Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə53/107
tarix18.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#116153
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   107
Takrorlash – umumlashtirish darslarida suratlardan tashqari ilgari notanish bo’lgan otkritkalardan, kitob. Jurnal va gazetalarning suratlaridan foydalaniladi, bu materialning o’zlashtirilishini tekshirishga yordam beradi.
Suratlar bilan ishlashda ularning mazmunidan to’g’ri foydalanish, bolalarning kuzatishlariga to’g’ri rahbarlik qilish kerak. Tabiatshunoslik darslarini tasvirlashda (tasvirlar bilan ta’minlashda) O’zbekiston tabiatini madh etgan xalq rassomi O’rol Tansiqboyevning suratlari boy imkoniyatlar beradi. Masalan, qudratli daryoning ulkan manzarasini, jonajon jumhuriyat qiyofasin tasvirlagan «Sirdaryo» manzara suratidan «Tabiatda suv» mavzusini o’tishda manzara suratidan «Tabiatda suv» mavzusini o’tishda foydalanish mumkin. «Qoraqum GES», «Jonajon o’lka», «Sug’orish», va boshqa zamonaning hayotiy his bilan belgilangan suratlari «Jonajon o’lka tabiati» mavzusini o’rganishda yaxshi tasvi bo’lib xizmat qiladi. «Tog’dagi bog’lar», «Olmaliqqa yo’l», «Traktorchilar o’tov», «Chirchiq vodiysi», «Burg’ilash minorasi» nomli suratlarda odamlarning o’zgartiruvchilik faoliyati bimlan bog’liq bo’lgan ohanglar ustun keladi.
Rasmlarni ko’rishdan olingan taassurotlarni o’chmasligi uchun ularning soni ko’p bo’lmasin. Suratlar bir nechta bo’lganda mazmunni yaxshiroq o’zlashtirib olishga yordam beruvchi metodik uslub-taqqoslashdan foydalanish mumkin. Suratni darslik bilan ishlashga ham qo’shish mumkin, masalan, darslik matnidan suratning mazmuniga muvofiq keladigan ta’riflar tanlanadi. Bunday topshir o’quvchilarni suratga e’tibor bilan qarashga va bir paytning o’zida o’qilganlarning mazmunini yaxshiroq tushunib olishga majbur qiladi. Surat mazmunini o’quvchilarning o’zlari tomonidan aytib berishlari ularda umumlashtirish uquvlarini shakllantiradi, kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining analitik-sintetik faoliyatini rivojlantiradi.
Kuzatish – bu tabiat jismlari va hodisalarini tabiiy sharoitlarda maqsadga yo’nalgan holda bevosita shu hodisalarni borishiga aralashmasdan sezgilar bilan qabul qilib olish yoki laboratoriya sharoitida uni qayta tiklashdir.
Ko’rgazmali metodlarda o’quvchilarning kuzatishi amaliy metod sifatidagi kuzatishdan tubdan farq qiladi. Birinchi holatda o’quvchilar o’qituvchi tomonidan namoyish qilinayotgan tablisa, tajriba va shunga o’xshashlarni kuzatadilar. Ikkinchi holatda o’quvchilar kuzatish ish bajaradilar, o’simliklarni yoki ularni qismlarini o’lchaydilar, hisoblaydilar, yozadilar, rasmini chizadilar, quritadilar va hokazo. Bu kuzatish natijasida o’quvchi kuzatgan hodisasini isbotlovchi material topshiriladi. Bunday kuzatish, aniqlash va eksperiment kabi darsda uyda ekskursiyada va maktab uchastkasida o’tkazilishi mumkin.
Bunda ular o’quvchilar tomonidan o’qituvchining bevosita rahbarligining og’zaki va yozma topshiriq bo’yicha mustaqil ravishda bajaradilar. N.P.Pavlov «Kuzatish tabiat taqdim qilganlarni to’playdi, tajriba esa tabiatdan o’z istagini oladi» deb yozgan edi.
Kuzatishlar o’zining bajarilishi muddati bo’yicha ikki: qisqa muddatli va uzoq muddatli gruppalarga bo’linadi. Qisqa muddatli kuzatishlar butunlay dars strukturasiga kiritiladi va tarqatma material bilan bajariladi. Ammo kuzatishning borishi va natijalari darsda namoyish qilinadi. O’quvchilar qisqa muddatli kuzatishlarni o’quvchining topshirig’i bilan ekskursiyalarda o’tkazadilar (tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlarni ta’riflash) muayyan sharoitlarda o’simliklarni yig’ish. Tabiatda olib boriladigan uzoq muddatli fenologik kuzatishlar va maktab yer uchastkasidagi kuzatishlar keng qo’llaniladi.
Kuzatish - tabiatni o’rganishning ko’rgazmali metodidir. Tabiatshunoslikni kuzatish deganda atrof borliqning jism va hodisalarini rejali ravishda, maqsadga yo’nalgan holda, ongli tashkillangan qabul qilish tushuniladi. Kuzatishlar ikki belgi: muayan maqsadning bo’lishi va diqqatni kuzatish obyektiga bilgan holda to’plash bilan xarakterlanadi.
O’qitishning boshlang’ich bosqichlarida o’qituvchi o’quvchilarning kuzatishlarini tashkil qila turib, ularni oldin safarbar qilishi yoki kuzatish mo’ljallangan narsani ongli qabul qilib olish uchun kerakli ma’lumotlarni bildirishi, kuzatiladigan obyektning muhim xususiyatlarini ajratishi, kuzatishning izchilligini ko’rsatish zarur. Kuzatishsiz o’quvchilar tabiat jismlari va hodisalari, ularning xususiyat hamda sifatlari, ular o’rtasida mavjud bog’lanishlar haqida to’g’ri tasavvurlar ololmaydilar.
O’quvchilarda tegishli tasavvurlarning hosil bo’lishi qabul qilishning boyligi va to’liqligiga bog’liqdir. Kuzatishda o’quvchilar faqat kuzatilayotgan obyektlarning tomoshabinigina bo’lib qolmasdan, balki ularning xarakterli xususiyatlarini bilib olishga intiladilar. Masalan, chinor va zarangning barg rangidagi o’zgarishlarni kuzatib, o’quvchilar shu o’simlik barglarini taqqoslaydilar va ularning farq qiladigan hamda umumiy belgilarini aniqlaydilar: zarang, shumtol, chinor, teraklarning mevalarini qarab chiqib, o’quvchilar bu mevalar bir-biridan nima bilan farq qilishini, ularning shakli va rangini aniqlaydilar, yashik yoki uchastkaga o’simlik urug’larini ekib, bolalar o’simtaning qanday yorib chiqayotganligini birinchi barglar qanday vujudga kelayotganini va o’simlikning rivojlanayotganligini kuzatadilar.
Jism va hodisalarni kuzatish, ularni taqqoslash, o’xshashlik va farqlarini aniqlash tafakkur, diqqat va irodani rivojlanishiga yordam beradi. Kuzatish jarayonida, shuningdek amaliy xarakterdagi bilimlar, masalan, o’simliklar dunyosining xarakteriga qarab, joyda oriyentirlash; hayvon va o’simliklarning xulq-atvoriga, tabiatdagi o’zgarishlarga qarab, ob-havoning o’zgarishini oldindan aytib berish; taxnika mehnati darslarida tabiatshunoslik materialidan foydalana olish (tabiiy materiallar – mevalar, urug’lar, barglar, po’stloq bilan ishlash) uquvlari hosil qiladilar.
1-3-sinflardagi kuzatishlardan o’quv shaklining eng xilma-xil shakllarida: 1) sinfdagi dars va amaliy mashg’ulotlarda; 2) ekskursiyalarda; 3) tirik tabiat burchagi va maktaboldi uchastkasidagi mustaqil mashg’ulotlarda; 4) uy vazifalarini bajarishda foydalanish kerak.
Kuzatishlar davomiyligi va xarakteri bo’yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. Qisqa muddatli kuzatishlar biror narsani qabul qilib olish uchun o’tkaziladi. Hayvonlar (kirpi, toshbaqa, shoxilon, kapalak, ninachi)ning harakatlanishini kuzatish qisqa muddatla kuzatishga misol bo’lishi mumkin.
Uzoq muddatli kuzatishlar vaqt oraliqlari bilan bo’lingan, lekin yagona uzluksiz jarayonni hosil qilgan qator hodisalarni qamrab oladi. Bunga o’simlikning o’sishini, daraxtlardagi barglar rangining o’zgarishini, qushlarning uchib ketishini va hokazolarni kuzatishlar misol bo’lishi mumkin. Ular qator qisqa vaqtli kuzatishlardan tashkil topadi. Uzoq vaqtli kuzatishlar hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarni, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlashga yordam beradi. Bular kurtakdan bargning rivojlanishini, tut ipak qurtining rivojlanishini kuzatishlar bo’lishi mumkin. Kuzatishlar oqibatida o’quvchilar taraqqiyot davrlarining izchilligini va ular o’rtasidagi aloqalarni belgilaydilar. Kuzatishlar kollektiv (butun sinf bilan bir vaqtda) yoki yakka (har bir o’quvchi mustaqil kuzatadi) holda bo’lishi mumkin.
Kuzatish uchun oson (uddalasa bo’ladigan) obyektlarni tanlash zarur. Kuzatishlar o’lkashunoslik xarakterida bo’lsin. Juda murakkab va tushunarli bo’lmagan hodisa va narsalarni tanlash kerak emas. Bu o’quvchilar qiziqishini sovitishi va kuzatishni adashtirib yuborishi mumkin. Tanlangan shakllardan qat’i nazar 1-4-sinf o’quvchilari uchun o’lkashunoslik kuzatishlari albatta sistemali bo’lishi kerak. Bundan tashqari o’lkashunoslik kuzatishlar kompleksi albatta tabiatshunoslik bilimlarini tushunib olishga, idrok qilish faolligini, tabiatga qiziqish va muhabbatni rivojlantirishga, atrof tabiat obyektlari to’g’risidagi bilimlarni kengaytirishga yo’naltirilmog’i lozim.
1-2-sinflarda tabiatni kuzatish uchun atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha darslardan foydalanadi. 3-4 sinflarda kuzatishlar sistemasi «Jonajon o’lka tabiati» mavzusi bilan bog’liq holda mavsumiylik prinsipi asosida tuziladi.
Tabiat ustidan olib boriladigan kuzatishlar sistemasiga ushbu tushunchalarni: jonli va jonsiz tabiat, mevali va manzarali daraxtlar, erta gullovchi o’simliklar, texnika ekinlari, suv o’simliklari, sabzavot va poliz ekinlari, g’alla ekinlari, hasharotlar, baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilar, qushlarni kiritish mumkin.
Kuzatishlarning natijalari yil fasllari bo’yicha kuzatishlar kundaligi va sinfning tabiat va mehnat kalendarida qayd qilib boriladi. Alohida e’tibor Quyosh balandligining, kun va tun uzunligining, yil fasllari bo’yicha o’zgarishni kuzatishlarga qaratiladi. Bu kuzatishlar o’quvchilarga tabiat va odamlar mehnat faoliyatidagi mavsumiy o’zgarigshlar sabablarini aniqlash imkoniyatini beradi.
Kuzatishlar kundaligida maxsus maqola berilgan bo’lib, u bolalarni kuzatishlar o’tkazishga o’rgatishda yordam beradi. Ularga «Yozda siz tabiatda nimalarni kuzatdingiz?», «Kuzatishga o’rganing», «Kuzda tabiatni kuzatish natijalari», «Tabiat va odamlar mehnatidagi bahorgi va yozgi o’zgarishlar to’g’risida nimalarni bildingiz?» kabi maqolalar kiradi. Bu topshiriqlarning maqsadi – bolalarni kuzatishlarga qiziqtirish, kuzatish natijalarini diagramma, tablisa, suratlar, yozuvlar ko’rinishida rasmiylashtirishga o’rgatishdir.
Tabiat va mehnat kalendariga kuzatish ma’lumotlarini har kuni yozib borish kuzatishlarga turg’un qiziqishni singdiruvchi maqsadga muvofiq uslublardan hisoblanadi. Shu maqsadda o’quvchilardan biri doskaga taklif qilinadi, u ob-havoni batafsil ta’riflaydi, kun davomida tabiat va odamlar mehnatida qanaqa qiziqarli holatlar bo’lganligi to’g’risida gapirib beradi. Uning javobini o’rtoqlari to’ldiradi va aniqlaydi. Javob o’qituvchi tomonidan albatta baholanadi, kuzatish kalendarga yoziladi.
Tabiat va mehnat kalendariga yozilgan ma’lumotlarni faqat tabiatshunoslik darslaridagina emas, balki matematika (zarur hisoblashlar qilish, masalalar tuzish, diagramma chizish), ona tili (insho tayyorlash, biror davrda tabiatni ko’rsatish uchun she’rlar va prozadan parchalar tanlash), mehnat ta’limining qishloq xo’jalik mehnati bo’limi (biror davrdagi ob-havo o’quv-tajriba uchastkasidagi o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga qanday ta’sir ko’rsatganligini tahlil qilish) darslarida ham umumlashtirish mumkin.
Bolalarni narsa va hodisalarni ko’ra olish, eshitish va qabul qilib olishga o’rgatish – boshlang’ich sinf o’qituvchisining eng muhim vazifalardan biridir. Bolalar ko’pincha ikkita tanish daraxtga (masalan, chinor va zarangga) qaraydilaru, ularni bir-biridan ajrata olmaydilar. Bolalar suratni ko’rib, undagi eng muhim tomonlarni ko’ra oladilar, deb hisoblab bo’lmaydi. O’qituvchi ular oldiga konkret obyektlarni topish, ularni ta’riflash, savollarga javob berish bo’yicha muayyan vazifa qo’yishi kerak.
Kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun bolalarni jism va hodisalarni taqqoslashga o’rgatish muhimdir. Kuzatish uchun biror narsani ko’rsata turib, o’qituvchi ularni nimaga o’xshashligini so’rashi kerak. O’xshashlikni aniqlab, o’quvchilar e’tiborini narsalar o’rtasidagi farqlarga qaratish kerak. Bunda kuzatishga iloji boricha ko’proq sezgi organlarni jalb qilish muhimdir. Bolalar ko’ribgina qolmasdan, kerak bo’lganda ushlab, hidlab ham ko’rsin va h.k.
Kuzatuvchanlik tabiatga, ishlab chiqarishga, muzeyga, fermaga, zooparkka ekskursiyalar o’tkazish vaqtida ham rivojlanadi. Bu ekskursiyalar shunday ko’rishgina emas, balki sinchiklab qarash, shunday eshitishgina emas, balki diqqat bilan quloq solish qobiliyatini tarbiyalaydi. Tabiatshunoslikni o’qitilishini to’g’ri qo’yilishi boshlang’ich maktabdayoq bolalarni tabiat jismlari va hodisalarini kuzatishga o’rgatadi.
Shunday qilib, tabiatshunoslikni o’qitishda ko’rgazmali uslubdan foydalanish bolalarda konkret faktik bilimlar to’planib, ular xotirasining boyib borishiga solishtirib, qiyoslab ko’rish ko’nikmasi ortib borishiga yordam beradi. Kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun darslarga o’yin turlarini kiritish foydalidir.
Tabiatshunoslik kursida fenologik kuzatuvlar alohida o’rin egallaydilar. O’qituvchining o’zi tegishli malaka va ko’nikmalarga ega bo’lsa, ana shundagina u bolalarni fenologik kuzatuvlarni to’g’ri o’tkazishga o’rgata oladi.
Tabiatning rivojlanishida har yili mavsumiy davriylikni kuzatamiz. Bu yil fasllari va jonli hamda jonsiz tabiatning ulardan har biri uchun xos bo’lgan hodisalardir. Jonli tabiatning mavsumiy rivojlanishi qonuniyatlarini muhit sharoitiga bog’lab o’rganadigan fan fenologiya deb ataladi.
Umumiy va xususiy fenologiya farq qilinadi. Umumiy fenologiya mavsumiy davriylikni juda ham xilma-xil va murakkab bo’lgan tabiatni o’z ichiga oluvchi yagona prosess sifatida o’rganadi. Jonli tabiatning mavsumiy rivojlanishi har bir biogeosenoz ekologik qonuniyatlarining kompleks ko’rsatkichi hisoblanadi. Bu ko’rsatkich harbir tabiat zonasi iqlimini o’rganishda olimlarga yordam beradi. Xususiy fenologiya mavsumiy hodisalarning butun kompleksini emas, balki o’simliklar yoki hayvonlarning rivojlanish fazalarini o’rganadi (fitofenologiya yoki zoofenologiya).
Har qanday organizm mazkur joyda necha ming yillar davomida yuzaga kelgan (o’z atrofidagi) muhit bilan birgalikda bir butunni tashkil etganidan kishilar o’simliklar bilan hayvonlarni yetishtirish yuzasidan olib boradigan ijodiy ishlarida mavsumiy hodisalarni kompleks tarzda o’rganmasdan iloji yo’q. Bunga tirik tabiat qonunlarini bilishga imkon beradigan umumiy fenologik kuzatuvlar yordamida erishish mumkin, xolos.
Umumiy fenologik kuzatuvlar haqiqiy tadqiqot ishining boshlang’ichi hisoblanadi va har qanday tadqiqot singari o’qituvchiga atrof-tabiatda u ilgari payqamagan narsalarni ko’rishga imkon beradi. O’qituvchi mohirlik bilan boshchilik qiladigan bo’lsa, fenologik kuzatuvlar o’quvchilarga ham tarbiyaviy jihatdan ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Maktabda umumiy fenologik kuzatuvlardan tabiatshunoslikka doir sinf mashg’ulotlarini joyning tabiati va xo’jaligi bilan bog’lab olib boriladigan metod sifatida foydalanish mumkin va lozim.
O’qituvchi ko’p yillik fenologik kuzatuvlarga asoslanib, jonajon o’lkaning ekologik xarakteristikasi uchun asos bo’lib qoladigan o’rtacha ko’rsatkichlarni chiqarib olishi kerak. Toshkent viloyatida bahor bilan kuz qanday o’tishini o’n yil davomida kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar jadvalga keltirilgan.
Yerning shakli, sutkalik va yillik harakatlari bilan hali tanish bo’lmagan uchinchi sinf o’quvchilariga tabiatdagi ko’pgina mavsumiy o’zgarishlarni ilmiy tarzda tushuntirib berish uchun Yer yuzasi ustida Quyosh holatining sutka davomida va turli mavsumda qanday o’zgarishini va shunga bog’liq holda turli o’zgarishini kuzatish muhim ahamiyatga ega. Mana shu kuzatuvlarni tashkil etish va o’tkazish ustida to’xtalib o’tamiz.
O’qituvchi birinchi mashg’ulotdayoq o’quvchilar tabiatshunoslik darslarida nimalarni o’rganishlari bilan tanishtiradi va ularga qaysi vaqtda tong otishini (qachon yop-yorug’ bo’lib ketishini) va qaysi vaqtda qorong’u tushushini (qachon hammayoq qop-qorong’u bo’lishini) hafta davomida «Kundalik kuzatish daftari» ga yozib borishni taklif etadi. Dastlabki 1 va 2 kunlari yozuvlarni bitkazishga bolalarga ota-onalar yordam berib turganlari ma’qul, chunki bolalarning ko’pchiligi soatga qarab vaqtni aniqlash malakasini hali egallab olmagan bo’ladi. (uchinchi sinf o’quvchilari vaqt birliklari bilan o’quv yilining birinchi choragida tanishadilar) Bolalar «Kundalik kuzatish daftari»ga yozib kelgan yozuvlarning to’g’riligini o’qituvchi har kuni matematika darsida tekshirib chiqadi. Hafta oxirida matematika darsida bolalarga «Kundalik kuzatish daftari»ni tayyorlab qo’yish va yonma-yon o’tirgan o’quvchilarga yozib kelingan yozuvlarning to’g’riligini bir-biringizdan tekshirib ko’ring, bu yozuvlar nimani bildirishini bir-biringizga tushuntirib bering deb taklif etiladi. Bolalar bu ishni qiziqish bilan bajarishadi, agar yozuvlarda ba’zi tafovutlar bo’lsa, olingan natijalarni muhokama qilishadi (bunday tafovutlar bo’lishi muqarrar, chunki bolalar kunning boshlanishi bilan oxirini ko’rsatadigan aniq mezonni hali bilishmaydi). Tong bilan oqshom boshlangan vaqtni hammadan ko’ra aniq belgilab kelgan ba’zi o’quvchilar o’z yozuvlarini darsda o’qib berishadi, boshqa o’quvchilar esa o’z yozuvlarida farq bo’lsa, ularni tuzatishadi. So’ngra o’qituvchi yonma-yon o’tirgan ikki o’quvchiga kun bilan tunning uzunligini hisoblab chiqishini taklif etadi. Sutka 24 soat bo’lishini bolalar endi bilishadi. Zarur hisoblarning bolalarni o’zlari bajarishlari muhim. O’qituvchi olingan natijalarni aniqlashtirib beradi va kun bilan tunning uzunligi ko’rsatkichlari bundan keyin o’zgarmasdan qolaveradimi yo’qmi, degan savolga javob berishni o’quvchilarga taklif etadi. Yilning turli fasllarida bu ko’rsatkichlar o’zgarib turishini bolalar endi bilishadi. Shu sababdan bu gapni tasdiqlab berish uchun kuzatuvlarni davom ettirish kerak bo’ladi. O’quvchilarga kun bilan tun uzunligining o’zgarib borishi ustidagi kuzatuvlarni oyiga bir marta, taxminan oyning 20-22 csansida olib borish (sentyabrda bunday ishni oy oxirida ham o’tkazish mumkin) va natijasini «Kundalik kuzatish daftari» ga yozib qo’yish vazifasi topshiriladi. Kuzgi va bahorgi tengkunlik, qishki va yozgi quyosh turishi davrlarining qachon boshlanishini bolalarning o’zlari kuzatish prosessida aniqlab oladigan bo’lishlari juda muhimdir.
Kun bilan tunning uzunligi o’zgarib borishi ustidagi kuzatuvlar bilan bir qatorda Quyoshning yer yuzasiga nisbatan holati, temperaturaning o’zgarishi ham kuzatib boriladi. O’quvchilar jonsiz tabiatning mana shu hodisalari o’rtasidagi bog’lanishni va o’simliklar bilan hayvonlar hayotida ro’y beradigan o’zgarishlarning shu hodisalarga bog’liqligini tez payqab oladilar. Jonli va jonsiz tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlarni kuzatib borish natijasida o’quv yili oxiriga kelib, o’quvchilarda jonajon o’lka tabiatining bir butunligi haqida yaxlit tushuncha hosil bo’lishi kerak. Kuzatuvlar maqsadini bolalar o’quv yilining boshidayoq anglab oladigan bo’lsa, bu narsa ularni tadqiqotchilar bilan bir qatorga qo’yadi, ish qiziqarli mashg’ulot tusiga kiradi. Mazkur ishni o’quvchilar diqqat bilan, juda aniq bajaradigan, unga ijod elementlarini kiritib boradigan bo’lish lariga erishmoq zarur.
Tarqatib chiqiladigan tabiiy materialni o’rganish prosessida bolalarda kuzatuvchanlik va diqqat-e’tibor rivojlanib boradi. O’qituvchi avval kuzatuvlarning batafsil planini berish va o’rganilayotgan obyektning muhim belgilari bilan xossalarini qay tariqa aniqlash kerakligini darslarning birida ko’rsatishi kerak xolos. Masalan, parkka (maktab uchastkasiga, tabiatga) ekskursiyaga chiqilganda bolalar o’z o’lkalarida eng ko’p tarqalgan ba’zi daraxtlar, butalar va o’tlar bilan tanishib, bargli va mevali shox-novdalar namunasini, yaxlit holdagi o’t o’simliklarni yig’ib keladilar. Keyingi darsda esa o’rganilayotgan shu o’simliklarning belgilari aniqlanadi. O’qituvchi yonma-yon o’tirgan ikkita o’quvchiga bir-biriga taqqoslash yo’li bilan daraxtlarning barglari va mevalarning tuzilishidagi o’xshashlik va farqni, yana ikkita o’quvchiga butalarning barglari bilan mevalari tuzilishidagi o’xshashlik va farqni topishni (agar bular bo’lsa), uchinchi juft o’quvchiga o’tsimon o’simliklarning organlari bilan tanishib, solishtirib ko’rishni va o’xshashlik hamda farqini aniqlashni taklif etadi. O’quvchilar ishni bajarar ekanlar, obyektlarni diqqat bilan ko’rib chiqadilar, o’z kuzatuvlari to’g’risida avval bir-birlariga so’zlab beradilar, keyin har bir gruppadan bitta o’quvchi o’z kuzatuvlarining natijasi to’g’risida butun sinfga gapirib beradi. Shu tariqa ularda o’rganilayotgan daraxtlar, butalar va o’tlar to’g’risida, ularning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida yaxlit tushuncha hosil bo’ladi, ular ko’rib chiqqan narsalarini yaxshiroq eslab qoladilar.
Oxirida o’qituvchi kuzatuvlar davomida aniqlangan ko’pdan-ko’p faktlarni umumlashtirishga va o’simliklarning yashash muhiti bilan o’zaro bog’liqligi to’g’risida xulosa chiqarishga yordam beradi.
Keyinchalik o’qituvchi bolalarga biror topshiroiq berar ekan, bajarilgan ish uchun bir-biriga baho qo’yishni taklif etishi mumkin. Demak, o’quvchilarning har biri o’quv yili davomida goh o’quvchi, goh o’qituvchi rolini bajarib, o’qituvchiga yordamchi bo’lib borishi mumkin. Pirovard natijada, o’qituvchi bilan o’quvchilar o’rtasida o’zaro ishonch munosabatlari tarkib topa boradi, ya’ni hamkorlik pedagogikasida ilk qadamlar qo’yiladi.
Kuzatuvchanlik va diqqat-e’tiborni rivojlantirish uchun, masalan, hayvonlarning xulq-atvorini kuzatish foydalidir. Chunonchi, tabiatga ekskursiyaga chiqilganda bolalar chumchuq, jiblajibon, qarg’a, maynalarning yer yuzida qay tariqa harakatlanishini kuzatib, imkoni boricha uni o’zingdan namoyish qilib ber, degan topshiriq olishadi. Yoki boshqa bir kuzatuv olib borish: musicha, chittak, chumchuq, qarg’a, mayna, zag’izg’onlar qanday ovoz chiqarishini tinglab turish va kuzatuvlardan keyin shu tovushlarga taqlid qilib, ularni takrorlab turish kerak deyiladi. O’quvchilarning ba’zilari qushlarning ovozi va harakatlariga taqlid qilinadi, boshqalari esa o’z o’rtoqlarining qanday qushlarga taqlid qilayotganini aniqlab borishadi. Bu mashg’ulot quvnoqlik bilan, qiziqarli o’tadi, natijada bolalar yovvoyi qushlarning hayoti to’g’risidagi zarur tasavvurlarga ega bo’lishida, ularda bu qushlarga qiziqish va ular hayotini yana kuzatib borish, ularni asrash, qishda boqish istagi paydo bo’ladi. Xuddi boshqa har qanday ishda bo’lgani kabi, bu ishda ham kuzatuvlar natijalariga qarab «Kundalik kuzatish daftari»ga tegishli yozuvlar yoziladi va rasm chiziladi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin