Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə56/107
tarix18.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#116153
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   107
Amaliy metodlar o’qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan va yo’naltiriladigan, o’quvchilar fikrini rivojlantiruvchi mo’ljallagan so’z, ko’rgazmalilik va amaliy ishning o’zaro murakkab bog’lanishida bo’lishini ko’rsatadi.
Amaliy uslublar qo’llanilishi o’quvchilar reseptorlarining va effektorlarining aktiv faoliyati bilan bog’liqdir. Amaliy uslublar o’rganilgan material chuqur tushunib yetishga ko’nikma va malakalar hosil qilishga imkoniyat yaratadi. Amaliy uslublarni qo’lashga o’quvchilar faoliyatining o’zi bilim manbai hisoblanadi. Bunday usullarga og’zaki, yozma mashqlar, laboratoriya ishlari maktab yer uchastkasida, tirik tabiat burchagida sinfdan tashqari mashg’ulotlarni bajarish ishlari kiradi.
Amaliy uslublarni turlariga:
1. o’quvchilarni tarqatma didaktik material bilan turli narsalar yasash;
2. rasm solish;

  1. tabiat obyektlarini tanib olish va aniqlash bo’yicha ishlar.

  2. hodisalarni kuzatish va qayd qilish.

  3. tajriba o’tkazish (tajriba vositasida masalalarni hal qilish) kiradi.

Amaliy ish boshlanishi oldidan qo’yilgan savol, problema masalaga o’quvchilar uning natijalari bilan javob berishlari kerak.
Tabiatshunoslik darslarini o’qitishda tanib olib va aniqlash amaliy metodlarning bir turi sifatida tarqalgan o’simliklarni yoki ularning qismlarini farqiga borish tanib olish anatomomorfologik xarakterdagi ishlarning vazifasi.
Taqqoslashdagi farqiga borish o’quvchi aniqlash uquviga tomon rivojlanadi. Farq qilish va aniqlash bo’yicha ishlar darslardagina emas balki tabiatlarga uyushtiriladigan ekskursiyalarda ham o’qituvchi o’simliklarni topish va to’plash ularni yoshini vegetativ usullarini tuproq kesmalarini moslashishlarini o’zgaruvchanlikni va shunga o’xshash topshiriqlarni o’qituvchi o’quvchilarni o’zlashtira olish qobiliyatlariga qarab tanlab berish kerak. O’simliklar ular organlarini shaklini tanib olish bo’yicha ishlarni o’quvchilar uy vazifasi sifatida ham bajaradilar.
Tabiatshunoslikni o’qitish metodlari sistemasida amaliy ishlar. Tabiat to’g’risidagi bilimlarni o’zlashtirishda amaliy ishlar katta rol o’ynaydi. Amaliy ishlar – bu o’quvchilarni ular faoliyati jarayonida har xil mehnat operasiyalariga o’rgatish metodidir. Amaliy ishlarga o’quvchilarning ekskursiya vaqtida tabiiy materiallar yig’ish maktaboldi uchastkasidagi va tirik tabiat burchagidagi o’simliklarni parvarish qilish, gerbariy va kolleksiyalar tuzish, mulyaj, maket, ko’rgazmali qurollar tayyorlash kabi faoliyat turlari kiradi.
Tabiatshunoslik bo’yicha amaliy ishlar dastur va darsliklarga kiritilgan va ularning bajarilishi majburiydir. Ular boshlang’ich maktabda politexnik ta’limni amalga oshirish uchun katta ahamiyatga ega. Amaliy ishlarning samaradorligi o’quvchilarning ularni bajarishga tayyorgarlik darajasiga bog’liq. Amaliy ishlarga tayyorlanish odatda uzoq vaqtni oladi va bir necha bosqichdan iborat bo’ladi:
1. O’quvchilarning nazariy tayyorlanishi. Masalan, maktab oldi uchastkasiga sabzavot va manzarali o’simliklarni o’tkazish oldidan o’quvchilar ularning urug’larini unib chiqishini uzoq vaqt kuzatadilar. Uyda, tirik tabiat burchagida yoki sinfdagi darsda bolalar yosh o’simlik urug’dan asta-sekin va muayyan sharoit (namlik, havo, issiqlik) bo’lgandagina rivojlanishini aniqlaydilar. \Olingan nazariy bilimlar o’quvchilarni o’zlariga ajratilgan paykalda yoki tirik tabiat burchagida amaliy ishlarni fahmlab bajarishga imkon beradi. Nazariy tayyorgarlikdan keyin bolalar ekish vaqtida tuproqning yumshoq, nam va issiq bo’lishi kerakligini bilib oladilar, amaliy ishda faol qatnashadilar.
2. Amaliy ishda hamma o’quvchilar mustasnosiz qatnashishlari lozim. Buning uchun ish bajarishga kerak bo’ladigan qurol, asbob va materiallar bilan ta’minlash zarur. Masalan, gerbariy tuzish uchun yig’ilgan o’simliklar solinadigan papka, qalin qog’oz yoki karton varaqasi, ip, igna bo’lishi lozim.
3. O’quvchilar amaliy ishining butun borishi o’qituvchi tomonidan nazorat qilib borilishi zarur. U ishni bajarishda qiynalganlarga o’z vaqtida yordamga kelishi kerak. Biroq bunda bolalarning faolligi hamda mustaqilligini chegaramaslik kerak.
4. O’quvchilarning ishlari albatta tahlil qilinadi va baholanadi, muvaffaqiyatli bajarganlar rag’batlantiriladi.
Bu ishlarning bajarilishi o’quvchilarning bilish faolligini oshirishda, bilimlarni konkretlashtirish va mustahkamlashda o’qituvchiga yordam beradi.
Birinchi sinfda bolalar amaliy ish ko’nikmalarini hali egallamagan bo’ladilar. Shuning uchun dastlabki paytlarda amaliy ish mashq qilish xarakterida bo’ladi. Masalan, tushda (kunning o’rtasida) soyaning qoziqdan uzunligini o’lchashga yoki havo haroratini o’lchashga va ularning natijalarini yozib borishga o’rgatish uchun uzoq mashqlantirish kerak bo’ladi. O’quvchilar oddiy, ko’p vaqt va urinishi talab qilmaydigan topshiriqlardan asta-sekin ancha murakkabroq vazifalarni bajarishga o’tadilar. Vaqt o’tishi bilan amaliy ishlar tobora mustaqillashib borishi kerak. O’qituvchining amaliy ishlarga rahbarlik qilish shakllari ham o’zgarib bormog’i lozim: agar birinchi darslarda har bir o’quvchiga bosqichlar bo’yicha batafsil yo’l-yo’riq berish kerak bo’lsa, yilning ikkinchi yarmida ish bo’yicha butun sinfga ko’rsatma berish kifoyadir. Amaliy ish o’tkazishda o’qituvchi o’quvchilar asoslanadigan bilimlar saviyasini aniqlash kerak.
Barcha tajriba va amaliy ishlar «Kuzatishlar kundaliklari» ga qayd qilinadigan yozuvlar bilan birga olib borilishi kerak. Shuningdek, rasmlar chizish, plastilindan obyektlar yopishtirish, tabiiy materiallarni modellashtirish ham tavsiya qilinadi. Bunda o’quvchilar tasvirlanadigan jism yoki hodisaga diqqat bilan qaraydilar, ulardagi ilgari e’tibor berilmagan xususiyatlarni payqaydilar. Amaliy ishlar vaqtida xulosalarni yozib borish yoki rasmlar ostiga yozuvlar qilish bolalarga ta’riflarni aniqlab olishga, tabiatshunoslik atamalarini esda saqlashga yordam beradi.
Amaliy ishlarni tajriba va kuzatishlar bilan bog’lab olib borish kerak. Chunonchi, qizdirganda va sovutganda suv haroratining o’zgarishini kuzatish oldidan o’quvchilar suvning uch holatda bo’lishi, haroratning o’zgarishi bilan ular bir-biriga o’tishi to’g’risida bilim olishlari kerak. O’quvchilar termometr tuzilishini bilishlari va unda foydalana olishlari lozim. O’quvchilar 2-sinfda olgan bilimlaridan erkin foydalana olishlari uchun o’qituvchi avval suhbat, keyin amaliy ish o’tkazadi, bu vaqtda kerakli tajribalarni takrorlaydi, termometrni qarab chiqishni taklif qiladi. Ilgari o’tkazilgan tajribalarga va mavjud bilim,o’quv va ko’nikmalarga murojaat qilish zarur, chunki bu ish qabul qilish sifatini yaxshilaydi, o’quvchilarning aqliy faollligini oshiradi, yangi bilimlarni yaxshiroq o’zlashtirilishiga yordam beradi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin