Bilimlarni yozma tekshirish – tekshirishning bu turi savollarga yozma javob berish yoki yozma topshiriq bajarish tarzida o’tkaziladi.
Birinchi sinfda shakllantirilishi kerak bo’lgan asosiy tushunchalar – «tabiat», «jonli va jonsiz tabiat», «erta gullaydigan o’simliklar», «darrandalar», «qushlar», «baliqlar», «hashoratlar» tushunchalaridir.
Geografiya – lotincha so’zdan olingan bo’lib, «geo» va Yer va «grafo»-chizmalar, tasvirlayman.
Globusning ahamiyati – globus Yer shakli, kun va tunning almashinishi, yil fasllari, issiqlik mintaqalari to’g’risidagi materialni tushunish uchun zarur.
Gnomon – Quyoshning ufq ustidan balandligini aniqlaydigan asbob.
Dars – bu ma’lum fanlardan, ma’lum hajmdagi bilimlarning ma’lum yoshdagi o’quvchilar guruhiga, maxsus tayyorgarligi bo’lgan mutaxassis tomonidan berilishi tushiniladi.
Darsning struktura qismlari – tashkiliy qism, uy vazifasini tekshirish, yangi materialni bayon qilish, o’quvchilarning mustaqil ishlashlari, yangi bilimlarni mustahkamlash, dars materialini umumlshatirish, uyga vazifa berish, baholarni sharhlash.
Dasturlashtirilgan didaktik kartochkalar – bunday kartochkalar o’rganilgan mavzuning variantlari bo’yicha tuziladi. Kartochkada savolning topshiriq va unga uchta: to’liq va to’g’ri, noto’g’ri va noaniq javoblar beriladi. O’quvchi daftariga kartochka nomeri va qavs ichida javob nomerini yozish kerak.
Didaktika – (pedagogikani bo’limi) ta’lim-tarbiya jarayoni.
Darsdan tashqari ishlarning turlari – bularga tirik tabiat burchagidagi, o’quv tajriba uchastkasidagi va tabiatda yozgi topshiriqlar bo’yicha bajariladigan ishlar kiradi.
Izohli o’qish darslarining tiplari – ekskursiyadan keyin o’qish, tabiiy obyektlarni kuzatgandan keyin o’qish, predmetli darsdan keyingi o’qish, tajribalarni namoyish qilishdan keyin o’qish va boshqalar.
Ikkinchi sinfda o’qitishning asosiy vazifasi –birinchi sinfda belgilangan yo’nalishlarni yana ham rivojlantirishdir.