Nurmurodov


PAYVANDLASH VA PAYVANDLASH USULLARI



Yüklə 169,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/154
tarix14.12.2023
ölçüsü169,63 Kb.
#177653
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   154
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

10. PAYVANDLASH VA PAYVANDLASH USULLARI
10.1. Payvandlash to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Materiallami
payvandlash asoslari
Ma’lumki, mamlakatimizda fan-texnikani jadal rivojlantirish eng 
asosiy va muhim masalalardan hisoblanadi. Sanoat korxonalarida 
mehnat unumdorligini oshirish, mehnat sharoitini yaxshilash, 
metallarga ishlov berish uslublarini takomillashtirish, ayniqsa 
payvandlashning yanada oqilona va ilg‘or usullarini joriy qilish 
muhim vazifalardandir. Buning uchun esa, aw alo, metallni tejab 
sarflash, mustahkam birikmalar (detallar) olish imkonini beradigan 
texnologiyalarni ishlab chiqish, oson va tez bajariladigan jarayonlarni 
tatbiq etish talab qilinadi. Masalan, faqat turli qurilish tuzilishlarini 
payvandlab biriktirish jarayonida 20 % ga yaqin metall tejaladi.
Nikolay Nikolayevich Benardos (1842-1905) texnikaning turli 
sohalariga oid ko'pgina ixtirolar muallifidir. U 1882-yiida payvand- 
lashda elektr yoyini qo‘lladi. Hozirgi vaqtda deyarli hamma turlari: 
ko‘mir va metall elektrodlar bilan payvandlash, shu jumladan, flyus 
ostida payvandlash, ikki elektrod orasida yonayotgan bilvosita ta’sir 
etadigan yoy bilan payvandlashni u taklif etgan. N. N. Benardos yoyni 
magnit bilan boshqarish hamda ko‘mir va metall elektrodlar bilan pay­
vandlash avtomatlarini ham taklif etgan.
Muhandis Nikolay Gavrilovich Slavyanov (1854-1897) jahonda 
birinchi bo‘lib o ‘zgarmas tok bilan ishlaydigan payvandlash 
generatori loyihasini ishlab chiqdi. Payvandlash jarayoni uch sinfga 
(DS 19521-74) termik, termomexanik hamda mexanik payvandlashga 
ajratiladi. Payvandlashning 
termik
sinfi metallni suyuqlantirib 
payvandlash turlarini o ‘z ichiga oladi. 
Termomexanik
sinfga issiqlik 
energiyasidan foydalangan holda bosim ostida payvandlash turlari 
kiradi. Payvandlashning mexanik sinfiga qo‘shimcha mexanik 
energiya bilan bosim ostida payvandlashning turlari kiradi.
Ishlatiladigan energiya turlariga ko‘ra, payvandlash quyidagi 
asosiy turlarga bo‘linadi:
156


- yaxlit qizdirib bosim ostida payvandlash; temirchilik usulida 
prokatlab, siqib payvandlash;
-muayyan joyni qizdirib bosim ostida payvandlash, kontakt usuli­
da, induksion presslab, yoy-presslab, duffiizion payvandlash;
- metallni tashqi issiqlik manbayi bilan qizdirmay, bosim ostida 
payvandlash, ultratovush vositasida, sovuq holatda, ishqalab, portlatib, 
magnit-impuls usulida payvandlash;
- suyuqlantirib payvandlash, elektr yoyi, gaz alangasida, termik 
usulda, elektr-shlak usulida, elektron nur, lazer nuri, plazma bilan 
payvandlash.

Yüklə 169,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin