10.2-rasm. Elektr yoyi bilan payvandlash sxemasl
161
Payvandlanadigan detal qirrasi va chok chegarasidagi metall
donalarining qisman suyuqlangan zonasi suyuqlanish zonasi deb
ataladi, shu zonada atomlararo bog'lanish sodir bo‘ladi. Bunda chok
metali payvandlanadigan qismlar metali bilan mustaqil tutashadi,
payvandlanadigan qismlaming sirtlaridagi iflosliklar shlak tarzida
qalqib chiqadi, olib tashlanadi.
10.1.3. Bosim ostida payvandlash
Bosim ostida payvandlashda esa biriktiriladigan joydagi metall
biror R kuch ta ’sirida plastik deformatsiyalanadi. Biriktiriladigan
sirtlardagi iflosliklar sirtga siqib chiqariladi, payvandlanadigan
qismlaming sirtlari toza, tekis va butun qirqimi bo‘yicha atomning
tutinish masofasiga yaqinlashgan bo‘ladi. Atomlararo bolg‘anish ro‘y
bergan zona
birikish zonasi
deb ataladi. Birikish zonasining kengligi
o ‘nlab mikronlarda o ‘lchanadi.
Detallaming birikish joylari qizdirilsa, ulaming qirralari oson
plastik deformatsiyalanadi. Bunda muayyan joyni qizdirib payvand
lashda issiqlik manbayi bo‘lib, elektr toki, gaz alangasi, kimyoviy
reaksiya, mexanik ishqalanish, umumiy qizdirib payvandlashda
temirchilik qo‘rasi, qizdirish pechi xizmat qiladi.
10.2. Payvand birikmalardagi nuqsonlar va ularni tuzatish
Nuqsonlarning asosiy turlari va ulaming vujudga kelish sabablari.
Suyuqlantirib payvandlangan birikmalarda DS 23055-78 ga muvofiq
ichki nuqsonlarning quyidagi turlari bo‘ladi: payvand birikmaning
sirti ga chiqmagan darzlar; chok metalidagi ichki g‘ovaklar, chala pay
vandlangan va qotmasdan qolgan joy lar, shlak va oksid qo‘shilmalari.
Payvand buyumni tayyorlash texnologiyasiga rioya qilinmaganda
darzlar (issiq va sovuqdan hosil boigan; bo‘ylama, ko‘ndalang va
tarmoqlangan; mikrodarzlar va makrodarzlar) vujudga keladi. Odatda,
payvand birikmalarda umuman darzlar boiishiga raxsat etilmaydi.
Payvand chokdagi cho‘kish kovagi kamdan-kam hollarda, faqat
qalin listlar yoy yordamida payvandlanganda va payvandlash van-
nasidagi metall massasi katta boiganda kuzatiladi. Nisbatan katta
hajmli payvandlash vannasi oltingugurt, fosfor va boshqalar asosidagi
oson suyuqlanadigan moddalar bilan ifloslangan holda vanna qotayot-
162
ganda cho'kish kovagi (chuqurcha) hosil bo‘ladi. Chokda bunday
bo‘lmasligi kerak.
Chok tubining botiqligi payvand birikmalar gaz puflab yoki
detaining payvandlanadigan qirralari orasidagi tirqishni kattalashtirib
flyus yostiqchasida hosil qilinganda vujudga kelishi mumkin. Dinamik
yuklanish ta ’siri ostida bo‘ladigan yoki past haroratlarda ishlaydigan
buyumlarda chok tubining botiq boMishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Payvand chokdagi teshik - chok sirtiga chiqadigan konussimon
yirik g‘ovak. Payvandlash vannasidagi metall qotayotgan paytda
undan muayyan joyda juda ko‘p gaz ajralib chiqishi natijasida bu
nuqson paydo bo‘ladi. U ko‘pincha payvandlanadigan qirralarning
ayrim joylari zang va moy bilan ifloslangan hollarda kuzatiladi.
Payvand choklar yuzasidagi g‘ovaklar qoplamasi nam (quritil-
magan) elektrodlar yoki yaroqlilik muddati o ‘tib ketgan elektrodlar
bilan payvandlashda yuzaga keladi. Ayrim hollarda chokning 100 mm
uzunligida diametri 2 mm dan kichik boMgan uchtagacha g‘ovak
bo‘lishiga ruxsat etiladi. Joiz nuqsonlar me’yorlarini bilish kerak. Ular
payvand konstruksiyalar tayyorlashga me’yoriy-texnik hujjatlarda
belgilangan.
Elektrod metalining sachrab qotib qolgan tomchilari ochiq yoy
vositasida payvandlashda paydo bo‘ladi. Tomchilar payvand birikma
sirti bo‘ylab sochiladi, lekin maxsus bo‘yoq bilan qoplangan buyumga
yopishib qolmaydi. Metall sirtidagi sachragan metall tomchilari yo‘l
qo‘yib bo‘lmaydigan nuqson hisoblanadi. Payvandlash jarayonida
metall sirtiga surtiladigan qoplamalar, masalan «Duga-2» aerozoli
metall sirtiga sachragan metall tomchilarining yopishib qolishiga
qarshi samarali vosita hisoblanadi.
Sirti oksidlanish oson oksidlanadigan metallar (titan, magniy va
ulaming qotishmalari) uchun ahamiyatga ega. Agar detallaming chok
yaqinidagi sirtlari va chokning o‘zi havodan himoyaiangan boMmasa,
payvandlashda metallning qizishi natijasida metallning sirti qatlami
oksidlanadi.
Payvand chokning ortiqcha puxtalanishi payvand buyumning
dinamik yuklanish ta’sirida ishlashini yomonlashtiradi, shu sababdan
bunday buyumlar uchun u yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan nuqson
hisoblanadi. Dastaki usulda payvandlashda payvandchi malakasining
pastligi bunday nuqson vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Agar
163
payvandlanadigan detaining qalinligi 10 mm dan ortiq boisa,
chokning qavariqlik yoki botiqligi 3 mm dan oshmaydi.
Qoplamali elektrodlar bilan payvandlashda va yarimavtomatik
payvandlashda qotishish
zonasidagi
kesiklar
elektrod uchini
ko‘ndalangiga noto‘g‘ri tebratish oqibatida (payvandchining malakasi
past) hosil bo‘ladi; tok ortgan sari kesik kattalashadi. Bu nuqson
shuning uchun ham xavfliki, kesiklarda zo‘riqishlar to‘planadi, ular
buyum dinamik yuklanish ta’sirida ishlaganda metallning buzilishiga
olib keladi. Metallda chuqurligi 1 mm gacha, uzunligi 15 mm dan
ortiq kesiklar va chuqurligi 1 mm dan katta uzunlikdagi kesiklar
boiishiga y o i qo‘yilmaydi.
Payvand chokning notekis tutashtirilishi, ortiqcha puxtalanish,
toshmalar ko‘pincha payvandlash rejimi noto‘g ‘ri tanlanganda yoki
payvandlanayotgan qirralarda qalin kuyindi qatlami boiganda
vujudga keladi.
Chala payvandianish. Bu nuqson navbatdagi marzachalar (valik-
lar) yoki qatlamlar payvandlash shlakidan tozalanmagan oldingi me
tall qatlami ustiga yotqizilganda, oraliq va chok qatlamlari orasida
kuzatiladi.
Payvand chokdagi shlak va metailmas qo‘shilmalar oksidli,
sulfidli, fosforli va nitridli qo‘shilmalardir. Ular chok metalining
qotish paytiga qadar payvandlash shlakiga ko‘tarilishga ulgurmagan
payvandlash metallurgiyasiga bog‘liq. Odatda, bu nuqson yuqori
tezlikda payvandlaganda paydo bo‘ladi.
Payvand chokdagi ichki g‘ovaklar payvandlashda chok metali
otadigan paytga kelib tashqariga chiqib ketishga ulgurmagan
gazlaming ko‘p miqdorda ajralib chiqishi natijasida vujudga keladi.
Ayni nuqson ayniqsa chuqur choklar hosil qilishda kuzatiladi.
Payvand chokdagi metall aralashmalari. Volfram elektrod bilan
teskari qutbli va katta toklarda payvandlaganda chokka ko‘pincha
volfram zarrachalari tushadi.
Payvand chok qirralarining siljib olishiga payvandlanadigan
detallaming noto‘g‘ri yig‘ilishi sabab b o iad i.
Dostları ilə paylaş: |