalar kishilar tabiatni o’zgartirishda tajribalar chinakam vosita bo’lishini ko’rish kerak. Tajribalarni o’quvchilar asosan mustaqil holda o’tkazadilar. Asboblar va moddalar bilan juda ehtiyot bo’lib ishlash talab qilinadigan tajribalarni o’qituvchining o’zi o’tkazadi.
Tajriba qo’yishdan oldin o’quvchilar undan ko’zlangan maqsadni yaxshi tushunib olishlari, tegishli anjomlar (moddalar, asboblar va boshqalar) bilan tanishib chiqishlari kerak. Tajribani o’tkazish va uning borishi hamda natijalarini «Kundalik kuzatish daftari»ga yoki tutilgan daftarlarga yozib borish uchun bolalar bilan birgalikda batafsil ishlab chiqilgan reja bo’lishi zarur. Tajribalar natijalari ham daftarlarga yoritiladi va xulosalar qilinadi.
Sinfda, maktab o’quv-tajriba maydonchasida va joylarda olib boriladigan amaliy ishlardan maqsad bilimlarni o’zlashtirib olishdagina emas, balki ma’lum malaka va ko’nikmalarni egallab olishda ham o’quvchilarga yordam berishdan iborat. Bunday ishlarga, masalan, tabiat ustidan kuzatuv olib borish; kuzatuv natijalarini yozib borish va ishlab chiqish malakasini egallashga, gerbariy, kolleksiyalar, ko’rgazmali qo’llanmalar tayyorlashga o’lchov ishlarini bajarishga (havoning harorati, gnomon soyasining uzunligi va boshqalarni o’lchashga) qaratilgan ishlar; tuproqning xossalarini, foydali qazilmalarni, odamning tanasini va shaxsiy hamda jamoat gigenasi qoidalarini o’rganishga bog’liq bo’lgan amaliy ishlar kiradi.
O’quvchilarning har bir amaliy ishi oldindan yaxshilab tayyorlangan, to’g’ri tashkil etilgan, aniq rejalashtirilgan bo’lsa, topshiriqlar mazmuni o’ylab tuzilgan bo’lsagina ular samarali natija berishi mumkin.
Tajriba tabiatshunoslikni o’qitishning yetakchi uslubi ekanligi, hamda ba’zi turdagi amaliy ishlarni tayyorlash, tashkil etish va ularni o’zlariga xos xususiyatlari, shuningdek ahamiyati bilan tanishamiz.
Tajriba – tabiatshunoslikni o’qitishning amaliy metodidir. Tajriba – o’qitish metodi bo’lib, uning yordamida o’rganilayotgan hodisa qonuniyatini aniqlashga yordam beruvchi sharoitlar yaratiladi. Tajribalar o’tkazishda o’quvchilarda boshqa metodlar bilan egallash mumkin bo’lmagan tabiatshunoslik tasavvurlari shakllanadi.
Tajribalar atrof olamni bilib olishning qiziqarli va samarali metodidir. Ular ilmiy dunyo qarashni shakllantirish, kuzatuvchanlik, mantiqiy tafakkur va nutqni mashqlantirishda katta ahamiyatga ega. U dunyoning moddiyligini, uni idrok qilib olish mumkinligini tasdiqlovchi har xil tabiat jismlarning xossalarini blib olishning chinakam ilmiy metodidir.
Tajribalar mavhum tushunchalarni konkret tushunchalarga aylantirishda bolalarga yordam beradi. Masalan, ularfaqat tajriba jarayonidangina termometrning simob ustuni haroratning o’zgarishiga qarab ko’tarilishi va pasayishiga ishonch hosil qiladilar. Faqat tajribagina suvning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishini ko’rsatadi.
Oddiy tajribalar o’quvchilar tomonidan uy sharoitlarida, o’quv-tajriba uchastkasida yoki tirik tabiat burchagida mustaqil bajariladi. Murakkabroq tajribalarni o’qituvchi darsda namoyish qiladi. Shuni esda tutish kerakki, mazmuni jahatidan eng odiy tajriba faqat konkret bilim berishi bilangina emas, balki kuzatish jarayonini fahmlashga, uning natijalarini ta’riflashga yordam berishi bilan ham qimmatlidir.
Faraz qilaylik, o’quvchilar darsda Quyoshning Yer yuzasiga nisbatan holatiga qarab kuzda sovib borish to’g’risida bilim olishlari kerak. Bu hodisani tushuntirish uchun o’qituvchi tajriba o’tkazadi. U yonib turgan shamga ingichka qog’oz tasmachasini tutadi. Bitta tasmani shamning tepasida, ikkinchisini shamdan sal uzoqroqda ushlab turadi. O’quvchilar qog’oz tasmalarning qaysinisi oldinroq yonganligini aytishlari va nima uchunligini tushuntirishlari kerak. O’quvchilar bu tajribaning yozda va kuzda Quyosh nurlarining yer yuzasini isitishini tushuntirishga yordam berishini payqashlari kerak.
Tajribaning borishini kuzatib, o’quvchilar kuzda Quyosh yer ustida kun sayin tobora pasayishi to’g’risida xulosalar chiqaradilar. Uning qiya tushayotgan nurlari yer yuzasiga siyg’anib o’tadi va havoni isitmaydi. Shuning uchun ham kuzda sovuq tusha boshlaydi.
Materialni mustahkamlash uchun o’qituvchi namoyish qilgan va o’quvchilarning o’zlari o’tkazgan tajribalarning rasmini chizish yoki ularni ta’riflab yozish, ba’zi hollarda uni ham, buni ham qilish kerak. Asbob va moddalar bilan ishlashda ehtiyotlikni talab qiluvchi tajribalarni o’qituvchining o’zi o’tkazadi. Har qaysi tajribani boshlashdan oldin o’quvchilarga uning maqsadini, tajriba o’tkazishda nima uchun xuddi shu asbob va moddalar olinganligini yaxshilab tushuntirish, tajribaning o’tkazilishini hikoya qilib berish rejasini yozish kerak.
Dostları ilə paylaş: |