Urtacha yonish muddati (xizmat vaqti)
YUqori harorat natijasida paydo bo‘ladigan, volfromning qizish jismdan sochilishi bilan birinchi navbatda aniqlanadi. Bu chiroqning asosiy xarakteristikasidir.
Bu parametr chug‘lanma chiroqlar uchun juda zarur, chunki bu chiroq uchun yorug‘lik unumini oshishiga, xizmat vaqtini qisqarishiga olib keladi.
Ko‘rinib turibdiki, chug‘lanma chiroqlarning yorug‘lik xarakteristikalari ko‘pincha qizish jismining o‘lchamlari, chiroq tuzilishi va qizish jismining harorati bilan aniqlanadi. Qizish jismining eng yuqori harorati u yasalgan temirning erish haroratidir. Haqiqiy harorat esa kichikroq olinadi, (chiroqning kerakli yonish muddatini ta’minlash uchun).
Ko‘pincha, qizish jismining harorati:
- vakuumli chiroqlar uchun-2400 K;
- gaz to‘ldirilgan chiroqlar uchun - 2900 K ni tashkil qiladi;
Agar tarmoq kuchlanishi oshsa. qizish jismining harorati oshadi. Bu esa chiroqning yonish muddatini qisqartiradi. Tarmoq kuchlanishining kamayishi yorug‘lik unumini kamaytiradi (chunki quvvatga qaraganda yorug‘lik oqimi tezroq kamayadi) SHuning uchun tarmoqning haqiqiy kuchlanishi nominal kuchlanishga teng bo‘lishi yoki "PUE" da ko‘rsatilgan kichik oraliqda og‘ishi kerak.
Yod davrli chug‘lanma chiroqlari (galogenli chiroqlar)
CHug‘lanma chiroqlarini samaradorligini oshirishga erishish volfrom-yodli davr chug‘lanma chiroqlarlarini yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Galogenli chiroqni ishlatishdan maqsad chug‘lanma chiroqlar larni o‘lchamlarini ancha kamaytirish, hamda o‘sha quvvat va xizmat davrida ikki barobar ko‘p yorug‘lik unumiga erishishdir. Bunday chiroq tuzilishi bo‘yicha issiqlikka chidamli kvars shishadan yasalgan trubka ko‘rinishidagi kolbadir; uning o‘qi bo‘ylab spiral shaklida yig‘ilgan qizish jismi joylashtiriladi. Kolba, ma’lum miqdorda yod qo‘shilgan, argon, ksenon yoki kripton bilan to‘ldiriladi.
Jarayon quyidagacha bo‘ladi:
Yod bug‘lari qizish jismi atrofida katta harorat ta’sirida kolba devorlariga suriladi va undagi volfram zarrachalari (ular volfram ipining sochilishi natijasida hosil bo‘lgani bilan yodli - volfram hosil bo‘ladi. Kolba harorati 250 s. bo‘lganda, yodli- volfram bug‘ holatida bo‘lib, chiroq singiladi; u erda volframning parchalanish jarayoni boshlanadi. Buning natijasida volfram zarrachalari chiroq ipiga o‘rnashadi, yod atomlari esa yana kolba devorlariga qaytadi. Mana shunday volfram ipining qayta tiklanishi bo‘ladi. Agar kolba devorlarining harorati 2500S dan kichik bo‘lsa, bu davr (sikl) buziladi, chunki yodli volfram bug‘ shaklidan chiqadi. Bu davrni boshlanishi uchun qizish jismi atrofidagi harorat 6000S dan katta bo‘lishi kerak. Bularning hammasi chug‘lanma chiroqlarning quvvatini oshirish imkonini beradi. Hozir quvvati 20 kVt gacha bo‘lgan chiroqlar yaratilgan. Kichik o‘lchamdagi katta quvvatli chiroqlar (galogen chiroqlar) kino olishda, samolyot va avtomobil chiroqlarida, ilmiy-tekshirish asboblarida, projektorlarda keng qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |