Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


III. Dasturlashtirilgan didaktik kartochkalar



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə65/107
tarix18.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#116153
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   107
III. Dasturlashtirilgan didaktik kartochkalar.
Bunday dasturlashtirilgan topshiriqlardan har xil tipdagi darslar o’tishda, shuningdek o’quvchilar bilan individual va frontal ishlar olib borish jarayonida foydalanish mumkin. Topshiriqni bajarish uchun 5 minut ajratiladi. Bu vaqt ichida o’quvchi 2-3 ta kartochkaga javob berishi va daftarida javoblarni raqamlar bilan ko’rsatishi lozim.
Dasturli kartochkalar o’rganilgan mavzuning variantlari bo’yicha tuziladi. Kartochkada savol-topshiriq va unga uchta: to’liq va to’g’ri, noaniq, noto’g’ri javoblar beriladi. O’quvchi daftariga kartochka nomeri va qavs ichida javob nomerini yozishi kerak.
Dasturlashtirilgan didaktik kartochkalarga misollar:
Kartochka №1.
Nima uchun qushlar issiq o’lkalarga uchib ketadilar?

  1. Chunki sovuq bo’lib qoladi.

  2. Ular yeydigan ovqat yo’q.

  3. Chunki sovuq bo’lib qoladi va ochlik vujudga keladi.

Javob (3)
Kartochka №2
Tuproq deb nimaga aytiladi?

  1. Tuproq bu tabiiy qazilma.

  2. Yerning yuqori, yumshoq qatlami, unda o’simliklar ildiz otadilar.

  3. Tuproq bu yerning yuqori qatlami.

Javob (2)
Tabiatshunoslik darslarida o’qituvchi dasturlashtirilgan o’qitish elementlaridan foydalana turib, shuni esda tutishi kerakki, faoliyatning bu turida gruppa bo’lib o’qitishdagi sistematik nazoratni individuallashtirib, iloji boricha ko’proq sonli o’quvchilarni ishga jalb qilish; o’z ishining sifatini kuzatib borish, o’quvchilar yo’l qo’ygan xatolarni tahlil qilib guruhlashtirishi; dasturlashtirilgan nazoratni a’naviy strukturasiga kirishi kerak. Dasturlashtirilgan nazorat topshiriqlarini ishlashda ular o’quvchilar bilimlarini nazorat qilishning xilma-xil shakllaridan biri ekanligini va amalda uyg’unlashtirilishi kerakligini hisobga olish zarur.


Muammoli masalalar va topshiriqlar:
1. Metod usullar to’plami sifatida: tashkiliy, mantiqiy, texnikaviy usullarning tahlilini bering.
2. O’quvchilar bilish faoliyatidan tadqiqotchilikga yondoshuvi xususiyatlarini yoritib bering.
3. O’quv jarayonida muammoli izlanish, og’zaki, ko’rgazma va amaliy metodlarning bir-biri bilan bog’liqligini tahlil qiling.
4. Muammoli vaziyatlarni yaratish usullari va yo’llarini izohlab bering.
5. Dasturlashtirilgan va muammoli o’qitishni solishtirma tahlil qiling.
6. 4-sinf «Tabiatshunoslik» darsligidan istagan mavzungiz bo’yicha muammoli xarakterdagi savollar tuzing.
7. 3-sinf «Tabiatshunoslik» darsligidan «Odam organizmi va uning sog’ligini saqlash» mavzusi bo’yicha tezis tipidagi kartochka-topshiriqlar tuzing.
8. 4-sinf «Tabiatshunoslik» darsligidan «Suv» mavzusi bo’yicha raqamli dasturlashtirilgan topshiriqlar tuzing.
9. «Atrofimizdagi olam» darsligini tahlil qiling va istagan mavzu bo’yicha dasturlashtirilgan didaktik kartochkalar tuzing.
10. Dasturlashtirilgan topshiriqlar: grafik diktant, raqamli diktant, kalitli topshiriqlar, testlar (istagan mavzu bo’yicha) tuzib, ularni izohlab bering.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin