Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


Tabiatshunoslik darslarida dasturlashtirilgan o’qitish elementlari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə62/107
tarix18.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#116153
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   107
Tabiatshunoslik darslarida dasturlashtirilgan o’qitish elementlari. Hozirgi vaqtda o’quvchilarning idrok qilish faoliyatlarini va ularning bilimlarini tekshirish maqsadida tabiatshunoslik darslarida har bir o’quvchining o’qishdagi mustaqilligiga va o’quv axborotlarini qabul qilish hamda qayta ishlashlarini tashkil qilishga yordam beruvchi dasturlashtirilgan o’qitish qo’llaniladi. Dasturlashtirilgan o’qitish bilimlarni egallashdagi harakatlarni kuzatib borishga, qaysi bo’g’inda uzilish bo’lganligini, o’qitish jarayoniga qanday o’zgartirishlar kiritish kerakligini aniqlashga imkon beradi.
Dasturlashtirilgan o’qitish uchun:
1) o’quv materialini sinchiklab tahlil qilish, uni qat’iy tanlash va mantiqiy izchillikda taqsimlash;
2) o’quvchilarning idrok qilish faoliyatlariga rahbarlik qilish kerak.
Dasturlashtirilgan o’qitishda o’quv materialini egallashdagi o’quvchilar mustaqilligi hamda faolligi ortib boradi: o’rgatish jarayonini individuallashtirish imkoniyati tug’iladi; o’qituvchi va o’quvchilar mehnatini takomillashtirishga yordam beruvchi o’qitishning texnika vositalari keng qo’llaniladi.
Dasturlashtirilgan elementlarni tatbiq qilishda an’anaviy o’qitishni dasturlashtirilgan o’qitishga qarama-qarshi qo’yish, yangini deb umum qabul qilingan metodlardan voz kechish kerak emas. Har ikkala yo’nalish chambarchas bog’langan bo’lishi va bir-birini to’ldirishi zarur.
O’qitish sifatini oshishiga yordam beruvchi o’quvchilar bilimini faol nazorat qilishning yangi shakllarini ishlab chiqish quyi sinflardagi tabiatshunoslik darsida dasturlashtirilgan elementlardan foydalanishning boshlanishi bo’ldi, chunki sistemali nazoratning eski shakllari ko’pincha dars strukturasini buzib, unumsiz fakt yo’qotilishiga olib kelib, o’qituvchilarda qiyinchiliklar tug’dirdi.
Kontrol topshiriqlarni dasturlashtirish prinsipi o’quvchilarning og’zaki javoblarini shartli ifodalar – raqam yoki chiziq bo’laklari ko’rinishidagi javoblar bilan almashtirishdan iboratdir. Ularning asosiy afzalligi shundaki, ular o’tilgan dastur materialini har bir o’quvchi tomonidan odatdagi tekshirishdagiga qaraganda ko’p hajmda o’zlashtirish darajasini qisqa vaqt ichida aniqlashga imkon beradi. Tajriba bilimlarni hisobga olishning dasturlashtirilgan uslublaridan tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarning idrok qilish faoliyatlarini faollashtirish maqsadida foydalanish maqsadga muvofiqligini ko’rsatdi. Uning afzalligi yana shundaki, o’quv materialini o’zlashtirish darajasini hatto o’quvchilarning o’zlari tushuntirishdan keyin dars vaqtida yoki keyinroq tekshirishlari mumkin.
Quyi sinflarda tabiatshunoslikni o’rganishdagi dasturlashtirilgan o’qitishning qo’llanilishi mumkin bo’lgan variantlarini ko’rib chiqamiz.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin