Sovuqlayin payvandlash. Buning uchun, payvandlanadigan
yuzalar yaxshilab tozalanadi va maxsus shtamplar vositasida bir-biriga
katta kuch bilan siqiladi. Puanson metallga botganda metallning
puanson ostidagi qismida va payvandlanuvchi yuzalar chegarasida
plastik deformatsiya sodir bo‘lib, metallning donalari maydalanadi.
Ulanuvchi yuzalar chegarasida sodir bo‘ladigan o ‘zaro singish va
rekristallanish jarayonlari natijasida ular bir butun bo‘lib qoladi.
Sovuqlayin payvandlashda puansonning ish yuzasiga to ‘g‘ri
keladigan bosim 30-100 kG/mm2 (300-1000 Mn/m2) ni tashkil etadi.
Bu usul juda plastik metallar: aluminiy va uning qotishmalarini,
mis, nikel va boshqalami uchma-uch payvandlashda ham, ustma-ust
payvandlashda ham qo‘llaniladi.
Elektronlar nuri bilan payvandlash. Bu usulning mohiyati
payvandlanuvchi metallar yuzalarini vakuumda elektronlar nuri bilan
bombardimon qilish orqali qizdirishdan iborat. Buning uchun,
ulanadigan metallar 10-5 mm sim. ust. gacha vakuumli kameraga
joylanadi (vakuum chok metalini oksidlanishdan saqlash uchun zarur).
Kamerada elektronlar oqimi chiqaradigan moslama-elektronlar to‘pi
bo‘ladi. Elektronlar to ‘pi yuqori (10000-30000 V) zo‘riqishli tok
manbayining manfiy qutbiga ulanadigan va 2600 °C gacha
qizdiriladigan volfram spiraldan (katoddan), o ‘rtasi teshik anod va
fokuslovchi magnit Iinzadan iborat. Katod bilan anod orasida yuqori
zo‘riqish hosil qilinganda katoddan elektronlar oqimi chiqib, anod
o ‘rtasidagi teshikdan, so‘ngra fokuslovchi elektr-magnit Iinzadan
o ‘tadi va metallaming payvandlanuvchi yuzalariga tushadi, natijada
metallning juda kichik (1 mm2 gacha) b o ig an yuzasi suyuqlanadi.
Chok chizig‘i yo‘nalishida elektronlar tutamini siljitish uchun
og‘dimvchi maxsus tizimdan foydalaniladi.
Bu usul qiyin suyuqlanuvchi va kimyoviy aktiv metallami
payvandlashda, ayniqsa, qo‘l keladi.