Nurmurodov


Payvandlashdagi xavfsizlik texnikasi



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

Payvandlashdagi xavfsizlik texnikasi.
Elektr toki odam tanasidan 
o ‘tganda elektr tokidan shikastlanish yuz beradi.
Elektr tokidan shikastlanish darajasi tok va zo‘riqish kattaligiga, 
shuningdek, odam organizmida tok o ‘tadigan yo‘lga, tokning ta’sir 
etish vaqtiga, chastotasiga bog‘liq (o‘zgaravchan tokning chastotasi 
ortishi bilan undan shikastlanish darajasi pasayadi, o ‘zgaravchan tok 
o ‘zgarmas tokka nisbatan xavfliroq).
Odamlaming elektr tokidan shikastlanish xavfl darajasiga qarab 
xonalar uch toifaga boiinadi: o‘ta xavfli xonalar (havosining namligi 
va harorati yuqori, tok o‘tadigan qismlar izolatsiyasining buzilishiga 
sabab boiadigan kimyoviy aktiv muhit mavjud bo‘ladi), xavfliligi 
yuqori xonalar (odamning metall tuzilishlar va elektr uskunalaming 
korpuslariga tegib ketish xavfi b o ia d i va h.) va xavfliligi yuqori 
boim agan xonalar (elektr toki bilan shikastlanish xavfi boim aydi).
Agar elektr uskunalar va qurilmalaming tok o ‘tuvchi qismlari 
ihotalanmagan va odam q o ii yetadigan balandlikda (2,5 m dan past) 
joylashgan, yerga ulanmagan, ihotalanmagan va tok o ‘tkazuvchi 
tuzilishilar (magnitli ishga tushirgichlar, «Pusk», «Stop» tugmalari- 
ning metall korpuslari va boshqalar)ning himoyalaydigan uzib 
qo‘ygichlari nazarda tutilgan boim asa, ular xavfli hisoblanadi.
Sexlarda oson alangalanadigan moddalar va yonuvchi suyuqliklar 
suyuqlantirilgan yonuvchi gazlar, yonadigan qattiq materiallar, yonish 
jihatidan xavfli bo igan bosim ostidagi mahsulotlar solingan idish va 
apparatlar, ishlayotganda elektr uchqunlari chiqadigan elektr uskuna­
lar va boshqalar y o n g in chiqishiga sabab boiadi.
166


Yong‘in jihatidan xavflilik alomatlariga ko‘ra ishlab chiqarishni 
quyidagi toifalarga boMish qabul qilingan: A - portlash va yong‘in 
jihatidan xavfli, В - portlash jihatidan xavfli, D - yongMn jihatidan 
xavfli, E va F - yong‘in jihatidan xavfsiz, G - portlash jihatdan xavfsiz 
(faqat gazlar bor).
Har bir payvandlash postida o ‘t o‘chirgich, suvli bochka yoki 
chelak, shuningdek, qumli quti va belkurak bo‘lishi kerak. Payvand­
lash ishlari tugagach, ish xonasi va payvandlash ishlari bajarilgan 
joyni tekshirib chiqish zarur. Sexlarda yong‘inga qarshi kurashuvchi 
maxsus boMinmalar boMadi, sexda ishlovchilardan ko‘ngilli o‘t 
o ‘chiruvchilar guruhi tuziladi.

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin